8-mavzu o‘zbekiston respublikasidagi ijtimoiy o‘zgarishlar. Reja


Download 212.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/12
Sana16.11.2023
Hajmi212.11 Kb.
#1778265
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
8-мавзу (3)

qo‘llab quvvatlash” deb e’lon qilinishi natijasida mamlakat farovonligi va 
taraqqiyotining asosi bo‘lgan tadbirkorlik sohalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. 
Jumladan, hozirgacha tadbirkorlarga tegishli murojatlarning 96 foizi, ya’ni 30 ming 
876 tasi hal etilgan. Ulardan 8 ming 326 tasi sohalar faoliyatiga oid taklif va 
tavsiyalardan iborat. 
Masalan, mamlakat miqyosida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 
yo‘nalishlariga ajratilgan kreditlar hajmi 2017 yilning 1 aprel holatida 4,6 trln 
so‘mni tashkil etmoqda va bu ko‘rsatkich 2016 yilning xuddi shu davriga nisbatan 


1,3 barobar ko‘p. Uning 1 trln so‘mini mikrokreditlar tashkil etadi, bu ko‘rsatkich 
ham o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,3 barobar ko‘p bo‘lgan. 
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun qulay 
ishbilarmonlik muhitini yaratish, xizmat ko‘rsatish sohalarini traqqiy ettirish
fermerlikni qo‘llab quvvatlash va rivojlantirish, tadbirkorlik tuzilmalarining 
faoliyatiga davlat, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari tomonidan 
noqonuniy aralashuvlarning qat’iy oldini olish masalalari 2017-2021 yillarda 
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha 
Harakatlar strategiyasida ko‘rsatib berilganligi ushbu sohalar rivojiga davlat 
ahamiyati darajasida e’tibor qaratilayotganligining tasdig‘idir. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning bevosita 
tashabbusi bilan mamlakatda “Obod qishloq” dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra 
uzoq yillar og‘ir ahvolga tushib qolgan, hatto yashash uchun oddiy sharoitlar ham 
bo‘lmagan qishloqlarni tubdan yangilashga kirishildi. Xususan, 2018 yil fevraldan 
boshlab Jizzax viloyati, Dstlik tumanidagi “Manas”, Sirdaryo viloyati Xovos 
tumanidagi, “Xovosobod”, Samraqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “Jom” 
qishloq fuqarolar yig‘inlarida keng ko‘lamli yangitadan qurilish va bunyodkorlik 
ishlari tufayli aholiga topshirildi. Ular namunali qishloqlar sifatida yangilangandan 
so‘ng, ushbu tajriba respublikaning har bir tumanida har yili 2 va 3 tadan qishloqlar 
“Obod qishloq dasturi” asosida yangilandi. Ushbu tajriba asosida 2018 yil iyun 
oyidan e’tiboran “Obod mahalla dasturi” Toshkent shahri misolida ommalashtirla 
boshlandi. 
“Obod qishloq dasturi” doirasida 2018 yilda mamlakatimizning 174 ta 
tumanidagi 368 ta mahalla fuqarolar yig‘ini hududlarini kompleks ravishda 
yangilash ko‘zda tutilgan. Belgilangan ishlarga 3 trillion 40 milliard so‘mdan ziyod 
mablag‘ yo‘naltiriladi. SHu yilning 1 aprelidan boshlab har bir tumanda 2 tadan, 
2019 yildan esa 3 tadan mahalla tubdan yangilanadi. 
2018 yil 1 apreligacha Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika 

Download 212.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling