8-mavzu: nutq texnikasi va notiqlik madaniyati


Download 24.9 Kb.
bet3/10
Sana17.06.2023
Hajmi24.9 Kb.
#1548412
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
8-mavzu (3)

Ulug’ shoir Yusuf Xos Hojib turkiy xalqlarning XII asrdagi ajoyib badiiy yodgorligi bo‘lgan “Qutadg’u bilig” (“Baxt keltiruvchi bilim”) asarida so‘zlarni to‘g’ri tanlash va to‘g’ri qo‘llash haqida “Bilib so‘zlasa so‘z bilig sanalur” degan edi.

Adib Ahmad Yugnakiy (XII-XIII) ham mudarrislarni so‘zlaganda nutqni o‘ylab, shoshilmasdan, aql-idrok bilan tuzishga, keraksiz, bema’ni so‘zlarni ishlatmaslikka, mazmundor so‘zlar izlab topishga chaqiradi, Noto‘g’ri tuzilgan nutq tufayli keyin xijolat chekib yurmagin, deb so‘zlovchini ogohlantiradi:

Buyuk alloma Abdurahmon Jomiy o‘z adabiy merosida so‘z va nutqning qudrati naqadar ulug’ligini, tildek insonga chiroyli libos kiydirguvchi vosita hech qaerda bo‘lmasligini bayon etgan:

Mutafakkir Alisher Navoiy davlat arbobi sifatida, o‘zbek mumtoz adabiy tilining homiysi bo‘lgan buyuk shoirdir. Alisher Navoiy turkiy tilda go‘zal nutq tuzishning bayrokdori sifatida, o‘zining butun ijodiy merosi bilan o‘zbek tili boyliklarini namoyon etdi. Navoiy o‘zbek adabiy tilida buyuk asarlar yaratish mumkinligini va shu bilan o‘zbek xalqini butun jahonga mashhur qilishni isbotlab berdi. SHoir o‘zining “Muhokamatul-lug’atayn” asarida har bir tilning ijobiy va salbiy tomonlari borligini eslatib o‘tadi. Alisher Navoiyning “Muhokamatul-lug’atayn”, “Mahbub-ul-qulub”, “Nazmul-javohir” asarlari o‘zbek tilida nutq tuzishning go‘zal namunalari bo‘lishi bilan birga, uning yuksalishiga ham katta hissa qo‘shdi.

Nutqning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish uchun, nutq texnikasiga oid talablarni bilish lozim. Bu talablar nutqning mantiq jihatdan to‘g’ri, aniq, chiroyli, yorqin va maqsadga muvofiq bo‘lishidir. Nutqning asosiy xususiyatlari ushbu talablardan kelib chiqadi:

  • Nutqning to‘g’riligi va ravonligi.
  • Nutqning aniqligi va ta’sirchanligi.
  • Nutqning mantiqiyligi.
  • Nutqning tozaligi va ifodaliligi.

Nutqning to‘g’riligi va ravonligi uning adabiy til normalariga to‘g’ri kelishidir. Bunda ikkita jihatga e’tibor beriladi: urg’u va grammatik normalarga amal qilinishi.


Download 24.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling