8-mavzu o‘zbekiston respublikasidagi ijtimoiy o‘zgarishlar. Reja


Download 212.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/12
Sana16.11.2023
Hajmi212.11 Kb.
#1778265
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
8-мавзу (3)

Uchinchi ustuvor yo‘nalish, strategik dasturning yana muhim ustuvor 
jabhasi bu, iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga 
yo‘naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy 
o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini 
oshirish, qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, 
iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirishni ko‘zlaydi. Strategiyada xususiy 
mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, 
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirish, hududlar, tuman 
va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy 
ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti 
tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish masalalari ham
keng o‘rin olgan. 
To‘rtinchi muhim ustuvor yo‘nalish etib belgilangan keyingi 
masalalar ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilganligi aholi bandligi va 
real daromadlarini izchil oshirib borish, ijtimoiy himoya va sog‘liqni saqlash 
tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, 
arzon uy-joylar barpo etish, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va 
ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish inson manfaatlariga yo‘naltirilganligi 


bilan muhim ahamiyat kasb etdi. Una barcha ijtimoiy sohalarni modernizatsiya 
qilish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, ta’lim, madaniyat, ilm-
fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat 
siyosatini takomillashtirish ham belgilandi. 
Beshinchi ustuvor yo‘nalish bu, davlatimiz xavfsizlik tizimi
millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, 
o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritishga yo‘naltirilgan 
davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, O‘zbekistonning 
yon-atrofida 
xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini 
shakllantirish, mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash beshinchi 
ustuvor yo‘nalishda belgilab berildi.

Download 212.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling