8-mavzu. Korxonaning marketing rejasi


Download 91.02 Kb.
bet11/12
Sana30.04.2023
Hajmi91.02 Kb.
#1415846
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Бизнес Р-8

Statistik usul. Statistika usullari yordamida avvalgi sotuvlar va marketing majmuining o’zgarish darajasi haqidagi ma’lumotlarni to’plash va sotuv reaksiyasi funksiyalarini baholash.
Eksperimental usul (tajriba usuli). Marketing xarajatlari variasiyasi va ularnig goyegrafik yoki boshqa birliklar bo’yicha erishilgan sotuv hajmiga taqsimlashni talab qiladi.
Ekspertlar bahosi usuli. Zarur harajatlar darajasi belgilanganch, ekspertlar asoslab bergan mulohazalarga amal qilinadi.
Marketing rejalarini amalga oshirishda bir qator kutilmagan holatlar yuzaga kelishi mumkin, shu sababli ularning bajarilishini doimiy nazorat ostiga olish lozim. marketing nazoratining uch turini ajratib ko’rsatish mumkin:

  • tayyor rejalarning bajarilishini nazorat qilish. Marketing bo’yicha mutaxassislar yillik rejadagi nazorat raqamlariga ega joriy ko’rsatkichlarni tuzadi va zarur hollarda vaziyatni o’zgartirshi uchun g’chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

  • foydalilikni nazorat qilish. Turli tovarlarning, bozor segmentlarining, hududlar va sotuv kanallarining amaldagi rentebelligini aniqlash;

  • strategik nazorat. Firmaning boshlang’iya strategik ko’rsatmalarining mavjud bozor imkoniyatlariga mos kelishini muntazam tekshirib borish.

Yillik rejalarning bajarilishini nazorat qilishdan maqsad korxona haqiqatdan ham rejadagi maqsadli ko’rsatkichlar darajasiga chiqqanligini aniqlashdir. Ushbu turdagi nazorat to’rt bosqichdan iborat.

  1. Rahbariyat yillik rejaga nazorat ko’rsatkichlarini oy va choraklar bo’yicha taqsimlab kiritishi lozim (nimaga erishish kerak).

  2. Rahbariyat firmaning bozor faoliyati ko’rsatkichlarini ulchaydi (nima ro’y beradi).

  3. Rahbariyat har qanday jiddiy xato va kamchiliklar sababini aniqlaydi (nima uchun shunday bo’ldi).

  4. Rahbariyat vaziyatni to’g’irlash hamda belgilangan maqsad va erishilgan natijalar o’rtasidagi uzilishlarni yo’qotish uchun chora-tadbirlarni amalga oshiradi (o’zgartirish kiritish hatti-harakatlari).

Sotuv dinamikasi firmaning raqobatchilarga nsibatan holati haqida hyech narsa demaydi. Aytaylik, sotuv hajmi o’sib borsin. Bu o’sish iqtisodiy sharoitlarning yaxshilanishi yoki korxona faoliyatining raqobatchilarga nisbatan takomillashuvi bilan izohlnishi mumkin. Agar bozor ulushi o’sib boradigan bo’lsa. Korxonaning raqobatdagi holati mustahkamlanadi, aks holda korxona o’z raqobatchilariga o’rnini bo’shatib berishga majbur bo’lishi ham mumkin.
Amaldagi ko’rsatkichlar yillik rejada belgilab qo’yilgan ko’rsatkichlardan sezilarli farq qilgan hollarda korxona ishlab chiqarishni qisqartirishi yoki narxlarni pasaytirishi, mashina va asbob-uskunalar xarid qilish uchun kapital qo’yilmalarni qisqartirishi, reklama va xayriya yo’lidagi xarajatlarni kamaytirishi mumkin.
Foydalilik va rentabellikni nazorat qilish korxonaga u yoki bu tovarlani ishlab chiqarishni kengaytirish yoki kamaytirish, u yoki bu marketing tsrategiyasini amalga oshirish masalalarini hal qilishga yordam beradi. Masalan, turli sotuv kanallari: texnik tovarlar do’konlari, bog’dorchilik va dala hovli uchun do’konlar va univermaglar bo’yicha o’t o’rish mashinalarini sotish rentabelligini tekshirish ulardan foydalanish samaradorligi va maqsadga muvofiqligini ko’rsatishi mumkin. Ulardan birinchilari zarar keltirishi, ikkinchilari o’z xarajatlarini qoplashi, uchinichlari esa asosiy foyda oqimini berishi mumkin.
Shunday qilib, marketing korxona faoliyatini tashkil etish va tartibga solishdan tashqari tovarlarning ishlab chiqaruvchidan iste’molchi tomon harakatlanishini tezlashtiruvchi hamda o’zini-o’zi tartibga soluvchi va takomillshatiruvchi tizim hisoblanadi. Korxona faoliyatining marketing rejasi va dasturini quyidagi sxema yordamida aks ettirish mumkin.




Download 91.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling