11-mavzu: Kesim va uning turlari.Chizmalardagi shartlilik va soddalashtirishlar.
Reja:
1. Kesim haqida ma’lumot
2. Kesim turlari.
179-shakl v da richagning chizmasi berilgan. Bosh ko’rinish va ustidan
ko’rinish richagning hamma elementlari haqida to’liq tushuncha bermaydi. Uning
uchinchi ko’rinishi ham richagni shakli haqida kerakli ma‘lumotni bermaydi,
chunki unda ko’p ko’rinmaydigan, chizmani xiralashtiradigan kontur chiziqlar
hosil bo’ladi. Bunday buyumlar shaklini bilish uchun kesim qo’llaniladi.
Kesim. O’zDSt 2.305-97 ga muvofiq buyumning bitta yoki bir necha
tekislik bilan fikran kesib hosil qilingan tasvir. Kesuvchi tekislikda qanday tasvir
hosil bo’lgan bo’lsa, kesimda ham shu tasvir ko’rsatiladi. Kesim quyidagicha
chiziladi: buyumning kerakli joyidan hayolan tekislik bilan kesiladi (179-shakl, a).
Kesuvchi tekislikda hosil bo’lgan tasivrni tasvir tekisligiga parallel joylashtiriladi,
(179-shakl, b) formatning bo’sh joyiga qirqim chiziladi (179-shakl, v). Kesimlar
ko’rinishdan chetga chiqarib yoki ko’rinishning o’zida ko’rsatilgan bo’ladi.
179-shakl
Tasvirdan chetga chiqarilgan kesimlar. 180-shakl, a+b da tasvirni
konturdan tashqariga olib chiqilgan qirqim ko’rsatilgan. Chetga chiqarib
tasvirlangan kesim konturi asosiy tutash chiziq bilan chiziladi. Kesimi
o’zgarmaydigan uzun buyumning profil kesimida 180-shakl v, g dagidek
ko’rsatilishi mumkin. Ya‘ni buyumning o’rtarog’i to’lqinsimon ingichka chiziq
bilan ikkiga ajratiladi va ularni orasiga kesim joylashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |