8-mavzu. Sharli tegirmonda kukunlash nazariyasi
–rasm. Tagini flanesli (gardishli) korpus bilan mahkamlovchi boltlarni
Download 0.73 Mb.
|
Sharli tegirmonda kukunlash nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tegirmonning sapfasi (o‘q yoki valning podshipnikda aylanuvchi qismi, bo‘yni)ni hisoblash
- Muftani hisoblash
- Nazorat uchun savollar
Rb – boltlar markazining aylana radiusi, n; Q0 – tayanch reaksiyasi, n; l– podshipnikning vertikal o‘qdan, uning o‘rtasi orqali o‘tuvchi, yassilangan bo‘laklarga bo‘linishigacha masofasi, m. Boltni burab tortish zo‘riqishi, quyidagiga teng: l= σbur.· F1 , n bu yerda: σbur. – burab tortish kuchlanishi, n/m2; F1 – boltning kesilgan qismi kesimi, m2. Burab tortish kuchlanishi quyidagiga teng deb qabul qilinadi: σbur. = (0,4÷0,5) σo‘z. , bu yerda: σo‘z. – o‘zgartirish chegarasi, po‘lat uchun σo‘z. = 240 Mn/m2. Cho‘ziladigan zo‘riqish Qr ning umumlashgan kattaligi quyidagiga teng: Qr = kQ + T , n (17) bu yerda: k – mahkamlanadigan detallarning va boltning elastikligini hisobga oluvchi koeffitsient (k=0,2÷0,3). Boltni burab tortish uchun zarur aylanish momenti, quyidagiga teng: Mayl. = Tdbk1 , nm (18) Bu yerda: db – bolt sterjni diametri, m; k1 – zaxira koeffitsienti, k1 =1,2. Boltning kesilgan qismida paydo bo‘ladigan kuchlanish urinmasi, quyidagi tenglama bilan aniqlanadi:
bu yerda: dk – kesilgan qismi diametri, m; ds – boltning sterjni diametri, m. Umumlashgan (keltirilgan) kuchlanish quyidagiga teng bo‘ladi:
Tegirmonning sapfasi (o‘q yoki valning podshipnikda aylanuvchi qismi, bo‘yni)ni hisoblash Sharli tegirmonni ishlatish amaliyotini shuni ko‘rsatdiki, tagi kesimining xafi silindr qismi (sapfalari) konusaviyga (o‘zining tagi) o‘tish joyi hisoblanadi, ya’ni V–V kesimida (3–rasmga qarang) yashiringan quyish nuqsoni qaerda bo‘lishi mumkin. V–V kesimida egiluvchan moment quyidagiga teng: Megil. = Q0 a . nm (25) Keltirilgan moment Mkel. quyidagi tenglamadan aniqlanadi: Mkel. = √ M2egil. + M2ayl. . nm (26) Sapfaning egilishdan kuchlanishi quyidagiga teng bo‘ladi: σeg. = Mkel. / W , n/m2 (27) bu yerda: W – egilishga qarshiligi momenti; W = 0,8 · R4tash. – R4ich. / Rtash. , m3 (28) bu yerda: Rtash. – sapfaning tashqi diametri, m; Rich. – sapfaning ichki diametri, m; 0,8 – baraban qirqimini kamaytirishni va boltlar uchun tirqishlarni hisobga oluvchi koeffitsient. Sapfani hisoblashda to‘g‘ri keladigan kuchlanish 10 Mn/m2 dan katta bo‘lmagan holatda qabul qilinadi. Muftani hisoblash Tegirmon vali uzatmasini markaziy uzatma bilan mahkamlash, barabanning tagi va reduktori bilan shlisli (vint qalpog‘idagi otvertka uchun qilingan ariqcha yoki chuqurcha) yoki tishli mufta yordamida amalga oshiriladi. Shlisli muftani hisoblashda aylanma zo‘riqishdan egilishi, kesilishi va ezilishi hisobiga shlislar shubha tug‘diradi: Mhisob. = k1 k2 Mayl. , nm (29) bu yerda: k1 – zaxira koeffitsienti, k1=1,2; k2 – muftaning og‘ir sharoitda ishlashini hisobga oluvchi koeffitsient, k2=1,4; Mayl. – aylanish momenti, nm. Aylanish kuchlanishi quyidagi tenglama bo‘yicha aniqlanadi: Rayl. = Mhisob./ Ro‘r. , n (30) bu yerda: Ro‘r. – shlisli muftaning o‘rtacha diametri, m. Shlisni ezilishga, egilishga va kesilishga tekshirish quyidagi tenglama bo‘yicha amalga oshiriladi:
Richk. – muftaning ichki diametri, m; – shlisning uzunligi, m; Z – shlisning soni; kh.e. – hamma shlislar bir vaqtda ishlamasligini hisobga oluvchi koeffitsient, kh.e.=0,75; b– shlisning eni, m. Ezilishga, egilishga va kesilishga kuchlanishni hisoblash kattaliklari kichik yoki mumkin bo‘lgan kuchlanishlarga muvofiq teng bo‘lishi kerak. Nazorat uchun savollar Sharli tegirmonning harakat prinsipini ta’riflab bering? Kritikni ta’riflab bering? Tegirmon barabanining aylanish tezligi nimaga bog‘liq ravishda aniqlanadi? Tegirmon barabanidagi material harakati nuqtasining ko‘ndalang kesishishini tushuntirib bering? Tegirmon barabanining ishchi aylanishlar soni va nazariyasiga ta’rif bering? Yuklash harakatining sikllari soni nimaga bog‘liq? Sharli yuklanishda reduksiyaga uchragan qatlam qanday aniqlanadi? Tergirmonga sarflanadigan energiya qanday aniqlanadi? Kukunlanadigan jism massasi qanday aniqlanadi? Sharli tegirmonga sarflanadigan quvvat qanday bog‘liqliklarda aniqlanadi? Tegirmonning quvvatiga sirg‘anishni ta’sirini tushuntirib bering? Trubali tegirmonning ishlab chiqarish saradorligi qanday bog‘liqliklarda aniqlanadi? Trubali tegirmonning asosiy detallari qanday mustahkamlikda hisoblanadi va ularga nimalar kiradi? Trubali tegirmonning tagini flanesli (gardishli) korpus bilan mahkamlovchi boltlarni hisoblash qanday amalga oshiriladi? Tegirmonning sapfasi (o‘q yoki valning podshipnikda aylanuvchi qismi, bo‘yni)ni hisoblash qanday amalga oshiriladi? Muftani hisoblash qanday amalga oshiriladi? Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling