8-mavzu: Global jarayonlar va barqaror taraqqiyot
Demografik muammolar va uning falsafiy tahlili
Download 38.93 Kb.
|
8 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Robert Maltus
Demografik muammolar va uning falsafiy tahlili. XX asr o‘zining bir qator belgilari bilan oldingi barcha davrlardan keskin farq qiladi. Xususan, XX asrni yana «demografik portlash» davridir, degan qarashlar ham keng tarqalgan. Bunda qolgan barcha jahonshumul muammolarni keltirib chiqaruvchi bosh sabablardan biri ham aynan yer yuzida aholining tez sur’atlar bilan ko‘payishi bilan bevosita bog‘liq ekanligi nazarda tutiladi. «Demografik portlash» tushunchasi ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning qisqa bir davrida, muayyan mintaqa yoki mamlakatda va shuningdek, butun yer yuzida tabiiy tug‘ilish hisobiga aholi miqdorining nihoyatda tez ko‘payishini anglatadi.
Insoniyatning oldida ana shunday xavf borligi to‘g‘risida dastlab ingliz iqtisodchisi Tomas Robert Maltus (1766-1834 yy.) ogohlantirgan edi. U o‘zining «Aholishunoslikning qonuniyati to‘g‘risida tajribalar» nomli kitobida aholining geometrik progressiya bo‘yicha ko‘payishini, uning xayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan moddiy ne’matlarning ko‘payishi arifmetik progressiya bo‘yicha ro‘y berishini aytgan edi. Maltus bu jarayonning oldi olinmasa, yaqin kelajakda, planetar masshtabda, tabiiy muhit berishi mumkin bo‘lgan moddiy ne’matlar miqdori bilan juda tez sur’atlarda ko‘payayotgan dunyo aholisi ehtiyoji o‘rtasida ziddiyat vujudga kelishini bashorat qilgan edi. Darhaqiqat, bundan 6-8 ming yillar oldin yer yuzida 5 mln. atrofida odamlar istiqomat qilishgan, deb taxmin qilinadi. Bu ko‘rsatkich eramizning boshlarida 230 mln., 1-ming yillikning oxiri 2-ming yillik boshlarida, ya’ni Beruniy zamonida 305 mln; 1500 yilda 440 mln; 1800 yilda 952 mln; 1900 yilda 1656 millionni tashkil etgan. XVI asr boshidan XIX asr boshigacha, ya’ni uch asr mobaynida bu ko‘rsatkich 174 foizga oshganligini; 1900 yildan to 1999 yilgacha esa bu nisbat sal kam 4 barobar oshganligini kuzatamiz. XX asrning ikkinchi yarmida yer yuzi mintaqalarida aholining tabiiy ko‘payish sur’atlari turlicha bo‘lib, bu o‘z navbatida, Yer yuzida mintaqalar, mamlakatlar, xalqlar salmog‘ining keskin o‘zgarishiga olib kelmoqda. Masalan, 1800 yilda (Napoleon zamonida) Fransiya aholisi 27 mln. kishini, Yer yuzi aholisining 3 foizini tashkil etgan bo‘lsa, Filippin orollarida yashayotgan aholi 1,6 mln. kishi miqdorida bo‘lib, planeta aholisining umumiy salmog‘iga nisbatan 0,16 foizni tashkil etardi. 1999 yil 13 oktyabr kuni Yer yuzi aholisi olti milliardlik dovoni bosib o‘tdi. Fransiya aholisi 56,2 mln. ni, Yer yuzi aholisi salmog‘ining 0,94 foizni, Filippin aholisi ham 65 mln. kishini tashkil etib, jahon aholisidagi salmog‘i (1,05%) bo‘yicha Fransiyadan o‘zib ketdi. Bu borada milliarddan ko‘p aholi yashaydigan Xitoy va shu ko‘rsatkich tomon borayotgan Hindiston alohida o‘rin tutadi. Xullas, bu masala bir mamlkat doirasidan chiqib jahon muammosiga aylandi. U bilan bog‘liq muammolarni hal qilish uchun ham butun jahonda mushtarak faoliyat olib borish zarur. Download 38.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling