8-mavzu: Ko‘rinishlar. Asosiy va qo‘shimcha
Download 1.41 Mb.
|
Tex chiz 7-mavzu
10-Mavzu; Qirqim va uning turlari. Oddiy qirqimlari.
Reja Oddiy qirqimlar Qirqim va uning turlari Qirqim bir yoki bir nechta tekislik bilan xayolan qirqilgan buyumning tasviridir. Qirqimda detalning faqat kesuvchi tekislikda yotgan qismigina emas, balki uning orqasida joylashgan qismlari ham tasvirlanadi. Qirqim qanday hosil bo’lishini va qirqimda qayer shtriz chiziqlar bilan ajratib ko’rsatilishini yaxshiroq tushunib olish uchun 1-rasmga diqqat bilan qaraymiz. Detalning yaqqol tasviri 1- rasm, a da, chizmasi 1- rasm, b da berilgan. Qirqim quyidagi tartibda hosil qilinadi. Frontal proeksiyalar tekisligiga parallel bo’lgan kesuvchi tekislik detalni go’yo uning simmetriya tekisligi bo’lab ikki bo’lakka bo’ladi (1-rasm, b). Endi detalning old qismini fikran chetga surib qo’yamiz (1-rasm, e),qolgan orqa qismini esa ung strelka yo’nalishida qaraganimizda u qanday ko’rinsa, uni chizmada shundayligicha tasvirlaymiz. Detaldagi hamma teshiklar ko’rinib qoladi . Biz ularni asosiy tutash chiziqlar bilan chizishimiz lozim. Kesim shaklini esa shtrixlaymiz. Detal asosidagi ikkita tekislik va o’rtada joylashgan silindrdagi pog’onali tekisliklar shtrixlanmaydi, chunki kesuvchi tekislik ularga tegmay o’tgan. Shunday qilib, hosil qilingan tasvir qirqim bo’ladi. 1-rasm. Qirqimda tushgan yuza tasvirda asosiy deb qabul qilingan kontur chizig’iga yoki o’q chizig’iga 45o burchak ostida qiya qilib shtrixlanadi. Shtrix chiziqlar o’ngga ham, chapga ham qiya bo’lishi mumkin, ammo chizmada tasvirlangan detalning hamma qirqimlarida bir yo’nalishda bo’lishi shart. Shtrix chiziqalri orasidagi masofa bir detalning bir masshtabdagi hamma qirqimlarida bir xil bo’lishi kerak. Bu masofa shtrixlanadigan yuzaning katta-kichikligiga qarab 2 mm dan 5 mm gacha bo’lishi mumkin. Mayda tasvirlarda shtrix chiziqlari o’rtasidagi masofa 1.5 mm gacha qisqartirilishi mumkin. Qirqimlarning nomlari va joylashishi. Agar kesuvchi tekislik bitta bo’lsa, hosil bo’lgan qirqim oddi qirqim deyiladi. (1-rasm). 2-rasmda tabiiy materiallarning qirqimda tasvirlash ko’rsatilgan. Kesuvchi tekislikning gorizintal proeksiyalar tekisligiga nisbatan holatiga qarab, qirqimlar quyidagi xillarga bo’linadi. Frontal qirqimda kesuvchi tekislik frontal proeksiyalar tekisligiga parallel bo’ladi (3-rasm, a). Gorizintal qirqimda kesuvchi tekislik gorizontal proeksiyalar tekisligiga parallel bo’ladi (4-rasm, a). Agar kesuvchi tekislik profil proeksiyalar tekisligiga parallel bo’lsa, bu holda profil qirqim hosil bo’ladi.( 5-rasm, a). 2-rasm rasm. Fronta3-rasm. Frontal qirqim: a-detalning tekislik bilan kesilishi, b- frontal qirqimli detal chizmasi. rasm. Gorizintal qirqim: a- tekislik bilan kesilgan detal, b- gorizontal qirqimli detal chizmasi. rasm. Profil qirqim: : a- tekislik bilan kesilgan detal, b- profil qirqimli detal chizmasi. Qirqimlarning belgilanishi. Chizmalarda frontal, profil va gorizontal qirqimlar tegishli asosiy ko’rinishlar o’rnida joylashishi mumkin. Chunonchi, frontal qirqim olddan ko’rinish o’rnida (3-rasm, b), gorizontal qirqim ustdan ko’rinish o’rnida (4-rasm, b), profil qirqim yondan ko’rinish o’rnida (5-rasm b) joylashadi. Agar kesuvchi tekislik detalning simmetriya tekisligi bilan ustma-ust tushsa va qirqim proeksion bog’lanishda bo’lsa, frontal, profil va gorizontal qirqimlarni hosil qiluvchi tekislikkarning vaziyati chizmada ko’rsatilmaydi va qirqimlarning o’zi ham yozuv bilan belgilanmaydi. Ammo kesuvchi tekislik detalning simmetriya tekisligi bilan bir bo’lmagan holda unung holati qirqim chizig’i bilan ko’rsatiladi (6-rasm). rasm. Qirqimlarni belgilash. Qirqim chizig’ining boshi va oxiriga ikkita bir xil harf qo’yiladi. Turli qirqimlarni belgilash uchun bir chizmada bitta harf ikki marta qo’llanilmasligi kerak. Qirqim yoniga ham chiziqlari yoniga qo’yilgan harflar yoziladi. Bu harflar o’rtasiga defis belgisi (-) qo’yiladi. (6,7,8-rasmlarga qarang). rasm. Qiya qirqim: a-detalning A-A tekislik bilan kesilishi, b- kesilgan joy qirqimining yondan ko’rinishi, d- detalning ustidan ko’rinishi. rasm. Kesim bilan qirqimning farqi. rasm, a da olddan ko’rinish va qiya qirqim tasvirlangan. Qiya qirqim esa kesuvchi tekislikka parallel bo’lgan qo’shimcha tekislikka proeksiyalangan (7- rasm,b). Shundan keyin qo’shimcha tekislik chizma tekisligiga keltirilgan. Chizmada qiya qirqim A-A bilan belgilangan, kesuvchi tekislikning vaziyati esa qirqim bilan ko’rsatilgan. 7 rasm, d da detalning ustdan ko’rinishi keltirilgan. Qirqimlar kesimlardan ancha farq qiladi. Qirqimlar bilan kesimlar orasidagi farqni yaxshiroq tushunish uchun 8-rasmdagi tasvirlarni taqqoslab ko’rish kerak. Har ikkala holda ham kesuvchi tekislik detalni A-A yo’nalishda bir xilda kesib o’tadi. Tasvirlarni taqqoslab, shuni ko’ramizki, kesim- kesuvchi tekislikning o’zidagina yotuvchi qismning tasviri, qirqim esa kesuvchi tekislikning o’zida yotuvchi qisminigina emas, balki unung orqasida yotuvchi narsaning ham tasviridir. Qirqim bilan kesimning farqi ham ana shunda. Qirqimlarning alohida hollari. Mahalliy qirqim. Ko’p detallarning qovurg’a, kegay singari o’ziga hos konstruktiv elementlari bo’ladi. Bunday detallarning qirqimga xos xususiyati shundan iboratki, kesuvchi tekislik detallarni qovurg’a yoki kegayi bo’ylab kesganda kesim shtrixlanmaydi. Ular detalning boshqa qismlaridan asosiy uzluksiz chiziq bilan ajratib ko’rsatiladi. 9-rasm, a,b larda korpusning frontal qirqimi va gorizontal proeksiyasi berilgan. Frontal proeksiyalar tekisligiga parallel bo’lgan kesuvchi tekislik qovurg’ani kesib o’tgan (9-rasm, d), ammo frontal qirqimda qovurg’a shtrixlanmagan va detalning boshqa qismidan asosiy uzluksiz chiziq bilan ajratilgan. Turli g’ildiraklar, shkivlar, maxoviklar va hakozalarning kegaylari ham, agar kesuvchi tekislik ularning asosiy o’qi bo’ylab yo’nalgan bo’lsa, qirqim tarzida tasvirlanadi, lekin shtrixlanmaydi.(9-rasm, e,f ) rasm Mahalliy qirqimlar. Detalning tor chegarasida joylashgan ayrim qismining tuzilishini ko’rsatish uchun hosil qilingan qirqim mahalliy qirqim deb ataladi. Mahalliy qirqim chizmada to’lqinsimon tutash chiziq bilan ajratib ko’rsatiladi. Bu chiziq qo’lda chiziladi, u tasvir chiziqlaridan birortasining ustiga tushib qolmasligi lozim (10 rasm, a,b ) rasm. Ko’rinishning bir qismi bilan qirqimning bir qismini qo’llab tasvirlash. Predmetning tashqi shaklini qirqim bo’yicha aniqlash qiyin bo’lgan hollarda qirqimdan tashqari yana qirqimsiz ko’rinish berishga to’g’ri keladi. Agar detal simmetrik shakl ko’rinishida proeksiyalansa, ko’rinishning bir qismi ( masalan, olddan ko’rinishning bir qismi) bilan tegishli qirqimning bir qismini birlashtirish mumkin, 11 rasm, a da detalning texnik rasmi, 11 rasm, b da to’liq qirqim, 11 rasm, d da esa olddan ko’rinishning bir qismi bilan frontal qirimning bir qismini birlasjtirishga misol keltirilgan. rasm. Ko’rinishning bir qismi bilan qirqimning bir qismini ingichka shtrix-punktir chiziq bilan chizilgan simmetriya o’qi birlashtiradi. Ko’rinishning bir qismini qirqmning bir qismi bilan birlashtirish usulidan foydalanish bir tasvirning o’zidagina detalning tashqi ko’rinishi haqida ham, ichki tuzilishi haqida ham tasavvur hosil qilishga imkon beradi. Agar chizmaning biror kontur chizig’i simmetriya o’qi bilan ustma-ust ushib qolsa, anglashilmovchilik yuz berishi mumkin. Bu holda olddan ko’rinishning bir qismi frontal qirqim qismi bilan to’lqinsimon chiziq vositasida birlashtiriladi (12-rasm, a,b ) rasm. Murakkab qirqim. 13-rasm, a da tasvirlahgan plitaning yaqqol tasviri va chizmasiga e’tibor bering. Plitaning chizmasi murakkab qirqimga misol bo’la oladi. Plitada pog’onali bitta silindrik teshik va ikkita berk teshik bor. Plitaning yonidagi ikkita o’qni hamda teshiklarning shaklini va katta-kichikligini oydinlashtirish uchun ikkita kesuvchi tekislikni chizma tekisligi bilan ustma- ust tushirib, qirqimlar hosil qilish mumkin, hatijada A-A murakkab qirqim hosil bo’ladi. Shunday qilib, ikki yoki undan ortiq kesuvchi tekisliklar yordamida hosil qilingan qirqim murakkab qirqim deb ataladi. Bir-biriga parallel kesuvchi tekisliklar bilan hosil qilingan qirqim pog’onali qirqim deb ataladi ( 13 -rasm, a ). Agar kesuvchi tekisliklar bir-birini kesib o’tsa, bunday qirqim siniq qirqim deb ataladi. 13- rasm, b da ko’rsatilgan g’ildirakning chizmasi siniq qirqimga misol bo’la oladi. Kesuvchi tekisliklardan biri vertikal holda o’tadi. Qirqimda g’ildirakdagi silindrik tekislikning shakli va o’lchamlari ko’rinadi. Ikkinchi kesuvchi tekislik profil proeksiyalar tekisligiga og’ma holda o’tadi va bunda qirqimda teshikning shakli ko’rinadi. Agar chizmada profil proeksiyalar tekisligida buzilmagan qirqim tasvirini hosil qilish kerak bo’lsa, tasvir og’ma kesuvchi tekislikning davomi bilan ustma-ust tushishi kerak. rasm. Murakkab (pog’onali) qirqim (a), siniq qirqim (b) Tayanch iboralar: Oddiy, frontal, profil, gorizontal, qiya qirqimlar, mahalliy qirqim, murakkab qirqim, pog’onali qirqim, siniq qirqim. Nazorat uchun savollar. Qirqim deb nimaga aytiladi ? Qirqimlar nechi gradus qiyalikda shtrixlanadi ? Oddiy, frontal, profil, gorizontal, qiya qirqimlar qanday qirqimlar ? Qirqim kesimdan nimasi bilan farq qiladi ? Mahalliy qirqim deb qanday qirqimga aytiadi ? Murakkab qirqim deb qanday qirqimga aytiadi ? Pog’onali qirqim deb qanday qirqimga aytiadi ? Siniq qirqim deb qanday qirqimga aytiadi ? Qanday hollarda chizmada siniq qirqimlardan foydalaniladi Foydalangan adabiyot Inag’amov, Yu.Qirg’izboyev, Rixsiboyev T. Texnik chizmachilik kursi. Drujinin. Tyexnik chizmachilik. Raxmonov, Sobitov, Yu.Kirgizboyev. Mashinasozlik chizmachiligi. Toshkent, 2005. Ashirboyev A. Chizmachilik. Toshkent, 2008. Kirgizboyev Yu. Chizma geometriya. –T.: O’qituvchi, 1972 Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling