8-mavzu: Mashina va apparatlarning xavfsiz ishlashini ta’minlash Reja
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnosfera omillari fanidan 8-15-ma\'ruzalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12-mavzu. Ishlab chiqarish muhitining mikroiqlim sharoitlari
Nazorat savollari:
1. Atrof muhitga ta‟sirni baholash nima? 2. AMTB bosqichlari nimalardan iborat? 3. AMO„TBL belgilanayotgan yoki prognozlashtirilayotgan xo„jalik va boshqa turdagi faoliyatning qaysi bosqichida bajariladi? 4. AMO„TB ishlab chiqish zaruriyati kim tomonidan, qanday holatda aniqlanadi? 5. Buyurtmachi tomonidan EOB ekologik ekspertizasi organlariga qachon taqdim etiladi? 6. IV toifaga kiruvchi faoliyat turlari uchun buyurtmachi tomonidan AMTB ning qaysi bosqichi taqdim etiladi? 7. AMO„TBL tarkibi nimalardan iborat? 8. AMO„TB tarkibi nimalardan iborat? 9. EOB tarkibi nimalardan iborat? 10. Jamoatchilik muhokamasi deganda nimani tushunasiz? 12-mavzu. Ishlab chiqarish muhitining mikroiqlim sharoitlari 1. Mehnat gigienasi - ish jarayonlarining va atrof muhitning ishchilar organizmiga ta‟sirini o„rganadigan fan. 2. Mehnat gigienasini qo„llash natijasida qulay ish sharoitlarini yarata oladigan, mehnat unumdorligini oshira oladigan, kasbiy kasalliklarni kamaytira oladigan yoki butunlay yo„q qila oladigan sanitariya, gigiena va davolash-profilaktika tadbirlarini ishlab chiqilishi. Ish jarayonlarining va atrof-muhitning ishchilar organizmiga ta‟sirini o„rganadigan fan mehnat gigienasi deyiladi. Mehnat gigienasini qo„llash natijasida - qulay ish sharoitlarni yarata oladigan, mehnat unumdorligini oshira oladigan, kasbiy kasalliklarni kamaytira oladigan yoki butunlay yo„q qila oladigan sanitariya, gigiena va davolash profilaktik tadbirlari ishlab chiqiladi. Mehnat gigienasi - tibbiy profilaktika sohasi bo„lib, ish qobiliyatini yuksak darajada ta‟minlash, kasb kasalliklari va odamning mehnat faoliyati bilan bog„liq boshqa salbiy oqibatlarning oldini olishning ilmiy asoslarini va amaliy choralarini ishlab chiqish bilan shug„ullanadi. Mehnat gigienasi - qulay mehnat sharoitini yaratish, yuqori mehnat unumdorligini oshirish va kasbiy kasalliklarni kamaytirish imkonini beradi. Mehnat gigienasi kishining ish faoliyatini, ish sharoitlarini hamda ishlab chiqarish jarayonini va ishlab chiqarish omillarini uning organizmiga ta‟sirini o„rganadi. Shu ma‟lumotlar asosida ish sharoitlarining sanitar-gigienik normalarini yaxshilash uchun tavsiyanomalar ishlab chiqiladi. To„g„ri tashkil etilgan mehnat kishining jismoniy, intellektual va ma‟naviy kamol topishiga olib keladi. Jamiyatda u nafaqat moddiy farovonlik, balki odamning tetiklik manbai hamdir. Biroq mehnatning ijobiy ta‟siri bilan birga ba‟zi hollarda salbiy oqibatlari ham bo„lishi ilgaridan kuzatilgan. Bu mehnat faoliyati natijalarini kamaytirib va sifat jihatdan pasaytiribgina qolmay, balki kasbga aloqador kasalliklarni ham vujudga keltirishi mumkin. Mehnat gigienasining asosiy vazifasi ish unumdorligani eng yuqori darajada oshirish va ishlovchilarning sog„ligiga zararli ta‟sir qilmaydigan sharoitlarni ta‟minlaydigan tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat. Bunda mehnat gigienasi kasbiy kasalliklar, yurak qon-tomir, onkologik va asab kasalliklarining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu vazifalarni hal qilishning asosiy yo„llari: Gigienik yo‘nalish: o salomatlik va ish qobiliyatiga ta‟sir qiladigan ishlab chiqarish muhiti omillarini me‟yorlash; o ishlab chiqarish muhitidagi zararli omillarni kamaytiish va yo„qotish yo„li bilan mehnat sharoitlarini sog„lomlashtirish. Fiziologik yo‘nalish: o ish joyi, asboblar, mashina va jihozlarni fiziologik talablarga muvofiq holda bo„lishiga erishish; o mehnat va dam olish rejimlarini joriy etish; o mehnatning jismoniy og„irligini kamaytirish, fiziologik jihatdan yetarlicha harakat faolligini ta‟minlash; o mehnatning aqliy va emotsional toliqtirishini kamaytirish. Psixologik yo‘nalish: o pultlar va mashinalar, mexanizmlar tizimlarini boshqarish uchun boshqa vositalar ixtiro etishda ruhiy talablarini hisobga olish (muhandislik ruhiyati); o kasb tanlashda va kasbiy talablarga muvofiq holda shaxsning ruhiy xususiyatlarini hisobga olish; o jamoalarda qulay ruhiy kayfiyat yaratish, ishlovchilarning mehnatdan va uning natijalaridan yuqori manfaatdor bo„lishlarini ta‟minlash bo„yicha tadbirlar ishlab chiqish va joriy qilish. Estetik yo‘nalish: o intererlarni bezatishda, uskunalarni joylashtirishda, ranglar bilan bezatishda va boshqalarda ishlab chiqarish estetikasi talablariga rioya qilish; o texnikaviy estetika talablarini bajarish, mashinalar, asboblar, jihozlar, pultlar singari boshqaruv vositalarini badiiy ixtiro etish. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling