8-mavzu: jon meynard keyns ta`limoti va keynschilik


d) Iqtisodiy o’sish bosqichlari


Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/97
Sana05.01.2022
Hajmi1.94 Mb.
#214375
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   97
Bog'liq
такой

d) Iqtisodiy o’sish bosqichlari 
 
Amerika    olimi    Uolter    Rostou    (1916)     o’zining    «Iqtisodiy    o’sish 
bosqichlari»  (1960)  kitobida  jamiyatning  xo’jalik  rivojlanishi  bosqichlarini 
ko’rsatib  berishga  harakat  qildi.  Rostou  jamiyat  taraqqiyotini  bosqichlariga 
ajratishda  texnikaviy  –  xo’jalik  ko’rsatkichlarini  –  texnika  taraqqiyoti  darajasi, 
jamg’arish  me’yori,  iste’mol  darajasini  asos  qilib  oladi.  Unda  ijtimoiy  omillar 
ikkinchi  o’ringa  suriladi  va  ular  texnologik  sharoit-larni  ta’minlash  uchun  qancha 
zarur bo’lsa, faqat shuncha darajada tahlil qilinadi. 
Iqtisodiy  o’sish  qonuniyatlari  iqtisodiy  tizim  xususiyat-lariga  bog’liq  emas, 
ular  bozor  va  shuningdek  buyruqbozlikka  asos-langan  iqtisodiyotda  bir  xil 
hisoblanadi. 
U.Rostou iqtisodiy taraqqiyotning beshta bosqichini ko’rsatib beradi: 
1.  An’anaviy  jamiyat:  «Nyutongacha  bo’lgan  fan  va  texnika»  bilan  hamda 
qishloq xo’jaligining ustunligi bilan ifodalanadi. 
 
2.  O’tkinchi  jamiyat.  Bu  erda  iqtisodiy  o’sish  uchun  shart-sharoitlar 
yaratilgan  bo’ladi:  fan  yutuqlari  ishlab  chiqarishga  tat-biq  etiladi,  banklar  paydo 
bo’ladi, ishlab chiqarishni investitsiya-lash kuchayadi. 
 
3.  Yuksalish  davri  (sanoat  inqilobi):  eski  an’anaviy  uklad  asosan 
tugatiladi,  iqtisodiy  o’sish  me’yorl  holat  hisoblanadi,  ishlab  chiqaruvchi 
sanoatning  asosiy  tarmoq-larining  jadal  rivojlanishi  amalga  oshiriladi,  davlat 
eksportni rag’batlantiradi. 
 
4.  Etuklik  bosqichi:  aholining  o’sishga  qaraganda  mahsulot  ishlab 
chiqarishning  doimo  ortiq  bo’lishi  ta’minlanadi,  milliy  iqtisodiyotning  jahon 
xo’jaligiga  integratsiyalashuvi  kuchayadi,  an’anaviy  jamiyat  batamom  tugatiladi.


5.  Ommaviy  iste’mol  bosqichi:  uzoq  muddat  foydalanila-digan  iste’mol 
buyumlari va xizmat ko’rsatish asosiy ahamiyat kasb etadi. 
 
U.Rostou  AQSh  iqtisodiy  tizimini  ijtimoiy  evolyutsiyaning  yuqori  bosqichi, 
ommaviy  iste’molning  yuqori  darajasi  bosqichi,  barcha  boshqa  mamlakatlarning 
kelajakdagi  rivoji  uchun  model  deb  tasvirlaydi.  Uningcha,  kommunizm  –  bu 
industrlashtirishni  jadallashtirish  zarurati  tug’ilgan  hollarda  «o’tkinchi  davrning 
kasali»,  «yagona  industrial  jamiyat»ga  o’tishning  mumkin  bo’lgan  yo’llaridan 
biridir.  Sotsializm  yuksalish  bosqichiga  yaqinlashganda  va  yuksalish  bosqichining 
o’zida  jamiyatni  jadallashtirishga  qodir.  «Ammo  kommunizm  o’z   mohiyatiga 
ko’ra  yuqori  ommaviy  iste’mol  davrida  barham  topishi  kerak».  Hozir  hammaga 
ayonki, bu bashorat amalga oshdi.  

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling