8-mavzu: jon meynard keyns ta`limoti va keynschilik


Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/97
Sana05.01.2022
Hajmi1.94 Mb.
#214375
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97
Bog'liq
такой

8.5.  Multiplikator 
 
J.M.  Keyns  investitsiyalarning  ko’payishi  bilan  milliy  daromadning 
ko’payishi  o’rtasidagi  bog’liqlikni  tahlil  qildi.  Uning  ko’rsatib  berishicha, 
investitsiyalarning  ko’payishi  milliy  daromadning  o’sishiga  olib  keladi  va  u 
quyidagi formula ko’ri-nishida ifodalanadi: 
 
K = 

 
Y / 

 
I, 
 
bu   erda,   K   –   multiplikator,   

  
Y   –   milliy   daromadning   o’si-shi,   

  
I   – 
investitsiyalarning o’sishi. 
Investitsiyalarning   ko’payishi   va   uning   natijasida   milliy   daromad   va 
aholining   ish   bilan   bandligining    o’sishi   maqsadga   muvofiq   iqtisodiy  samara 
sifatida  ko’riladi.  Ana  shu  iqtisodiy  samara  iqtisodiy  adabiyotlarda  multiplikator 
samarasi  deb  ataladi.  Multiplikator  –  bu  son  koeffitsienti  bo’lib,  daromad  o’sishi 
bilan,  ushbu  o’sishni  yuzaga  keltirgan  investitsiyalar  o’simi  o’rtasidagi  nisbatni 
ifodalab  beradi.  Multiplikator  atamasini  birinchi  marta  ingliz  iqtisodchisi  R.Kan 
1931  yili  ishlatgan.  Unda  ish  bilan  bandlik  sohasidagi  multiplikator  samarasi 
to’g’risida  so’z  yuritiladi.  R.Kanning  «ish  bilan  bandlik  multi-plikatori» 
investitsiyalar  bilan  bevosita  bog’liq  bo’lgan  tarmoq-larda  ish  bilan  bandlikning 
ko’payishi o’rtasidagi nisbatni ifodalab beradi. 
J.M.Keynsning     «Investitsiyalar     multiplikatori»     nazariya-siga     ko’ra, 
«qachonki  investitsiyalarning  umumiy  summasi  o’ssa,  unda  daromadlarning 
ko’payishi  investitsiyalar  o’simidan  K  marta  ortiq  bo’ladi».  J.M.Keynsning 
ta’kidlashicha,  bunday  holatning  sababi  «psixologik  qonundan»  kelib  chiiqadi, 
unga  ko’ra  «real  daromad-ning  o’sib  borishi  bilan  jamiyat  doimo  uning  kamayib 
boruvchi qismini iste’mol qilishni xohlaydi». 
Multiplikator 
samarasi, 
yuqorida 
qayd 
qilib 
o’tganimiz-dek, 
investitsiyalarning ko’payishi daromadning ortishiga olib kelishini ko’rsatadi va bu 
ortgan  daromad  (jamg’armani  chiqarib  tashlagandan  keyin)  yalpi  talabning  bir 
qismiga  aylanadi.  Daromadlarning  multiplikatsiyalashuvi  jarayoni  to’xtamaguncha 
shunday  davom  etib  boraveradi.  Bu  erda  shu  narsani  qayd  qilib  o’tish  kerakki, 
kishilarning  jamg’armaga  bo’lgan  moyilligi  qancha  ko’p  (shunga  muvofiq  MRS 
miqdori  kam)  bo’lsa,  multiplikator-ning  ahamiyati  shuncha  kam bo’ladi.  To’la  ish 
bilan    bandlik    sharoi-tida    multiplikator    amal    qilmaydi,    negaki    bo’sh    turgan 
resurslar-ning  bo’lmaganligi  sababali  ishlab  chiqarishini  ortiqcha  kengay-tirib 
bo’lmaydi.  Real  ijtimoiy  mahsulot  ko’paymagan  holda  resurslarni  faqat 
tarmoqlararo  qayta  taqsimlash  yuzaga  keladi.  Multiplikatsiyalashgan  iste’molning 
kengayishi 
baholarning 
o’sishida 
ifodalanadi.



Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling