8-mavzu: jon meynard keyns ta`limoti va keynschilik


Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/97
Sana05.01.2022
Hajmi1.94 Mb.
#214375
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   97
Bog'liq
такой

v) «Xalq kapitalizmi» 
 
Ikkinchi  Jahon  urushidan  keyin  institutsionistlar  o’zlari  oldin  taklif  qilgan 
«boshqaruvchilar  inqilobi»  va  «jamoa  kapi-talizmi»  kontseptsiyalarini  davom 
ettirdilar.  Mazkur  kontseptsiyaga  binoan  hozirgi  zamon  g’arb  mamlakatlarida 
hokimiyat ayrim shaxslar qo’lida emas, balki jamoalar, eng avvalo, texnokratlar va 
menejerlar  qo’lida  bo’ladi.  Bu  mulkning  juda  ko’p  mayda  aktsio-nerlar  o’rtasida


bo’linib  ketishi  bilan  va  ishlab  chiqarish  ja-rayonining  qiyinlashi  bilan  bog’liq. 
Institutsionalistlar  tomo-nidan  ishlab  chiqilgan  iqtisodiy  fandagi  boshqa  yo’nalish 
–  iqti-sodiy  rivojlanish  nazariyasidir.  Bunda  asosiy  e’tibor  iqtisodiy  o’sishning 
texnikaviy-xo’jalik  omillariga  (texnikaning  rivojla-nishi  darajasi,  ijtimoiy 
mahsulotdagi investitsiyalar ulushi va b.) qaratilgan. 
XX  asrning  40-yillari  «xalq  kapitalizmi»  kontseptsiyasi  shakllandi,  unda 
XIX asr  oxiridan boshlab kapitalistik tizimda  yuz bergan  o’zgarishlar qayd  etiladi. 
Yirik  korporatsiyalar  va  dav-lat  tomonidan  bozorning  tartibga  solinib  turilishi 
bozordagi  beqarorlikni  va  ortiqcha  ishlab  chiqarish  inqirozini  bartaraf  etishga 
imkon  beradi.  Aktsiyalarning  keng  tarzda  tarqalishi  yollan-ma  ishchilarni  kapital 
egalariga  aylantiradi,  bu  hol  asta-sekin  kapitalistlar  bilan  yollanma  ishchilar 
o’rtasidagi  qarama-qarshi-likka  barham  beradi.  Davlatning  faol  qayta  taqsimlash 
siyosati,  keng  aholi  qatlamining  mulkchilikda  va  kichik  biznesda  qatnashi-shi, 
yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlari tufayli umumiy farovon-lik darajasining oshishi – 
bular  hammasi  ijtimoiy  guruhlar  o’rtasidagi  tafovutni  yo’qotadi,  sinfiy  ixtilof 
asosini bartaraf etadi. 
Mazkur  o’zgarishlar  jamiyatning  ijtimoiy-psixologik  hola-tiga  ijobiy  ta’sir 
ko’rsatdi  va  iqtisodiy  rivojlanishga      imko-niyat  yaratib  berdi.  Bu  xususida 
R.Xeylbruner  tasdiqlaganidek:  «kapitalizm  yangi  tizim  tufayli  ancha  diqqatga 
sazovor  va  hech  qachon  boshidan  kechirmagan  uzoq  muddatli  iqtisodiy  o’sish 
yo’liga  o’tdi…  Ushbu  tizim  tufayli  sanoati  rivojlangan  mamlakatlarda  aholining 
keng qatlamini o’z ichiga olgan mislsiz gullab yashnash qo’lga kiritildi». 
 

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling