8-mavzu: jon meynard keyns ta`limoti va keynschilik


  Jamg’armalarning investitsiyalarga aylanishi muammosi va


Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/97
Sana05.01.2022
Hajmi1.94 Mb.
#214375
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97
Bog'liq
такой

8.4.  Jamg’armalarning investitsiyalarga aylanishi muammosi va 
investitsiyalarga ta’sir etuvchi boshqa omillar 
 
J.M.  Keyns  nazariyasida  yuqori  ish  bilan  bandlikni  ta’min-lashda,  milliy 
daromadni  ko’paytirishda  investitsiyalarning  ro-liga  katta  e’tibor  beriladi. 
Investitsiyalar  muammosi  asosiy  muammo  hisoblanadi.  Investitsiyalar  muammosi 
bu  – jamg’arma-larning investitsiyalarga aylanishi muammosidir. 
Agar  investitsiyalar  hajmi  jamg’armalar  hajmidan  ortiq  bo’lsa,  u  holda 
yalpi  talab  taklifdan  ortiqdir  va  milliy  daromad  o’sish  tamoyiliga  ega  bo’ladi. 
Agar  investitsiyalar  jamg’ar-malardan  kam  bo’lsa,  u  holda  yalpi  talab  taklifdan 
kamdir  va  da-romad  kamaya  boradi.  Va  nihoyat,  agar  investitsiyalar  jamg’ar - 
malarga   teng   bo’lsa,   yalpi   talab   taklifga   teng   va   milliy   daromad   darajasi


o’zgarmay qoladi (Pezenti A. Ocherki politicheskoy ekonomii kapitalizma. V 2- 
x t.: Per. s italyanskogo. M.: «Progress », 1976, 628-629 s.). 
Jamg’armalar jiddiy to’siqlarsiz investitsiyalarga aylanishi uchun nima qilish 
kerak? 
J.M.  Keyns  klassiklarning  tejamkorlik,  joriy  iste’mol-dan  o’zini  tiyish 
iqtisodiy  o’sishning  asosi  degan  tushunchasini  inkor  etadi  va  asosiy  e’tiborni 
«tejamkorlik 
uddaburonliksiz 
bo’lishi 
mumkin 
emas», 
«tejamkorlik 
uddaburonlikdan oshib keti-shi bilanoq, u oxirgisining jonlanishiga halaqit beradi» 
degan  qoidaga  qaratdi.  Haqiqatan  ham,  jamg’armalarning  ko’payishi  in- 
vestitsiyalarning  ko’payishidan  ustun  bo’lishi  bilan  bog’liq  bo’lgan  iqtisodiy 
rivojlanish ertami-kechmi to’xtaydi: samarali talab yalpi taklifdan orqada qoladi va 
ortiqcha ishlab chiqarish vujudga keladi. 
J.M.  Keyns  bo’yicha,  jamg’arma  va  investitsiyalar,  yangi  klas-siklar 
hisoblaganlaridek,    moliya    bozorida    avtomatik    tarzda    teng-lashmaydi. 
Jamg’armalar  va  investitsiyalar  dinamikasi  har  xil  omillarga  bog’liq  bo’ladi. 
Jamg’armalar  daromad  o’sishiga  qarab  ko’payib  boradi.  Investitsiyalar  kapital 
qo’yilmalaridan  kela-digan  foydaga  va  foiz  stavkasiga  bog’liq.  Bu  bilan  J.M. 
Keyns  bozor  tizimining  eng  zaif  bo’g’inini  ko’rsatib  beradi:  investor  iqtisodiyotda 
kelajakda  bo’ladigan  vaziyatni  mo’ljallab  qaror  qabul  qiladi,  jamg’aruvchi  qo’lga 
kiritilgan  daromad  darajasidan  kelib  chiqqan  holda,  ya’ni  iqtisodiyotning  avvalgi 
holatiga qarab ish yuritadi. 
Jamg’arma  miqdori  foiz  stavkasiga  qarab  emas,  balki  yalpi  daromadning 
o’sishiga qarab o’zgarib turadi. 
Investitsiyalar    hajmi,    J.M.    Keyns    bo’yicha,    kapital    qo’yilma-laridan 
keladigan  daromad  miqdoriga  yoki  ularning  me’yorli  unumdorligiga  va  foiz 
me’yoriga  bog’liq  bo’ladi  (kutiladigan  daromad  qancha  yuqori  va  foiz  stavkasi 
qancha  past  bo’lsa,  kredit  olish  va  investitsiyalar  hajmini  ko’paytirish  shuncha 
foydali).  Tadbirkorlar  kapital  qo’yilmasining  me’yorli  foydaliligi  foiz  me’yoridan 
pasayib    ketmaguncha    investitsiyalar    jarayonini    davom    ettiradilar.    Agar    foiz 
me’yori   yuqori   bo’lsa,  jamg’arma   egalari   o’z   mablag’larini   investitsiyalarga, 
kapital  qo’yilmasiga  sarflamay-dilar.  Negaki  pulni  qarzga  berish,  obligatsiyalarni 
sotib olish yo’li bilan ancha oson daromad topishi mumkin. 
Investitsiyadan  keladigan  foyda  darajasining  pasayishi  va  foiz  me’yoriga 
yaqinlashib  borishi  kuzatilayotgan  vaziyatda  inves-titsion  faoliyat  to’xtatiladi, 
turg’unlik  kelib  chiqadi.  Foiz  me’yori  bo’lajak  investitsiyalar  foydasining  quyi 
chegarasini  aniqlab  beradi.  Foiz  me’yori  qancha  past  bo’lsa,  investitsiya  jarayoni 
shuncha 
jonli 
bo’ladi 
va 
aksincha.



Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling