8-mavzu: jon meynard keyns ta`limoti va keynschilik
-MAVZU: INSTITUTSIONALIZM
Download 1.94 Mb. Pdf ko'rish
|
такой
- Bu sahifa navigatsiya:
- Torsteyn Veblen (1857–1929)
6-MAVZU: INSTITUTSIONALIZM 6.1. Institutsionalizmning kelib chiqishi va undagi yangi rahnamolar XIX asrning oxiri XX asrning boshida yuzaga kelgan konkret -tarixiy sharoit ta’sirida AQSh ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan dunyoda eng rivojlangan mamlakatga aylandi. Aynan Amerikada birinchi bo’lib erkin raqobatga asoslangan iqtisodiyotning mono-polistik iqtisodiyotga o’tishi bilan bog’liq bo’lgan muammolar ancha keskin shaklda namoyon bo’la boshladi. Bu AQShda ilk bor antimonopol chora-tadbirlarning ishlab chiqilishiga, ularning XIX asrning oxirida mamlakatda qo’llanilishiga asosiy sabablardan biri bo’ldi. Keyinchalik dunyodagi barcha rivojlangan mamlakatlar bunday chora - tadbirlardan keng qo’llana boshladi. XX asrning boshida AQSh iqtisodchi-olimlari iqtisodiyotda kuchayib borayotgan monopolistik tendentsiyalarni tahlil qilgach va o’z mamlakatining «antitrest» siyosatiga ta’sir ko’rsatgach, iqtisodiyot ustidan ijtimoiy nazorat qilish kontseptsiyasiga asos soldi. Ularning nazariyasi hozirgi kunda iqtisodiy fanda ijtimoiy institutsional yoki oddiy qilib aytganda institutsiona-lizm deb ataluvchi yangi yo’nalishni boshlab berdi. «Institutsionalizm» atamasi asosida «institut» tushunchasi yotadi. Institut institutsionalistlar tomonidan jamiyatning rivojlanishda asosiy kuch sifatida ko’riladi. Institutsionalizm tarafdorlari «institut»larga har xil kategoriya va tushunchalarni masalan, davlat, oila, tadbirkorlik, monopoliyalar, xususiy mulkchilik, kasaba uyushmalari, huquqiy qoidalar, din, axloq va shu kabilarni kiritadilar. Institutsionalizm – bu ma’lum ma’noda iqtisodiy nazariya-dagi yangi klassik yo’nalishga muqobil nazariyadir. Agar yangi klassiklar A.Smitning bozor xo’jaligi mexanizmining takomil-lashganligi va iqtisodiyotning o’zini-o’zi tartiblashi to’g’risidagi tezisiga va «sof iqtisodiy fan» ga amal qilsalar, institutsio-nalistlar esa moddiy omillar bilan birga iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchi deb ruxiy, ma’naviy, huquqiy va boshq omillarni ham hisoblaydilar. Boshqacha aytganda, institutsiona-lizm o’zi tahlil qiladigan predmet sifatida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ham iqtisodiy, ham noiqtisodiy muammolarni ilgari surdi. Bunda tadqiqot ob’ekti institutlar – birlamchi yoki ikkilamchi turlarga ajratilmaydi va bir- birlariga qarshi qo’yil-maydi. T.Veblen – institutsionalizm asoschisi. Institutsionalizm-ning vatani AQSh, uning asoschisi Torsteyn Veblen (1857–1929) hisoblanadi. Zamonaviy institutsionalizm yo’nalishining dast-labki ko’rinishlari T.Veblenning «Bekorchi Download 1.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling