8.2. Bozorni baholash va iste’molchilik talabini o’rganish
Marketing tadqiqotlari marketing faoliyatining barcha jabhalari bo’yicha qaror qabl qilish bilan bog’liq. Bozorni baholash va iste’molchilik talabini o’rganish bo’yicha marketing tadqiqotlarining asosiy yo’nalishlarini tavsiflaymiz.
Bozorni va sotuvni tadqiq qilish. U korxonaning kelgusi faoliyatini belgilash uchun bozor sharoitlari to’g’risida ma’lumotlar olish maqsadida amalga oshiriladi. Bozorni va sotuvni tadqiq qilishning asosiy yo’nalishlariquyidagilarni qamoab oladi:
bozor sig’imini baholash;
bozorni segmentlash;
bozor o’zgarishlari va rivojlanish tendensiyalari tahlili, xususan, iqtisodiy, fan-texnika, demografik, ekologik, qonunchilik va boshqa omillarni tahlil qilish;
bozorning firma strukturasini o’rganish;
sotuv hajmini bashoart qilish.
Bozor sig’imini aniqlash bozor tadqiqotlarining asosiy vazifasi hisoblanadi. tovar bozori sig’im deganda tovarni sotish darajasi va narx nisbatlari tushuniladi. U ahli talabi hajmi va tovar taklifi miqdori bilan tavsiflanadi. Bozor sig’imi tadqiqotlari kutilayotgan sotuv hajmini bashorat qilishga imkon beradi.
Bozor sig’imining ikki xil darajasi mavjud: potensial va real (haqiqiy). Bozorning haqiqiy sig’imi birinchi bosqich sanaladi. Potensial daraja shaxsiy va jamiyat ehtiyojlari bilan belgilanadi hamda ularga mos keluvchi tovar sotuvini aks ettiradi. Real bozor sig’imi potensial bozor sig’imiga mos kelmasligi ham mumkin.
Bozor sig’imini baholash natural va qiymat o’lchamida o’lchanib, quyidagi formulaga asosan topiladi:
BS = MM + IX -EX,
bu reda
BS – bozor sig’imi;
MM – milliy mahsulot ishlab chiqarish;
IX – import hajmi;
EX - eksporta hajmi.
Bozorning import sig’imi quyidagicha aniqlanadi
BIS q BS - MM Q NE,
bu yerda
BIS - bozorning import sig’imi;
ME - milliy eksport, aniqlanishi ME q EX – RE;
RE – reeksport hajmi.
Nisbiy bozor ulushi korxonaning bozordagi ulushi va raqobatchilar ulushining nisbati sifatida aniqlanadi:
NBU q O’BU G’ RBU
bu yerda
O’BU – o’z bozor ulushi;
RBU – raqobatchilar bozor ulushi.
Do'stlaringiz bilan baham: |