8-mavzu: jon meynard keyns ta`limoti va keynschilik


b) Konvergentsiya kontseptsiyasi


Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/97
Sana05.01.2022
Hajmi1.94 Mb.
#214375
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   97
Bog'liq
такой

b) Konvergentsiya kontseptsiyasi 
 
Nobel  mukofoti  sohibi,  gollandiyalik  olim  Yan  Tinbergen  XX  asrning  60- 
yillari  ilgari  surgan  konvergentsiya  kontseptsiyasi  ko’pchilik  iqtisodchilar 
tomonidan  qo’llab-quvvatlandi.  Ushbu  kontseptsiyaga  ko’ra  kapitalizm  bilan 
sotsializm  rivojlana  borgan  sari  har  ikkalasida  o’xshash  belgilar  yuzaga  keladi 
(kapitalizmda  rejali  ish  roli  oshib  boradi,  sotsializmda  bozor  munosabatlari 
rivojlanadi),  tafovutlar  asta-sekin  yo’qolib  boradi.  Ishlab  chiqa-rish  sharoitlari, 
madaniyat  va  fan-texnikaning  rivojlanishi  umu-miy  taraqqiyot  natijasida  har 
ikkalasida tobora bir xillashib boradi. Kapitalizm ham,  sotsializm ham ayni bir xil 
muammo-larni  hal  qilishga,  ularni  hal  etishning  bir  xil  uslublarini  qo’llashga 
intiladi. 
Konvergentsiya  texnikada,  iqtisodiyotda,  siyosatda,  ijtimoiy  sohada 
kuzatiladi.  Ya.Tinbergan  hozirgi  paytda  hech  qaerda  «sof  ka-pitalizm»  yo’q  deb 
hisoblaydi.  Bu  borada  fikr  yuritgan  J.K.  Gelbreyt  texnika  taraqqiyotini  kapitalizm 
va  sotsializmning  yaqinlashuvi  negizi  sifatida  ilgari  suradi.  U  konvergentsiya 
moyilligini  yirik  ishlab  chiqarishning  o’sishida,  jami  talabning  davlat  tomonidan 
tartibga solinib turishi va hakozolarda ko’radi. «Biz, – deb xulosa qiladi Gelbreyt, 
–  go’yo  turlicha  bo’lgan  ikkita  industrial  tizimning  konvergentsiyasi  hamma  eng 
muhim sohalarda sodir bo’layotganligini ko’rib turibmiz». 
Iqtisodiyotni  davlat   yo’li  bilan   tartibga   solib   turishni  bi-rinchi    o’ringa 
qo’ygan  A.Bergson  «har  ikkala  tizim  unchalik  xilma-xil  emas  va  keyinchalik  ular 
o’rtasidagi tafovut yanada ko’proq ka-mayib borishi mumkin», – deb yozadi. 
Amerika  sotsiologi  P.Sorokin  barcha  asosiy  yo’nalishlar  bo’yicha  – 
tabiatshunoslik  va  texnika,  ijtimoiy  fanlar,  maorif,  san’at,  din,  nikoh  va  oila, 
iqtisodiy  tizim,  ijtimoiy  munosa-batlar,  siyosiy  tizim  sohalarida  kapitalizm  bilan 
sotsializmning  yaqinlashuvini  targ’ib  qiladi.  Uning  fikricha,  kapitalizm  va  so- 
tsializmning  o’zaro  konvergentsiyasi  oqibatida  ulardan  farq  qila-digan  qandaydir 
oraliq jamiyat yuzaga keladi. 
 
 
 

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling