8-mavzu o‘zbekiston respublikasidagi ijtimoiy o‘zgarishlar. Reja
istaklarini inobatga olib, biz joriy yilda imtiyozli ipoteka kreditlari
Download 212.11 Kb. Pdf ko'rish
|
8-мавзу (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Obod mahalla”
istaklarini inobatga olib, biz joriy yilda imtiyozli ipoteka kreditlari
asosida arzon uy-joylar qurish loyihasini amalga oshirishga kirishdik”, deydi. SHahar va qishloqlarimizda jami 3,5 million kvadrat metrdan ziyod namunaviy uylar va ko‘p qavatli uy-joylar barpo etildi. Bu raqamni avvalgi yillarga taqqoslaydigan bo‘lsak, 2007 yilga nisbatan 20 barobar, namunaviy uy-joylar qurish dasturi boshlangan 2010 yilga nisbatan 3,5 barobar, 2014 yilga nisbatan esa 2 barobar ko‘p uy-joy qurilganini ko‘ramiz. 2017 yil 22 dekabrda Prezident SHavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida qayd etilganidek “biz keyingi 25 yil davomida birinchi marta aholi uchun arzon, barcha qulayliklarga ega bo‘lgan ko‘pqavatli uy-joylar qurishni boshladik. 2017 yilning o‘zida 800 ming kvadrat metrdan ziyod ana shunday uy- joylar qurib foydalanishga topshirildi. Birgina Toshkent shahrining o‘zida joriy yilda 420 ming kvadrat metr ko‘pqavatli uy-joy fondi foydalanishga topshirildi. Bu o‘tgan yilga nisbatan qariyb 3 barobar ko‘pdir. Aholi, ayniqsa, yosh oilalar, eski uylarda yashayotgan va boshqa toifadagi fuqarolarning ehtiyojini hisobga olib, biz arzon va sifatli uy-joylar qurish bo‘yicha ishlarni izchil davom ettiramiz, deya o‘z fikrini bayon etadi Prezident. SHu maqsadda 2018 yilda namunaviy va arzon uy-joylar qurish ko‘lamini joriy yilga nisbatan 1,5 barobar ko‘paytirish bo‘yicha aniq rejalar ishlab chiqilgan” 3 . Demak, bu borada joylardagi o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘z navbatida yosh oilalar bilan ishlash tizimini kuchaytirishlari maqsadga muvofiq. Mahalliy hokimliklar huzurida “Obod qishloq” maqsadli jamg‘armalari tuzilib, byudjet, tarmoq korxonalari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy davlatlar grantlari, tashabbuskor tadbirkorlar mablag‘lari, xasharlar va xayriya tadbirlari aynan shunga yo‘naltiriladi. “Obod mahalla” dasturi doirasida 2018 yil barcha manbalar hisobidan 3 trillion 40 milliarda so‘mdan ziyod mablag‘ ishonchli va muntazam rashishda yo‘naltirilgan. Ushbu loyihalarning me’moriy va texnik jihatdan puxta ishlab chiqilishini ta’minlash maqsadida 190 ga yaqin tajribali va malakali loyiha institutlar jalb etilishi belgilanib, arzon, sifatli qurilish materiaallari, ishlab chiqaruvchilar uchun elektr energiyasi va gaz etkazib berishda pereferensiyalar nazarda tutildi 4 . Aholini ijtimoiy himoya qilish sohasini tubdan isloh qilish borasida Prezident SHavkat Mirziyoev 2018 yil 28 dekabrda Oliy Majlisga Murojaatnomasida qayd qilganidek, “Iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy himoya o‘zaro 3 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси. “Халқ сўзи”. 2017 йил. 23 декабр. 4 Мирзиёев Ш. Танқидий таҳлил, қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик - ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак. Т., 2017 й. uzviy bog‘liq tushunchalar bo‘lib, ularni bir-biridan ajralgan holda tasavvur qilib bo‘lmaydi. Download 212.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling