8-mavzu. Korxonaning marketing rejasi


Marketing rejasi va dasturi


Download 91.02 Kb.
bet10/12
Sana30.04.2023
Hajmi91.02 Kb.
#1415846
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Бизнес Р-8

8.4. Marketing rejasi va dasturi


Marketing dasturlari marketing rejasining asosi hisoblanadi. Ular korxonaning har bir xo’jalik bo’linmasida har bir mahsulot bo’yicha ishlab chiqarishni rejalashtirishga aoss qilib olinadi.
Marketing rejasi bu eng asosiy hujjat bo’lib, kim, qachon, qayerda, nima va qanday qilishi lozimligini belgilab beradi. Marketing dasturlari doirasida quyidagi yo’nalishlar optimal birikishi lozim:

  • sifat jihatidan yangi texnik-iqtisodiy tavsifnomaga ega, prinsipial jihatdan yangi mahsulot turlavrini ishlab chiqish;

  • muayyan xaridorlarning so’rov va talablariga nisbatan yangi mahsulot turlarini modifikasiyalash;

  • firmaning o’z fan-texnika ishlanmalari asosija chiqarilayotgan mahsulotni takomillashtirish;

  • sotib olingan patent va lisenziyalarni qo’llash asosida yangi mahsulot turlarini yaratish.

Marketing rejasi korxona faoliyatining yo’nalishini belgilab berib, unga iste’molchilarni o’rganish, mahsulotni rejalashtirish, harakatlantirish va sotish, shuningdek, narxni rejalashtirish jarayonlarini yaxshi tushunishga imkon beradi. U korxonani raqobatchilar nuqtai nazaridan o’zining kuchli va zaif tomonlarini, atrof muhitdan kutilajak xavf-xatarni baholash, mos keluvchi hatti-harakatlarni amalga oshirishga majbur qiladi.
Marketing dasturlariga boshqa vazifa kutilayotgan foyda hajmini olishga yo’naltirilgan ishlab chiqarish, rejalashtirilgan mahsulotni chiqarishning optimal strukturasini aniqlash imkoniyatiniberish ham yuklatiladi. Marketing dasturining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • joriy va istiqboldagi davr uchun chiqariladigan (yangi yoki takomillashtirilgan) mahsulot hajmini natural va qiymat shaklida aniqlash;

  • mahsulot ehtiyoji va talablarini hisobga olgan holda yakuniy iste’molchi yoki maqsadli bozorni tanlash;

  • har bir mahsulot bo’yicha ishlab chiqarish xarajatlari, narx va foydani solishtirish.

Marketingni rejalashtirishga batafsil to’xtalib o’tamiz. Marketing rejasi quyidagi bo’limlardan iborat bo’ladi:
a) nazorat ko’rsatkichlari ma’lumotlari;
b) joriy marketing vaziyatini bayon qilish;
v) xavf-xatar va imkoniyatlar ro’yxati;
g) muammo va vazifalar tahlili;
d) marketing strategiyasi;
ye) hatti-harakatlar dasturi;
j) byud­jetlar;
z) nazorat tartibi.
Avvalo korxona ushbu moliya yilida erishish lozim bo’lgan asosiy ko’rsatkichlar haqida qisqacha ma’lumot to’planishi lozim. Bu rejaning yo’nalishini belgilab beradi. Korxonaning joriy holati aniqlanadi va maqsadli bozor tavsiflab beriladi. Tovar oldida paydo bo’lishi mumkin bo’lgan xavf-xatar va imkoniyatlar baholanadi. Xavf-xatarlar bu noqulay tendensiyalar yoki muayyan hodisa natijasida yuz beruvchi holat qiyinchilik bo’lib, tovarning halok bo’lishiga ham olib kelishi mumkin. Marketing imkoniyatlari bu – marketing hatti-harakatlarining jalb qiluvchi yo’nalishi bo’lib, ular yordamida korxona raqobatda ustunlikka ega bo’lishi mumkin.
Marketing strategiyasi - rasional qurilma bo’lib, unga amal qilgan holda korxona o’zining marketing vazifalarini bajaradi. U maqsadli bozorlar, marketing majmui va xarajatlari bo’yicha muayyan strategiyalarni qamrab oladi. Maqsadli bozorlarni, ya’ni korxona asosiy e’tibor qaratishi lozim bo’lgan bozorlarni aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Menedjer yangi tovar, reklama, sotuvni rag’batlantirish, marketing rejasining oldingi punktlari asosida narxlar kabi marketing elementlari bo’yicha muayyan strategiyalarni bayon qilishi lozim. Bu bosqichda mahsulot sotuvi darajasi bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’liq bo’lgan marketing xarajatlari darajasi belgilanadi. Marketing byudjetining rentabelligini ham esdan chiqarmaslik kerak. Hatti-harakatlar dasturi tavsiflanadi: nima qilish kerak, kim, qayerda va qancha ish bajaradi. Keyin esa byudjet asosida muayyan xom-ashyo xarid qilish rejasi, ishchi kuchiga bo’lgan ehtiyojlar va foyda darajasi belgilanadi. Eng oxirida belgilangan ishlarning bajarilishini nazorat qilish tartibi bayon qilinadi. oraliq bo’g’inlar natijalarini baholash va ularga o’zgartirishlar kiritish belgilangan vazifalarga asosan bajariladi.
Marketing rejasi yuqg’oridan pastga ham, pastdan yuqoriga ham ishlab chiqilishi mumkin. Keyingi holatda bu – maqsadlar, byudjetlar, bashoartlardir. Marketing strategiyalari va muddatlari sotuvchilar, reklama bo’limi va boshqa bo’limlar xodimlari bergan ma’lumotlar asosida belgilanadi. Ushbu rejalar haqqoniy bo’lib, psixologik muhitga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, chunki xodimlar qabul qilingan qarorlar uchun javobgar bo’ladilar. Biroq bunda quyida ishlab chiqilgan rejalarni muvofiqlashtirish, yagona integrasiyalangan rejaga aylantirish va turli muammolarni hao qilishda bir qator qiyinchiliklar paydo bo’lishi mumkin.
Dastlabki holatda esa bu narsa kuzatilmaydi. Rejali faoliyat markazlashgan tarzda boshqariladi va nazorat qilinadi hamda marketingning yagona yo’nalishi ta’minlanadi. Shunga qaramay, realistik rejalashtirish, xodimlarni qaror qabul qilishga jalb qilish imkoniyati pasayib, jamoada psixologik muhit yomonlashadi. Ushbu ikki yondashuv rahbariyat yuqori maqsad va yo’nalishlarni belgilagan, tovar, reklama va sotuv bilan shug’ullanuvchi xodimlar esa belgilangan vazifalarni amalga oshirish rejasini ishlab chiqish bilan shug’ullangan hollarda uyg’unlashuvi mumkin.
Sotuv reaksiyasi funksiyasini oldindan baholashning 3 usuli mavjud.

Download 91.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling