8-mavzu: Mashina va apparatlarning xavfsiz ishlashini ta’minlash Reja
Ichimlik suvi tarmog‘i (vodoprovod tarmog‘i) suvining sifati quyidagilar
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnosfera omillari fanidan 8-15-ma\'ruzalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuproqning ifloslanish darajasini gigienik baholash mezonlariga quyidagilar kiradi
Ichimlik suvi tarmog‘i (vodoprovod tarmog‘i) suvining sifati quyidagilar
orqali tavsiflanadi: a) toksikologik ko„rsatkich - 1 YQBK dan 15 YQBK gacha bo„lsa, 5 dan 25 ballgacha deb baholanadi; b) umumiy qattiqlik 10 dan 18 mg-ekv/l gacha bo„lgan konsentratsiyalarda mos ravishda 5 dan 25 ballgacha baholanadi; v) sho„rlanish darajasi 1000-3000 mg/l oralig„ida bo„lsa, 4 dan 20 ballgacha deb baholanadi; d) koli indeksi bo„yicha suv sifati tafovuti foizi 1 dan 20% gacha bo„lsa, 3 dan 15 ballgacha baholanadi; e) 1 ml suvdagi saprofitlarning o„rtacha soni 100 ta gacha bo„lsa - “Ruxsat beriladigan ekologik vaziyat zonasi” deb hisoblanadi va - 2 ball bilan baholanadi, 101-300 ta qiymatida - 4 ball, 301-500 ta qiymatida - 6 ball, 501-1000 ta qiymatida - 8 ball, > 1000 ta qiymatida - 10 ball deb baholanadi; f) aholining ichimlik suvi tarmog„i (vodoprovod) suvi bilan ta‟minlanish darajasi: 100-80% bo„lsa - 1 ball, 80,1-60% bo„lsa - 2 ball, 60,1-40% bo„lsa - 3 ball, 40,1-25% bo„lsa - 4 ball, < 25 % - 5 ball deb baholanadi. Ichimlik suvi tarmog„i (vodoprovod) suvi sifatini gigienik baholash mezonlarining baholash ballari yig„indisi 20 (“Ruxsat etilgan ifloslanish darajasi”) dan 80 gacha (“Ifloslanishning o„ta yuqori darajasi - ekologik ofat zonalari)” oralig„ida baholanadi. Tuproqning ifloslanish darajasini gigienik baholash mezonlariga quyidagilar kiradi: a) o„simliklarda to„planishi mumkin bo„lgan va odamlar uchun eng xavfli bo„lgan ekzogen kelib chiqadigan moddalarning (ftor, rux, mishyak, simob, surma) tuproqdagi tarkibi bilan tavsiflangan zararlilikning translokatsion ko„rsatkichi. Ushbu moddalarning konsentratsiyasi 1 YQBK bo„lganda 5 ball deb, 1,1-3 YQBK bo„lganda - 10 ball deb, 3,1-5 YQBK bo„lganda - 15 ball deb, 5,1-10 YQBK bo„lganda - 20 ball deb, > 10 YQBK bo„lganda - 25 ball deb baholanadi; b) inson uchun kamroq xavfli bo„lgan, salbiy ta‟siri bilvosita sodir bo„ladigan ekzogen kelib chiqadigan moddalar (kobalt, mis, molibden, qo„rg„oshin, nitratlar, pestitsidlar) ko„rsatkichi. Ko„rsatkich 1 YQBK dan 20 YQBK gacha bo„lgan konsentratsiyalarda 4 dan 20 ballgacha baholanadi; v) 1 gramm tuproq tarkibidagi ichak tayoqchalari soni 100 tagacha bo„lganda 3 ball, 101-250 ta bo„lganda - 6 ball, 251-500 ta bo„lganda - 9 ball, 501- 1000 ta bo„lganda - 12 ball, >1000 bo„lganda - 15 ball deb baholanadi; d) aholini sanitariya tozalash bilan qamrab olish foizi: 90% dan yuqori bo„lsa - 1 ball; qamrab olish 90-70,1% bo„lsa - 2 ball, 70-50,1% bo„lsa - 3 ball, 50-30% bo„lsa - 4 ball, < 30% bo„lsa - 5 ball qilib baholanadi; e) aholining kanalizatsiya bilan ta‟minlanganlik ulushi: 50% dan yuqori bo„lsa - 1 ball, 50-30,1% bo„lsa - 2 ball, 30-20,1% bo„lsa - 3 ball, 20-10% bo„lsa - 4 ball, <10% bo„lsa - 5 ball deb baholanadi; f) tashib ketilgan qattiq maishiy chiqindilar ulushi: 90% dan ko„p bo„lsa - 1 ball, 90-76,1% bo„lsa - 2 ball, 76-50,1% bo„lsa - 3 ball, 50-25% bo„lsa - 4 ball, <25% bo„lsa - 5 ball deb baholanadi. Tuproqning ifloslanish darajasini gigienik baholash mezonlarining baholash ballari yig„indisi 15 balldan kam (“Yo„l qo„yiladigan ifloslanish darajasi”) dan 60 ballgacha (“Ifloslanishning o„ta xavfli darajasi – ekologik ofat zonasi)” baholanadi; Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling