8-mavzu. Og’zaki an’anadagi professional musiqa uslublarining qaror topishi. Reja


Bu davr falsafa, matematika fanlari qatori musiqa ilmining yuzaga kelishi


Download 32.13 Kb.
bet4/8
Sana19.06.2023
Hajmi32.13 Kb.
#1610231
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
8-mavzu 23

4. Bu davr falsafa, matematika fanlari qatori musiqa ilmining yuzaga kelishi. IX–XIII asr Sharq musiqasi juda boy tarixga ega. Bu davrda yaratilgan ko‘plab risolalar o‘z mazmunini va salmog‘i jihatidan jahon xalqlari musiqa nazariyasi taraqqiyotida ustuvor ahamiyat kasb etadi. Sharq musiqasiga bag‘ishlangan qadimiy risolalardan ma'lum bo‘lishicha, olimlar nota yozuvlari yaratishga bir necha bor urinib ko‘rganlar. Natijada asrlar davomida musiqa nazariyasi ustida olib borilgan ishlar mahsuli, yakuni sifatida XIII asrda nota yozuvi yaratishga muvaffaq bo‘lindi.
Dastlab buyuk vatandoshimiz Abu Nasr Forobiy musiqa yozuvi yaratishga harakat qilib ko‘rgan. Bu jihatdan uning “Kitobul musiqiy al-kabr” asarida keltirilgan jadval diqqatga sazovordir. Ushbu jadvalda tovushqatorlarning turli xillari joylashtirilgan bo‘lib, ular hozirgi kunda ashulachilarning ovoz texnikasini oshirish uchun musiqa bilim yurlarida qo‘llaniladigan vokalizlarni (mashqlarni) eslatadi. Lekin Forobiyning jadvali cholg‘u asboblari va sozandalarning mashg‘ulotlari uchun mo‘ljallangan. Besh qismdan iborat ushbu jadvalda yigirma olti xil tovushqator gammalar berilgan. Shuni alohida qayd etish kerakki, jadvaldagi tovushqator pog‘onalari ud pardalariga qo‘yiladigan hariflar bilan ifodalanadi.
Forobiyning musiqiy-estetik qarashlarini Abu Ali ibn Sino yanada yuqori pog‘onaga ko‘tardi. Ammo musiqa asarlarida nota yozuvining boshlang‘ich belgilari, ifodalari mavjud bo‘lgani bilan hali ularni nota yozuvi bilan tenglashtirib bo‘lmasdi. Nihoyat, bu ishni mashg‘ur musiqashunos olim Safiuddin al-Urmaviy oxiriga yetkazdi.U sharq musiqasi nazariyasiga juda katta xissa qo‘shib, nota yozuvining bir necha namunalarini kashf etdi. (Ushbu nota yozuvlarini ham ud va o‘sha davrda qo‘llanilgan ritm o‘lchovlari vositasi bilangina tasavvur etish mumkin). Bu haqda musiqashunos olim T.G‘ofurov shunday yozadi: ”Sharq Sarlinosi” - nomini olgan Urmaviy harflar, raqamlar va shunga o‘xshash belgilarni o‘zida mujassam etgan tabulatura yozuvi yordamida ilk bor o‘z zamonasining (XIII asr) musiqa merosiga oid namunalarni og‘zaki an'anaviy sharoitda muhrlab qolishga muyassar bo‘ldi”
Al-Urmaviyning birinchi nota yozuvi harfli notatsiya (sistema) edi. Olimning ulkan yutug‘i shunda ediki, u oddiy harflar, doira usuli va sonlar visitasi bilan o‘quvchilarga notatsiyani o‘qish imkonini yaratib berdi.
Al-Urmaviy qo‘llagan ba'zi elementlar XIX asrning ikkinchi yarimida xorazmlik shoir, bastakor Komil Xorazmiy kashf etgan nota sistemasida ham uchraydi. Ammo bu sistema ud soziga emas, tanburga moslangan, qo‘shaloq nuqtalar gorizontal emas, vertikal joylashtirilgan. Komil Xorazmiy ushbu tanbur chizig‘ida Xorazm maqomlarining ayrim qismlarini, uning o‘g‘li va shogirdi Muhammad Rasul Mirzo esa maqomlarni to‘laligicha yozib olgan.

Download 32.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling