8-mavzu. Korxonaning marketing rejasi
Download 91.02 Kb.
|
Бизнес Р-8
8.2-rasm. Korxonaning marketing faoliyati sxemasi Qisqacha xulosalarBiznes-reja strukturasida marketing rejasi korxonaning mahsulot sotuv bozorlarini va raqobatchilarini baholash hamda marketing strategiyasini asoslab berishi mo’ljallangan. Marketing rejasi doirasida bozor sig’imi haqidagi, bozorning to’yinganligi va sig’imining o’zgarishi haqidagi ma’lumotlar shakllantiriladi, bozorni segmentlashtirish usullari aniqlanadi, sotuv hajmi va raqobatchilar hatti-harakatlari bashorat qilinadi, tovarni tarqatishning prinsipial sxemalari, narxning hosil bo’lish usullari ishlab chiqiladi va rentabellik darajasi asoslab beriladi. Marketing rejalari ishlab chiqish usullari, miqyosi va muddati bo’yicha tasniflanadi. Ular xuddi bashoratlar kabi qisqa muddatli, o’rta muddatli va uzoq muddatli bo’lishi mumkin. Marketing rejalari yuqoridan quyiga yoki quyidan yuqoriga ishlab chiqilishi mumkin. Barcha hollarda ham ular asoslanganligi va korxonaning muvaffaqiyatini ta’minlashi lozim. Mavzu bo’yicha tayanch iboralar zamonaviy marketing, sotuv funksiyasi, ishlab chiqarish funksiyasi, tahliliy funksiya, boshqaruv va nazorat funksiyasi, tadbirkorlik muhiti, iqtisodiy reallik, ijtimoiy omillar, texnik rivojlanish darajasi, huquqiy-normativ muhit, to’rtta «P», bozorni baholash, iste’molchilik talabini o’rganish, bozorni va sotuvni tadqiq qilish, bozor sig’imi, bozorni segmentlash, iste’molchilarni tadqiq qilish, narx tadqiqotlari, narx siyosati, narx siyosatining besh turi, tovar harakatlanishi va sotuvni tadqiq qilish, reklama va sotuvni rag’batlantirishni tadqiq qilish, siljitish strategiyasi, xaridorlarni jalb qilish strategiyasi, talabni shakllantirish va sotuvni rag’batlantirish, marketing dasturlari, marketing rejasi, sotuv reaksiyasi funksiyasini oldindan baholashning 3 usuli. Muhokama va nazorat savollariMarketing majmui qanday va u qay tariqa tuvaffaqiyatga olib keladi?Barcha bozor segmentlari bo’yicha marketing strategiyasi qanday amalga oshiriladi? Korxonaning marketing strategiyasida qisqa muddatli va uzoq muddatli maqsadlar. Taqsimlash kanallarini tanlashni belgilab beruvchi omillar (geografik joylashuv, bojxona cheklovlari, mavsumiy sharoitlar va hokazo). Marketing rejasining bo’limlarini izohlab bering. Tovar belgilari va «firma stili»dan foydalanish nimani anglatadi. Korxonada reklama turlari. Korxonaning marketing faoliyati sxemasini tushuntirib bering. Download 91.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling