8-mavzu: jon meynard keyns ta`limoti va keynschilik


  Likvidlik ustunligi, pul massasi va foiz stavkasi nazariyalari


Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/97
Sana05.01.2022
Hajmi1.94 Mb.
#214375
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   97
Bog'liq
такой

8.6.  Likvidlik ustunligi, pul massasi va foiz stavkasi nazariyalari 
 
Odamlar  o’zida  naqd  pul  bo’lishini  xohlashi  tushunchasini  J.M.  Keyns 
“likvidlik ustunligi” deb atagan. Agar yangi klassik-larda pul zaxirasini jamg’arish 
noratsional  hisoblansa,  J.M.  Keyns  bo’yicha  esa,  bunday  jamg’arma  bo’lajak 
xo’jalik  vaziyatini  prognozlashtirib  bo’lmasligi,  xo’jalik  xatari  mavjudligining 
muqarrar    natijasidir.   O’z   ishlarining    yurishmay   qolishidan   xavo-tirlanish, 
kelajakka  ishonmaslik  kishilarni  naqd  pul  saqlashga  undaydi.  Bundan  tashqari, 
yuqori  likvidlik  moliyaviy aktivlar  moliya bozoridagi  «o’yinda» muayyan ustunlik 
berishi  mumkin:  qimmatli  qog’ozlarning  kursi  pasayganda  ularni  tezda  sotib  olish 
uchun naqd pullar asqotadi. 
 
Kishilarning  o’z  uylarida  naqd  pul  zaxiralarini  ushlab  turishi,  J.M.Keyns 
bo’yicha, quyidagi sabablarga  bog’liq: 
 
– xarid qilish zarurligi (transaktsion motiv); 
 
– kutilmagan vaziyat uchun (ehtiyot shartdan); 
 
– chayqovchilik sababi (motivi). 
 
Birinchi  ikkita  sababni  pulning  miqdoriy  nazariyasining  Kembrij  varianti 
tarafdorlari ko’rsatib o’tgan. J.M. Keyns bo’yicha birinchi ikkita sababdan boshqa, 
chayqovchilik  motivi  ham  naqd  pulga  bo’lgan  talabni  kuchaytiradi.  Odamlar 
qimmatli qog’oz-larni sotib olish uchun ularning kursi pasayishini kutadi. Bun-day 
vaziyat  odamlarni  o’z  qo’llarida  ancha  likvidli  mablag’  –  naqd  pullarni  ushlab 
turishga undaydi. 
Foiz  stavkasi  past  bo’lganda  qimmatli  qog’ozlar  kursi  yuqori  bo’ladi.  Foiz 
stavkasi  ko’tarilishi  bilan  obligatsiyalar  kursi  pasaydi.  Demak,  chayqovchilik 
funktsiyasi  likvidligi  foiz  me’yori-ga  bog’liq.  Foiz  me’yori  qancha  past  bo’lsa, 
chayqovchilik  motivi  bo’yicha  naqd  mablag’larga  talab  shuncha  yuqori  bo’ladi. 
Foiz    me’yori    qancha    yuqori    bo’lsa,    naqd    pulga    talab    shuncha    past    bo’ladi 
(yuqorida ko’rsatilgan sababga ko’ra). 
Shunday qilib, pulga bo’lgan yalpi talab ikki qismdan tashkil topadi: a) oldi- 
sotdi   (sdelka)   uchun   talab   (milliy   daromad   dara-jasidan   kelib   chiqadigan 
funktsiya), b) chayqovchilik uchun talab (foiz stavkasi funktsiyasi): 
 
 
 
Dm  =  f (Y,R) 
 
Ehtiyotkorlik ham likvidlik ustunligini keltirib chiqaruv-chi sabablardan biri 
hisoblanadi.   Qimmatli   qog’ozlar   –   jamg’arma   to’plashning   xatarli   shaklidir.


 
 
D      
D



 
 
 
 
Shuning  uchun  odamlarga  aktivlari  bexatar  hisoblangan  naqd  ko’rinishdagi  o’ziga 
xos sug’urta fondi zarur. 
Pul massasi va foiz stavkasi. Keynscha modelda baholar o’zgaruvchan emas. 
Shuning uchun pul massasining ko’payishi ishlab chiqarish  darajasiga  baholarning 
o’sishi   orqali   emas,   balki   foiz   stavkasi    orqali   ta’sir   ko’rsatadi.   Agar   yangi 
klassiklar  pul  massasi  makroiqtisodiy  jarayonlarga  faqat  «to’g’ri»  ta’sir  ko’rsatish 
mexanizmini,  Viksell  -  ham  «to’g’ri»  ham  «egri»  mexa-nizmlarini  tadqiqot  qilgan 
bo’lsalar, J.M.Keyns esa e’tiborni faqat «egri» mexanizmga qaratdi. 
Foiz  stavkasi  ikkita  sababga  ko’ra  o’zgarishi  mumkin:  yo  o’z  aktivlarining 
bir  qismini  pul  shaklida  ushlab  turgan  kishilar-ning  psixologik  kayfiyatidagi 
o’zgarishlar  oqibatida  (pulga  bo’lgan  talab  egri  chizig’ining  siljishi),  yoki  pul 
massasining  o’zgarishi  natijasida  (pul  taklifi  egri  chizig’ining  siljishi).  Agar  foiz 
stavkasi R

darajada o’rnatilgan bo’lsa (3-rasmga qarang), unda uning  R

darajaga 
pasayishi  faqat  pulga  bo’lgan  talab  egri  chizig’i  chapga  (D
2
)  siljigandagina  yoki 
pul taklifi egri chizig’ining o’ngga (S
2
) siljishi natijasida sodir bo’ladi. 
 
 
 
 
 
 

S
1               
S                                     R 
 
 
 
R
1                                                                                                                          
R

 
 
R
2                                                                                                                          
R

 
 
M
1               
M
2                            

I
1           
I
2                               
I
 

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling