8-mavzu. Korxonaning marketing rejasi
Download 91.02 Kb.
|
Бизнес Р-8
Narx tadqiqotlari narxning eng kam xarajatlar bilan eng ko’p foyda olish imkoniyatini beruvchi darajasi va unga mosligini aniqlashga qaratiladi. Narx siyosatining mohiyati firma tovarlariga shunday narx o’rnatish va bozordagi holatdan kelib chiqqan holda almashtirishdan iboratki, bunda belgilangan bozor ulushiga ega bo’lish, belgilangan foyda hajmini ta’minlash hamda boshqa strategik va operativ vazifalarni bajarish ta’minlanishi lozim. Ayniqsa tashqi bozor uchun narx belgilashda ehtiyot bo’lish kerak.
Narx siyosatini ishlab chiqishda quyidagilarni belgilashga tayanish lozim: firma faoliyat ko’rsatuvchi har bir bozorda raqobat kurashi vositalari ichida narx qanday o’ringa ega; firma narx bo’yicha yetakchilikni o’z qo’lida saqlab qola oladimi yoki boshqa yetakchi ortidan boradimi, «narx urushi»ga dosh bera oladimi; yangi tovarlarga nisbatan narx siyosati qanday bo’lishi lozim. Korxonaning narx siyosati tovarlar narxini bozorlar va ularning tovar hayotiylik davriga mos ravishda o’zgarishi, raqobatchilarning hatti-harakatlaridan kelib chiqqan holda belgilaydi. Marketing amaliyotida odatda narx siyosatining besh turi qo’llanadi: «narx bo’yicha yetakchi» — bozorda katta ulushga ega va yirik monopolist firmalar uchun xarakterli. «yetakchi ortidan borish» — yirik firmalar siyosatini qabul qiluvchi kichik firmalar uchun siyosati. «hujum qilish» —mahsulot tannarxini keskin kamaytirish yoki yangi texnologiyalarni joriy qilish hisobigabozorda yetakchi o’rinlarni egallash maqsadida amalga oshiriluvchi siyosat. «qaymog’ini olish» — bozorga yangi tovar kiritishda foydalaniluvchi siyosat. «joriy qilish» — texnik jihatdan hyech qanday yangilikka ega bo’lmagan tovarni kiritish siyosati, tovarni dastlab juda past narxda sotish va asta-sekinlik bilan narxni ko’tarib borish yo’li bilan amalga oshiriladi. Narx siyosatida chegirmalar muhim rol o’ynaydi. Download 91.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling