8-mavzu: nutq texnikasi va notiqlik madaniyati
Download 24.9 Kb.
|
8-mavzu (3)
Nutq malakalari va ko‘nikmalarini muvaffaqiyatli egallash uchun sharoit yaratuvchi notiqning umumiy ruhiy, jismoniy xususiyatlarini rivojlantirish, bunda tasavvurni, obrazli xotira va fantaziyani rivojlantirish ko‘zda tutiladi. Bunday faoliyatda tovush, diapazon, tembr, diktsiya, artikulyatsiya, ritmika, nafas olish muhim rol o‘ynaydi.Tovush. Ba’zi o‘qituvchilarga tovush tug’ma qobiliyat sifatida berilgan, lekin bu ham mashq qilib turilmasa buziladi. O‘qituvchi o‘z tovushini kuchli, egiluvchan, emotsional ta’sirchan qila olishi mumkin.Tovush o‘zining quyidagi xususiyatlari bilan xarakterlanadi:tovush kuchi – tovush apparati organlarining faol ishlashiga bog’liq. CHiqarilayotgan havo oqimining tovush tirqishiga bo‘lgan bosimi qancha kuchli bo‘lsa, tovush ham shuncha baland bo‘ladi;tovush uchuvchanligi – tovushining balandligida hamda uning kuchli nutq apparati organlarining faolligiga bog’liq. Tovush eshitilishining uchuvchanligi, (polyotnostь) bu ovozni masofaga moslay olish, tovushni boshqara olishidir.tovushning ixchamligi va harakatchanligi – o‘qituvchi nutqining mazmuniga, tinglovchilarga moslab o‘zgartira olish qobiliyatiga bog’liq bo‘lib, bunda notiq tovushni yengil boshqarishi va tinglovchilarga moslashtira olishi tushuniladi.Diapazon - tovushning hajmi bo‘lib, uning chegarasi eng yuqori va quyi ohanglar bilan belgilanadi. Diapazonning qisqarishi nutqni bir xil ohangda zerikarli bo‘lib qolishiga sabab bo‘ladi. O‘qituvchining bir ohangda gapirishi, tinglovchilar tomonidan axborotni idrok qilishni pasaytiradi va uyquni keltirishi mumkin.Tembr – tovushning rang-barangligi, yorqinligi hamda yumshoqligini namoyon qilib, shu bilan birga o‘qituvchi nutqining chiroyli, mayin, jozibali, o‘ziga xosligini ta’minlaydi. Ba’zilar tovush va uning tembri tug’ma deb bilishadi. Lekin xozirgi eksperimental fiziologiya tovushni to‘liq qayta qurish mumkinligini isbotlab bergan.Download 24.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling