davlatimiz tarixida yangi davrni boshlab berdi. O‘zbekiston
va uning xalqi
demokratik, ochiq fuqarolik jamiyatini barpo etishning mutlaqo yangi davriga
qadam qo‘ydi.
Prezident SHavkat Mirziyoev o‘z rahbarlik faoliyatini xalq bilan muloqot va
inson manfaatlariga e’tibor berishdan boshladi. Ayniqsa uzoq yillar mobaynida
etilib qolgan ko‘plab
muammolarni hal qilish, xususan korrupsiya, rahbarlar
faoliyatiga tanqidiy
tahlil asosida yondashish, har bir rahbarning shaxsiy
javobgarligini kuchaytirish, xalqning dardu-
tashvishlari bilan yashash, oddiy
insonlar murojaatlari bilan ishlash tizimini shakllantirish, inson omiliga e’tibor
masalalari shular jumlasidandir. Ayniqsa joylarda
xalq bilan ishlashning eng
ta’sirchan mexanizmi, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Xalq
qabulxonalari”,
“O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidetining
Virtual
qabulxonalari” tashkil etildi. 2017 yil mamlakatimizda “Xalq
bilan muloqot va
inson manfaatlari yili”, deb e’lon qilindi.
“Xalq davlat idoralariga emas, balki
davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan g‘oya kundalik ish
mezonimizga
aylandi
2
.
2017 yilning 7 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
SHavkat Mirziyoevning «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish
bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi farmoni imzolandi.
Farmonda
belgilangan strategiya loyihasi va unda ko‘zda tutilgan muhim strategik
masalalar respublikamiz ekspertlari hamda keng jamoatchilik muhokamasidan
o‘tdi.
Strategiya loyihasi o‘ta dolzarb, ya’ni aholinining turmush tarzini
yanada yaxshilash masalalarini kompleks o‘rganish, davlat boshqaruv tizimini
isloh qilish,
mamlakatda qonunchilik, huquqni muhofaza qilish amaliyoti
va xorijiy tajribani tahlil qilish yakunlari bo‘yicha ishlab chiqilgan edi.
Harakatlar strategiyasini kelajakda beshta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha amalga
oshirish ko‘zda tutildi. Ular quyidagilar:
Birinchi ustuvor yo‘nalishda davlat va jamiyat qurilish tizimini
takomillashtirish, xususan demokratik islohotlarni
chuqurlashtirish va
mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis palatalari, siyosiy
Do'stlaringiz bilan baham: