8-mavzu: jon meynard keyns ta`limoti va keynschilik
Download 1.94 Mb. Pdf ko'rish
|
такой
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jon Kommons (1862–1945) va Uesli
sinf»
nazariyasi asarida izohlab berilgan. Mazkur kitob muallifining fikriga ko’ra, iqtisodiy naza-riya bilan iqtisodiy reallik o’rtasida juda katta uzilish mavjud. Birinchisi, garmoniyaga (muvozanatga) asoslanadi, ikkinchisida uzluksiz evolyutsiya sodir bo’ladi, yashash uchun keskin kurash ketadi. Buyumning foydaliligi va unga erishishning qiyin va mushkul-ligini doimo taqqoslab boruvchi «iqtisodiy odam» modeli shak-shubxasiz eskirdi. Haqiqatda esa insonning xatti-harakati juda ko’p omillarga ko’pincha ichki qarama-qarshiliklarga bog’liq. Taqlid qilishga va raqiblikka bo’lgan tug’ma moyillik bilan birga, uning xatti-harakatiga an’ana, axloq, urf-odat, shuningdek, obro’ga bo’l-gan intilish juda kuchli ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun iqtiso-diy tahlil qilishda har xil «institutlarni» (ular yuqorida ko’rib chiqildi) hisobga olish zarur. T.Veblenning fikriga ko’ra, alohida sub’ektlarning xatti- harakatini emas, balki kasaba uyushmalarining, siyosiy partiyalar-ning ish harakatini o’rganish kerak. Iqtisodiy nazariya bilan iqtisodiy sub’ektlarning asosiy unsurlari (er egalari, ishchilar, kapitalistlar va injener - texnik ishchilar) o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni aniqlash muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiyotda ular-ning roli har xildir. Bozor xo’jaligi amal qilishining dastlabki bosqichida hoki-miyat va mulk tadbirkorlar qo’lida bo’ladi. Oldin yagona bo’lgan bu sinf keyinchalik kapital egalariga va ishlab chiqarishni tashkil etuvchilarga ajraladi. Kapital egalarini faqat o’z kapitallariga keladigan foyda qiziqtiradi, ular o’z kapitallarini ishlab chiqa- rishga qo’ymaydilar, balki faqatgina kreditga beradilar. Ular-ning daromad manbai bo’lib real sektor emas, balki moliya soha-sida aylanib turuvchi qimmatli qog’ozlar hisoblanadi. Bu ma’noda kapital egalari bekorchi sinfni tashkil etadi. Ishchilar, shuning-dek, ishlab chiqarishni tashkil etuvchilar va texnik mutaxassislar unumli sinf hisoblanadilar, ular o’z kapitallariga ega emas va be-korchi sinf kreditga qo’ygan vositalardan foydalanib ish yurita-dilar. Bekorchi sinfning hukmronlik mavqei butun bir iqtisodiyot-ning amal qilishida kredit rolining haddan tashqari oshib keti-shiga olib keladi. Kapitalning anchagina qismi chayqovchilik maq-sadlarga foydalaniladi va ishlab chiqarishni rivojlantirishga yo’naltirilmaydi. Kredit inflyatsiyasi vujudga keladi, uning orqa- sidan ssudani zudlik bilan qoplash talabi zarurligi kelib chiqa-di. Natijada ommaviy bankrotlik va turg’unlik yuzaga chiqadi, ular o’zining davom etishi muddati bo’yicha iqtisodiy yuksalish davri-dan ancha ortib ketadi. Bekorchi sinf bilan unumli sinf o’rtasidagi antagonizmning echilishi shunga olib keladiki, hokimiyat texnokratlar qo’liga o’tadi. Kapitalga bo’lgan mulkchilik aktsionerlik shaklini oladi va shu bilan xususiy mulk bo’lishdan to’xtaydi. Institutsionalizmdagi rahnamolar. Institutsionalizm yo’nalishiga yangi hayot bag’ishlagan Amerika iqtisodchilari Jon Kommons (1862–1945) va Uesli Download 1.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling