8 Mavzu: Korrupsiyaga qarshi kurashning falsafiy jihatlari Ma’lumki “Korrupsiya” tushunchasi


Download 20.84 Kb.
bet2/3
Sana17.06.2023
Hajmi20.84 Kb.
#1529714
1   2   3
Bog'liq
8-MAVZU TARQATMA 2

Korrupsiya – bu shaxsiy manfaat uchun davlat hokimiyati mansab vazifasini suiste’mol qilish (Butunjahon banki hisoboti, 1997 y.) Bundan tashqari prezidentimiz tomonidan ham mazkur turdagi jinoyat uchun shunday ta’rif berilgan: “Jinoyatning yopiq va eng qabih turi bor. Bu – korrupsiya va poraxo‘rlik. Jinoyatning bu turi boshqaruv apparatini izdan chiqaribgina qolmay, bozor asoslarini ham barbod etishi mumkin”. Korrupsiya, eng avvalo, uyushgan jinoiy tuzilmalarga madadkor bo‘lish yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri yordam berish uchun davlat xizmatining imkoniyatlaridan foydalanishdir.
Narkotik moddalar ishlab chiqarish va ular bilan savdo qilish, yashirincha qurol sotish. Bu “biznes” ham mintaqaviy mojarolar va mahalliy urushlarning to‘s-to‘polonidan foydalanib qoluvchilarga katta daromad keltirmoqda.
Yashirincha qurol sotish xalqaro terrorizm deb atalmish jinoiy xodisa bilan birga yuradi, ba’zan esa uni keltirib chiqaradi. Shunday qilib, jinoyatchilik, korrupsiya bizning o‘z xavfsizligimizga ham, xalqaro xavfsizlikka ham taxdid soluvchi real manbadir. Binobarin, mazkur hodisaga qarshi kurash masalalari birgina bizga taalluqli emas. Shuning uchun ham biz jinoyatchilik haqida butun jaxon hamjamiyati qayg‘urmog‘i lozim, deb hisoblaymiz.
TAHDID – inson, jamiyat va davlat hayoti hamda faoliyatiga nisbatan muayyan davr mobaynida aniq maqsadga yo‘naltirilgan mahalliy, hududiy, mintaqaviy va umumsayyoraviy salbiy omillarning tajovuzi tufayli aniq makon va zamonda vujudga keladigan xavf-xatar shakli, muayyan beqaror siyosiy-ijtimoiy va tarixiy vaziyatni ifodalovchi tshuncha. Ushbu tushunchaning mazmun-mohiyati, namoyon bo‘lish shakllari va xususiyatlari Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida ko‘rsatib berilgan. Tahdidlar turli-tuman: ichki, tashqi, makon n.nazaridan esa uzoq va yaqin bo‘lishi mumkin. So‘nggi yillardagi voqealar shundan guvohlik beradiki, ularni iqtisodiy, ijtimoiy , siyosiy, ekologik, demografik, ma’naviy, mafkuraviy, harbiy, tabiiy-iqlimiy tahdidlarga ajratib, tahlil etish mumkin. Yer yuzining turli mintaqalarida sodir bo‘layotgan, butun insoniyatga xavf solib turgan turli noxush hodisalarni tahlil qilgan sari, ularning barchasida inson omili bosh sababchi ekani oydinlashadi.
Tahdidli ijtimoiy -siyosiy vaziyatni vujudga keltiradigan turli xavf-xatarlar hamda ularni bartaraf etish muammosi buyuk ajdodlarimizning siyosat ilmiga doir fikr va xulosalarida o‘z aksini topgan. Tahdidni yuzaga keltiradigan manbalarni ildiz otmasdan bartaraf qilish, unga nisbatan doimo ogoh, hushyor bo‘lish, g‘ofillikka yo‘l qo‘ymaslik haqidagi fikrlar alloma ajdodlarimizning siyosiy tafakkuridan keng o‘rin olgan muhim jihatlardir. Bu borada mutafakkir Abu Nasr Forobiyning "Davlatni aql-idrok bilan boshqarish — xalq boshiga tushgan xavf-xatarni kamaytirish va bartaraf etishdan iboratdir" , degan hikmatli fikrlarini alohida ta’kidlab o‘tish joiz. Buyuk ajdodlarimiz nazdida, yurtga bo‘ladigan ichki va tashqi xavf-xatarlarga nisbatan ogoh bo‘lish muhim tamoyil darajasiga ko‘tarilgan hamda ularning oldini olishning asosiy shartlaridan biri bo‘lgan.

“Korrupsiya” lotincha “corruptio” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, “buzish, yemirilish, sotib olish” ma’nolarini anglatadi. Yuridik ensiklopediyada “korrupsiya — mansabdor shaxslar o‘zlariga berilgan huquqlar va hokimiyat vakolatlaridan shaxsiy boylik orttirish uchun foydalanishda ifodalanuvchi siyosat yoki davlat boshqaruvi sohasidagi jinoiy faoliyat” sifatida ifoda etilgan.


Respublikamizda BMT homiyligida qabul qilingan EKOSOS (BMTning iqtisodiy va ijtimoiy kengashi)ning Korrupsiyaga qarshi kurash rezolyutsiyasi (1995 yil), Davlat mansabdor shaxslarining xalqaro axloq kodeksi (1996 yil), Xalqaro tijorat tashkilotlarida korrupsiya va poraxo‘rlikka qarshi kurash haqidagi deklaratsiya (1997 yil), Millatlararo uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash konvensiyasi (2000 yil) va boshqa xalqaro hujjatlarning qabul qilingani mazkur illatga qarshi kurashda muhim omil vazifasini o‘tamoqda.
Xalqaro hujjatlar ichida BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan Korrupsiyaga qarshi konvensiya (2003 yil 31 oktabr) asosiy xalqaro-huquqiy hujjat bo‘lib, u ushbu jinoyatning mohiyatini to‘liq ochib, unga qarshi kurash choralarini belgilab beradi.
Mamlakatimiz 2008 yil 7 iyulda BMTning yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan Konvensiyasiga qo‘shildi.
Davlatimiz 2010 yil mart oyida Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti doirasida qabul qilingan korrupsiyaga qarshi kurashning Istanbul rejasiga (2003 yil 10 sentabr) qo‘shilgan. Shuningdek, Oliy Majlis tomonidan Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha Yevroosiyo guruhi to‘g‘risidagi bitimi (Moskva, 2011 yil 16 iyun) 2011 yil 13 dekabrda ratifikatsiya qilingan.
Bundan tashqari, Adliya vazirligi va Bosh prokuratura tomonidan Konvensiya talablaridan kelib chiqqan holda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining aksilkorrupsiyaviy ekspertizasini o‘tkazish metodikasi ishlab chiqilgan va 2011 yil 20 oktabrda tasdiqlangan. “O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishni kuchaytirishni yanada takomillashtirish Milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqilib, hozirda takomiliga yetkazilmoqda.
Shu narsani alohida ta’kidlash kerakki, korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan institutsional mexanizmlarni isloh qilishda Yurtboshimiz tomonidan 2010 yil 12 noyabrda e’lon qilingan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bu illatga qarshi kurashni jahon talablari asosida shakllantirish maqsadida 2008 yil 7 iyulda mamlakatimiz BMTning "Korrupsiyaga qarshi" konvensiyasini ratifikatsiya qildi va shu yili "Birlashgan Millatlar Tashkilotining "Korrupsiyaga qarshi" konvensiyasiga O‘zbekiston Respublikasi qo‘shilishi to‘g‘risida"gi Qonun qabul qilindi.
2008 yili mamlakatimiz Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2003 yil 13 oktabrdagi Korrupsiyaga qarshi konvensiyasini ratifikatsiya qildi. Shuningdek, “Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga O‘zbekiston Respublikasi qo‘shilishi to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. 2010 yil mart oyida davlatimiz Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti doirasida qabul qilingan korrupsiyaga qarshi kurashning Istanbul rejasi (2003 yil 10 sentabr) ga qo‘shildi.
Shuningdek, davlatimiz 2010 yil mart oyida Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti doirasida qabul qilingan Korrupsiyaga qarshi kurashning Istanbul rejasiga (2003 yil 10 sentabr) qo‘shilgan. Oliy Majlis tomonidan esa Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha Yevroosiyo guruhi to‘g‘risidagi bitimi (Moskva, 2011 yil 16 iyun) 2011 yil 13 dekabrda ratifikatsiya qilindi.
Demak, korrupsiya jinoyatlarining oldini olish uchun quyidagilarga e’tibor qaratish lozim:
Birinchidan, korrupsiyaning barcha turlariga barham berish uchun o‘z jinoyat qonunchiligining muvofiqligini, shu jumladan, jinoyat-huquqiy va protsessual normalarni tegishli ravishda qayta ko‘rib chiqish;
Ikkinchidan, korrupsiya hamda hokimiyat vakolatini suiiste’mol qilishning oldini olish ma’muriy mexanizmlari va tartibga solish mexanizmlarini ishlab chiqish;
Uchinchidan, korrupsiya domiga ilingan mansabdor shaxslarni aniqlash, tergov qilish va hukm etishning maxsus tamoyillarini belgilash;
To‘rtinchidan, korrupsiya natijasida qo‘lga kiritilgan mablag‘lar va mol-mulkni musodara qilish uchun huquqiy qoidalarni ishlab chiqish;
Beshinchidan, korrupsiyaga daxl¬dor korxonalarga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar qo‘llash;

Download 20.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling