Nutq texnikasini egallash. O‘qituvchining pedagogik faoliyatida nutq texnikasi eng murakkab va doimiy munozaralarga sabab bo‘ladigan jarayon. Psixologik til bilan aytganda nutq texnikasi, notiq nutqining o‘rinli yoki o‘rinsiz ekanligini belgilashda namoyon bo‘ladi. O‘qituvchi har xil vaziyatlarda, turli xarakterdagi o‘quvchilar bilan muloqotda bo‘ladi. Demak u o‘z nutqini ana shu vaziyatlar asosida, o‘quvchilar holatiga qarab tuzishi, o‘zgartirishi, doimo nutqining ta’sirchan chiqishiga e’tibor berishi, o‘quvchilarni zeriktirib qo‘ymasligi uchun tilning tasviriy vositalari bo‘lmish metonimiya, metafora kabilardan foydalanishi lozim. O‘quvchilar diqqatini jalb etish, o‘rganilayotgan mavzuga ularni qiziqtira olish o‘qituvchi nutq texnikasining asosiy xususiyatlaridandir. Yozma nutq va og’zaki nutq – bu o‘qituvchining gapirish vaqtida tuziladigan nutqi bo‘lib, o‘quvchilar ongiga, istak va motivlariga, his-tuyg’ulariga ta’sir etuvchi muhim omillardir. O‘qituvchi og’zaki nutq asosida zarur bo‘lganda o‘z kamchiliklarini tuzatib, korrektsiyalab boradi. Tajribali o‘qituvchining nutqi quyidagilarni ta’minlashi kerak: - o‘qituvchi va uning tarbiyalanuvchilari o‘rtasidagi o‘zaro munosabati va mahsuldor muloqotini;
- ta’lim jarayonida bilimni to‘la qabul qilinishini, anglanishi va mustahkamlanishini;
- o‘quvchilar faoliyatiga, ulardagi qobiliyat va iqtidor instinktini shakllantirish maqsadida ongi va hissiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish;
- o‘quvchilarning o‘quv va amaliy faoliyatini maqsadga muvofiq tashkil etish.
Kommunikativ nutqning muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun, o‘qituvchi o‘zida notiqlik san’atiga xos, kator maxsus qobiliyatlarni rivojlantirishi talab qilinadi: |