8-mavzu: Ko‘rinishlar. Asosiy va qo‘shimcha


Download 1.41 Mb.
bet2/8
Sana22.01.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1109948
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Tex chiz 7-mavzu

8-Mavzu; Ko‘rinishlar. Asosiy va qo‘shimcha ko‘rinishlar.

Reja;


  1. Ko`rinishlar.

  2. Asosiy va qo`shimcha ko`rinishlar

  3. Sirtlarning proyeksiyalovchi tekisliklar bilan kesishishi



Ko‘rinish – detal tomonlarining tasvirlari. Asosiy ko‘ri­nishlar detalning 6 ta tomonini kubning 6 ta tomoniga tasvirlashga aytiladi (148-rasm). Frontal tekislikdagi ko‘rinishi asosiy (bosh) ko‘rinishi deyiladi, chunki detalning eng muhim jihatlarini yoki ko‘proq ma’lumot olish mumkin bo‘lgan tomoni shu ko‘rinishda tasvirlanadi. Chizma qog‘ozida muhim ko‘rinish­lariga joy topilmasa, ko‘rinish tomonidan strelka qo‘yib, uning ustiga “A” harfi yoziladi va qog‘ozning bo‘sh joyiga joylashtirish mumkin, uning ustiga “A ko‘rinishdeb yozib, tagiga chizib qo‘yiladi (149-rasm).
Qo‘shimcha ko‘rinish qachonki detalning ayrim joylari asosiy ko‘rinishga tushmay qolganda uning o‘lcham va shaklini buzmay ko‘rsatish uchun ishlatiladi. 150-rasmda detalning bir qismi og‘ma holatda bo‘lganligi sababli gorizontal proyeksiyasida o‘z haqiqiy ko‘rinishida proyeksiyalanmaydi. Shuning uchun detalga qaraladigan tomonidan strelka qo‘yilib ustiga B harfi yoziladi va shu yo‘nalish bo‘yicha o‘sha ko‘rinish tasvirlanib, ustiga “B–ko‘rinish” deb yozib qo‘yiladi. Agar tasvir qaraladigan yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘risida joylashtirilsa qo‘shimcha hyech narsa yozilmaydi (151-rasm). Qiya holatdagi ko‘rinishni, to‘g‘ri holatda tasvirlasa “Burilgan” deb yozib qo‘yiladi (152-rasm).
Mahalliy ko‘rinish bu detalning ayrim joylarini qisqa bir qismini ko‘rsatishda ishlatiladi va to‘lqin chiziq bilan chegaralab qo‘yiladi, bunda ham qaraladigan tomondan strelka va harflar, tasvir ustiga “ko‘rinish” deb tagiga chizib qo‘yiladi

Odatda, kesim chizig‘i konturining proyeksiyalarini yasash uning tayanch nuqtalarini topishdan boshlanadi. Agar sirtni kesuvchi tekislik proyeksiyalovchi bo‘lsa, kesim chizig‘ining proyeksiyalarini yasash soddalashadi, chunki bu holda kesishish chizig‘ining proyeksiyalaridan biri to‘g‘ri chiziq kesmasidan iborat. Ba’zi sirtlarning proyeksiyalovchi tekisliklar bilan kesishishini ko‘rib chiqamiz. 1-masala. Og‘ma elliptik konusning H1(H1V) gorizontal tekislik bilan kesishish chizig‘i yasalsin (11.1-rasm). Yechish. Konusning bir necha yasovchilari o‘tkaziladi va ularning kesuvchi tekislik bilan kesishish nuqtalari belgilanadi. Kesishish chizig‘ining A″B″ frontal proyeksiyasi kesuvchi tekislikning frontal izi bilan ustma- ust tushadi. A(A′, A″) va B(B′, B″) nuqtalar kesimni o‘ng va chap tomondan chegaralovchi nuqtalardir. Ularning A′ va B′ gorizontal proyeksiyasi ular orqali o‘tuvchi S1 va S2 yasovchilarning gorizontal proyeksiyalari S′1′ va S′2′ larda bo‘ladi. Konusning gorizontal ocherk yasovchilari S′3′, S′4′ bilan H1 tekislikning kesishish nuqtalarini yasash uchun bu yasovchilarning frontal S″3″ va S″4″ proyeksiyalari bilan tekislikning H1V izining kesishish nuqtalari C″ va D″ lar belgilab olinadi. Bu nuqtalardan proyeksion bog‘lanish chiziqlari o‘tkaziladi va ularning S′3′ , S′4′ yasovchilar bilan kesishgan nuqtalari C′ va D′ nuqtalar topiladi. Kesimning oraliq nuqtalarini yasash uchun A″B″ kesmada ixtiyoriy E″≡F″ nuqtalar belgilab olinadi. Bu nuqtalar orqali S″5″≡S″6″ yasovchilarning frontal proyeksiyalari o‘tkaziladi, so‘ngra ularning S′5′ va S′6′ gorizontal proyeksiyalari ustida E′ va F′ belgilab olinadi.


Shu tarzda yana bir necha nuqtalarning gorizontal proyeksiyalari yasaladi.Gorizontal proyeksiyada kesimning ko‘rinishligi quyidagicha aniqlanadi. Konusning 4′, 6′, 1′, 5′ va 3′ nuqtalaridan o‘tgan yasovchilarga tegishli D′, F′, A′, E′ va C′ nuqtalar ko‘rinadi. Qolgan nuqtalar esa ko‘rinmaydi. Shunga asosan kesimning D′, F′, A′, E′, C′ qismi uzluksiz tutash chiziq bilan, D′, B′, C′ qismi esa shtrix chiziq bilan tekis tutashtiriladi. 2-masala. Sferaning N frontal proyeksiyalovchi tekislik bilan kesishuv chizig‘i proyeksiyalari yasalsin (11.2-rasm). Yechish. Kesimning A″C″ frontal proyeksiyasi tekislikning NV frontal izi bilan ustma-ust tushadi. Kesimning gorizontal proyeksiyasi esa nuqtalarning sferaga tegishlilik shartiga ko‘ra yasaladi.
B va B1 nuqtalar sferaning ekvatoriga tegishli bo‘lganligi uchun ularning B′ va B1′ gorizontal proyeksiyalari gorizontal proyeksiyaning ocherkida belgilab olinadi. A va C nuqtalarning gorizontal proyeksiyalari A′ va C′ nuqtalar esa sfera bosh meridianining gorizontal proyeksiyasida yotadi. Kesimga tegishli ixtiyoriy D va D1 nuqtalarning D′ va D1′ gorizontal proyeksiyalarini yasash uchun D″≡D1″ nuqta orqali gorizontal tekislikning HIV frontal izi o‘tkaziladi. Bu tekislik sferani radiusi 0″1″ ga teng bo‘lgan aylana bo‘yicha kesadi. Bu aylanani gorizontal proyeksiyasida D′ va D′1 nuqta xosil qilinadi. Oraliqdagi boshqa ixtiyoriy nuqtalarning gorizontal proyeksiyalari ham xuddi shunday yasaladi. Gorizontal proyeksiyada sferaning ekvatoridan yuqorida joylashgan hamma nuqtalar ko‘rinadi, ekvatordan pastki qismida joylashgan nuqtalar esa ko‘rinmaydi. Shunga ko‘ra ekvatordan yuqorida joylashgan A, D, D1, E, F, B va B1 nuqtalarning gorizontal proyeksiyalari A′, D′, D1′, E′, F′, B′ va B1′ nuqtalar ko‘rinadi. Qolgan nuqtalar esa ekvatorning pastki qismida yotganligi uchun ko‘rinmaydi. Bu yerda A, B, B1 va C lar tayanch nuqtalar bo‘ladi.
Rasmda kesim yuzining haqiqiy kattaligini yasash aylantirish usulida bajarib ko‘rsatilgan. 3-masala. V parallellizm tekisligiga ega bo‘lgan giperbolik paraboloidning M(MH) gorizontal proyeksiyalovchi tekislik bilan kesishish chizig‘i proyeksiyalari yasalsin (11.3-rasm). Yechish. Kesishish chizig‘ining gorizontal proyeksiyasi tekislikning MH izi bilan ustma-ust tushadi. Uning frontal proyeksiyasini yasash uchun giperbolik paraboloid (qiyshiq tekislik) ning bir necha yasovchilari o‘tkazilib, ularning M tekislik bilan kesishish nuqtalari belgilanadi. Masalan, qiyshiq tekislik a(a′, a″) yasovchisining M tekislik bilan kesishish nuqtasini yasash uchun a′ ya- sovchi va kesuvchi tekislikning MH gorizontal izining kesishish nuqtasi 2′ belgilab olinadi. So‘ngra 2′ nuqtadan proyeksion bog‘lanish chizig‘i chiqarilib a″ dagi frontal proyeksiyasi 2″ aniqlanadi. Kesimning 3(3′, 3″)…7(7′, 7″) nuqtalarini yasash 2(2′, 2″) nuqtani yasash kabi bajariladi.

Nazorat savollari

  1. Mavzuni quyidagi adabiyotlardan o’qing, konspektlashtiring, yangi va tayanch iboralarni izohi bilan yozib oling.

  2. Biror turdagi diagramma sxema tuzing va uni sharhlang. Mavzu bo’yicha 5 tadan test savollarini tuzing

Foydalangan adabiyot





  1. Inag’amov, Yu.Qirg’izboyev, Rixsiboyev T. Texnik chizmachilik kursi.

  2. Drujinin. Tyexnik chizmachilik.

  3. Raxmonov, Sobitov, Yu.Kirgizboyev. Mashinasozlik chizmachiligi. Toshkent, 2005.

  4. S.K.Bogolyubov, F.V.Voinov. Texnikaviy chizmachilik kursi. Toshkent «O‘qituvchi» nashriyotib 1976.

  5. Ashirboyev A. Chizmachilik. Toshkent, 2008.

  6. Kirgizboyev Yu. Chizma geometriya. –T.: O’qituvchi, 1972



Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling