8-Mavzu: qon va qon aylanish tizimlarining yosh xususiyati va gigienasi yurak qon tomir va nafas olish sistemasining yosh xususiyatlari va gigiyenasi


Download 124.21 Kb.
bet3/13
Sana17.06.2023
Hajmi124.21 Kb.
#1537812
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
8-mavzu qon aylanish va nafas olish

Qonning tarkibi. Qon ikki qismdan iborat: qon plazmasi va shaklli elementlardan iborat.
Qon plazmasi yangi tug`ilgan bolalarda qon umumiy hajmining 50 % ni kattalarda esa 55-60 % ni tashkil qiladi. U qonning suyuq qismi bo'lib, murakkab aralashmadir. Uning tarkibida oqsillar, yog`'lar, uglevodlar, mineral tuzlar, garmonlar, fermentlar, antitelalar va erigan holdagi gazlar bo'ladi. Bola tug`ilganida qon plazmasida oqsil miqdori katta odamlarnikidan kam, ya'ni 5,5 – 6,5 %, osh tuzi va qandning miqdori ham nisbatan kam bo`lib, 6 yoshda katta odamlarniki bilan tenglashadi. Katta odamlarda qon plazma tarkibida 90-92% suv, 7-8% oqsillar, 0,9% tuz, 0,1% glyukoza, 0,8% yog`'lar bo'ladi.
Qonning shaklli elementlariga eritrositlar, leykositlar, trombositlar kiradi.
Eritrositlar. Qizil qon tanachalari bo`lib, ularning ko`pchilligi ya'ni 85-90 % qonga rang beruvchi gemoglabin hosil qiladi. Uning diametri 7-8 mikron, qalinligi 2,5 mikronga teng bo`lib, Yangi tug`ilgan bolalar qonida eritrotsitlar katta odamlarnikiga nisbatan ancha ko`proq ya'ni 1mm3 qonida o`rtacha 4,5-7,5 mln eritrotsit bo`ladi. Katta yoshdagi erkaklarda 1mm3 qonida 4,5-5 mln, ayollarda esa 4-4,5 mln dona eritrotsit bo`ladi. Butun organizmda 25 trilion eritrotsit bo`ladi.
Yangi tug'ilgan bolalarda eritrotsit tarkibidagi gemoglobin miqdori 110-114%, bo`lib 100 gr qonda 17-25 g gemoglabin bo'ladi. Bola katta bo'lgan sari gemoglobin miqdori kamayib, 1-2 yoshda 80-90% bo`lib, 7-9 yashar bolalarda 80-81% gacha, 10-11 yashar bolalarda 85%, katta odamlar qonida 100% gacha, ya'ni 100 ml. qonda 17,3 gr. gemoglabin bo`ladi. Gemoglabin 70 % gacha yoki 100 ml. qonda 14 gr. tushganda organizm kasal bo`ladi.
Gemoglabin ikki qismdan iborat: oqsilli qismi— globin va temirli qismi gemdan iborat, Gemoglabinga qizil rang beruvchi temir moddasi hisoblanadi.
Gemoglabin o`pkada havo tarkibidagi kislorod bilan birikib, oksigemoglabin hosil qiladi va to`qimalarga borib esa gemoglabinga va kislorodga ajraladi. Gemoglabin to`qima hujayralarga kislorodni berib, to`qima hujayralardan karbonat angidrid gazini biriktirib olib o`pkaga ajratadi. Shuning natijasida ichki nafas olish sodir bo`ladi.
Eritrotsitlar va ular tarkibidagi gemoglabinnng hosil bo`lishi va soni normal miqdolrda bo`lishi odamning sog`ligiga, ovqatlanishiga, jismoniy mashqlar bilan shug`ullanishiga va boshqalarga bog`liq bo`ladi. Eritrotsitlar suyaklarning ko`mik qismida hosil bo`lib, 120 kun yashaydi. So`ngra ular jiga rva toloqda parchalanib, suyak ko`migida hosil bo`layotgan eritrotsitlar uchun oziq bo`lib sarflanadi. Eritrotsitlarning asosiy vazifasi, ular nafas organlaridan (o`pkadan) organizm to`qimalariga kislorod tashish va organizmda tuz va suv muvozanatini ushlash vazifasini bajaradi.

Download 124.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling