Rivojlangan mamlakatlarda qishloq xo'jaligi kooperativlarning faoliyat ko'rsatish tamoyillari. - 1995 yil Manchesterda bo‘lib o‘tgan Butunjahon kooperativ kongressida jahon kooperativ jamiyatlari quyidagi kooperatsiyaning ma'naviy-axloqiy qiymatini tantanali ravishda e'lon qilishdi .
- Bular: o‘zaro yordam, demokratiya, tenglik, adolatlilik va birdamlik.
- Harakat asoschilari an'analariga ko‘ra kooperativ a'zolari halollik, ochiqlik, ijtimoiy mas'uliyat va boshqalar to‘g‘risida qayg‘urish kabi axloqiy qadriyatlarga tayanadi.
Quyidagi beshta asosiy prinsiplar Mondragon kooperatorlariga misli ko‘rilmagan muvaffaqiyat keltirdi. - Hokimiyat tuzilish. Bu yerda birinchisi demokratiya prinsipidir. Bu har bir kishi ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan kooperativ.
- Mondragon kooperativi moliyaviy tuzilmasining jahonda o‘xshashi yo‘q. Barcha xodimlar o‘z kooperativlariga o‘z pullarining bir qismini kiritadilar, ularga foizlar qo‘shib boriladi, biroq ularni faqat nafaqaga chiqishda olish mumkin. Bu kooperativ muvaffaqiyatidan umumiy manfaatdorlikni kafolatlaydi.
- Ta'lim – uchinchi prinsip. Don Xoze tomonidan ochilgan hunar bilim yurti menejment va marketing bo‘limini ochgan va hozirgi vaqtda eng yaxshi Yevropa biznes maktabi hisoblanadi. 1990 yilda u yerda 6,5 mingdan ortiq kishi diplomni himoyalashga tayyorlanayotgan va 3,5 ming kishi bilim yurti qoshidagi kurslarda shug‘ullanar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |