8-mavzu. Og’zaki an’anadagi professional musiqa uslublarining qaror topishi. Reja
Musiqa kasbiga oid afsona va rivoyatlar, ijodiy tartib-qoidalarni bayon etuvchi musiqa risolalarining yaratilishi hamda musiqa nazariyasining rivojlanishi
Download 32.13 Kb.
|
8-mavzu 23
6. Musiqa kasbiga oid afsona va rivoyatlar, ijodiy tartib-qoidalarni bayon etuvchi musiqa risolalarining yaratilishi hamda musiqa nazariyasining rivojlanishi. Urug`chilik jamiyatining yemirilishi va sinfiy jamiyatga o`tish, Baqtriya, Sug`diyona va Xorazmda davlatlarning paydo bo`lishi, axmoniylarning harbiy-ma’muriy jihatdan birlashuvlari, Aleksandr Makedonskiy davlati, Grek-baqtriya podsholigibing vujudga kelishi eramizdan oldingi VII asrdan to eramizning IV asrigacha bo`lgan juda katta tarixiy davrni o`z ichiga oladi. Bu davr epik xarakterli mifologik qahramonlik ustun bo`lgan qadimgi og`zaki musiqali poetik ijodning yuzaga kelishi bilan mashhurdir. Qahramonlik afsonalari, epik qo`shiqlar O`rta Osiyo xalqlarining o`z mustaqilliklari uchun olib borgan mardonabo’r kurashlarining bo`yoqdor tasvirlari bilan to`la. O`z xalqining ozodligi yo`lida jonini qurbon qilgan cho`pon Shiroqning mislsiz jasorati, vatanga bo`lgan muhabbati to`g`risida hikoya qiluvchi Sak afsonalaridan parchalar bizning kunlarimizgacha saqlanib kelgan. Masalan, Rustam va uning janglari, malika Taxminaga bo`lgan muhabbati, tanimagan otasi qo`lida qatl qilingan o`g`li Suxrobning o`limi to`g`risida hikoya qiluvchi qo`shiqlar mustaqil marosim tomoshalariga aylanib ketgan. Keyinchalik bu qo`shiqlar tojik xalqining ajoyib eposi - «Shohnoma»da o`z aksini topdi. Rustam, Siyovush va boshqa bahodirlar to`g`risida afsonalar sikli yaratildi. Xudolarga sig`inish bilan bog`liq bo’`lgan turli xil marosimlarda ham qo`shiq aytilgan. Bu haqda Avestoda bayon qilingan. Avesto gimnlari (yashtlar)ning o`zi rechitatib tarzida ijro etilgan. Gimnlar xor bo`lib aytish mumkin bo’`lgan vand va takrorlanuvchi naqoratli yarim nasriy, yarim vaznli ribo’yatatlardan iborat bo’`lgan.
Xudolarga sig`inish bilan bog`liq bo`lgan marosimlarda muqaddas olov atrofida qo`shiq aytilgan, raqs tushilgan. Xalqning bayram marosimlari, masalan: bahorda kun va tunning barabarlashubi-Navro`z keng tarqalgan edi. O`rta asr yozuvchilari musiqaning mehnat marosimlaridagi roli, insonning musiqani olam tuzilishi bila " tabiatdagi o`lish va tirilish haqidagi miflar bilan bog`lashga bo’`lgan intilishlarini ham ko`rsatib o`tganlar. O`rta Osiyoning yirik davlatlari territoriyasida vujudga kelgan zo`rabo’nlikning mustahkamlanishi ularni atrofdagi davlatlar bilan yaqinlashtildi. O`rta Osiyo(eramizdan oldingi IV asrdan eramizning III asrigacha) Aleksandr Makedonskiy davlati tarkibiga, keyinchalik esa Grek-baqtriya podsholigi tarkibiga kirgan edi. O`rta Osiyo tarixida antik deb nomlangan bu davr madaniyatda aks ettirilgan. Grek musiqa asboblarining tasviri saqlanib qolgan. Masalan, Ayritom frizida qo`sh avlosni uchratish mumkin. Qadimgi O`rta Osiyodagi antik madaniyatning ko`pgina musiqa asboblarida (nay, ud, doira) sof mahalliy xususiyatlar mavjudligini ko`rsatib berdilar. Mahalliy traditsiyalarning yunon, hind va boshqa traditsiyalar bilan chatishib ketishi sozlarda ham aks etgani o`sha davr madaniyatining o`ziga xos xarakterda bo’`lganini nazarda tutadi. Garchi Gretsiyaning O`rta Osiyo musiqa madamiyatiga ta’siriii o`rta asrdagi O`rta Osiyolik olimlarning musiqaga oid risolalarida uchratish mumkin bo’lsa ham, vaqtlar o`tishi bilan bu ta’sir yo`qola bordi. Kichik terrakotib haykaltaroshlik O`rta Osiyo antik madaniyatining yorqin yodgorligi hisoblanadi. Afrosiyob (qadimgi Samarqand shahrining o`rni)dan topilgan ko`pgina haykalchalarda aksariyat nay, ud, doira chalayotgan sozandalar tasbirlangan. Ko`plab topilgan haykalchalar musiqaning sug`dlar va ularning poytaxti bo`lgan Samarqand hayotidagi ahamiyati to`g’risida gubo’hlik beradi. Al Forobiy turli xil asboblar tovush qatorlarini o`rgana borib, Xuroson tanburiga alohida e’tibor berganining o`zi ham mahalliy musiqa asboblarining ahamiyati katta ekanligidan gubo’hlik beradi. Ibn Misyaxning bayon qilishicha qadimgi arab musiqa nazariyasi fars va Bizantiyaliklarning musiqa madaniyati ta’siri ostida yuzaga kelgan. U 8ta asosiy soz ohangni barmoqlarni ishlatish natijasida yuzaga kelishini va ulardan oltitasi ritmik holatda tarqalgan. Eng avvalgi arab qo’shiqlari “ashula haqidagi kitob” asari Unus –al –Kotib tomonidan yozilgan bo’lib Omiuadlar sulolalari davrida paydo bo’lgan. Boshqa uning “Kuy haqida kiitob” asarida birinchi ilmiy mehnati hamda nazariyasini yaratgan. Bizgacha Ibn Surayyaning “Etti qo’shiq “asari etib kelgan. Ibn Sino o`z musiqa nazariyasini (asosan ilmu ta’lifni) ko`proq tovushning fizik xususiyatlariga qarata tuzishga intiladi. Forobiy esa nazariyani ko`proq tajriba va idroklash qonuniyatlari bilan bog`laydi. Bunda Ibn Sino ta’limotining kuchli va zaif tomonlari namoyon bo`ladi. Zaif tomoni shundan iboratki, Ibn Sino musiqaning ichki tuzilish va idroklash konuniyatlarini absolyutlashtirmoqchi bo`ladi. Kuchli tomoni shundaki, musiqani faqat tajribaning o`ziga bog`lab qo`ymasdan, uni fan va ilmiy tafakkur yordamida rivojlantirishga da’vat etadi. Ibn Sino zamonida maqom iborasi hali keng joriy qilinmasdan professional musiqa namunalari yuqorida zikr etilgan roq, nabo’, parda nomlari bilan yuritilgan. Bular maqomlarning prototiplari edi. Ibn Sinoning musiqaviy ta’limotida estetika, nazariya va amaliyotga oid qator dolzarv masalalar o`z aksini topgan. Download 32.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling