8-mavzu. Sharli tegirmonda kukunlash nazariyasi
Tegirmon barabanining ishchi aylanishlar soni va nazariyasi
Download 0.73 Mb.
|
Sharli tegirmonda kukunlash nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Yuklash harakatining sikllari soni
- Sharli yuklanishda
Tegirmon barabanining ishchi aylanishlar soni va nazariyasi
Izoh: Aylanishlar soni pasportga muvofiq minutda keltirilgan. Futerovkalangan poshnali plitalar tegirmoni uchun tegirmon barabanining ishchi aylanish soni aniqlash quyidagi formula bilan tavsiya etiladi: nish. = 0,33 / √R , ayl/sek (6) Ichki yuklanish radiusi R2 (sharlarning harakati traektoriyasi va sharli yuklanish konturini aniqlash chizmasiga qarang) tashqi radius R1 ga daxldorligini e’tiborga olib, α burchak uzilishi va β burchak tushishi kattaliklarini quyidagi formula bilan aniqlash tavsiya etiladi: R2 / R1 = k . (7) cos α ≥ υ2 / gR va 4π2R2n2 / gR ≤ cos α formulasi bo‘yicha tegirmonni sharlar bilan to‘ldirish darajasini φ va barabanning doimiy aylanish tezligini n quyidagicha yozishimiz mumkin: tashqi qatlam bo‘yicha
n = ψ nkr formulaga muvofiq, quyidagini olamiz:
va (15) formulalarni tahlil qilib, sharning tashqi qatlamining burchak uzilishi α1 faqat tegirmon barabanining aylanish tezligiga bog‘liq ekanligi belgilaymiz. Sharning ichki qator burchak uzilishi α2 kattaligi esa ψ tezlik va k kattalikga bog‘liqdir. Barabanni sharlar bilan to‘ldirish darajasi φ ning o‘zgarishi, sharlarning ichki qatori radiusi R2 va binobarin k kattalikga qarab ham o‘zgaradi. 4. Yuklash harakatining sikllari soni Tegirmon barabanining bir aylanishida sharlar aylana va parabolik traektoriya yo‘llarini yuklanish harakati davrida o‘tishi sharlar harakati sikli deyiladi. Sikllar sonini aniqlash bo‘yicha quyidagi uslubni tavsiya etamiz. Har bir sharlar qatlami uchun sikllar harakati har xil bo‘ladi. Har bir qatlam uchun sikllar soni tashqi qatlamdan hisoblab imkon qadar qatlamlarning yo‘qolishi bo‘yicha kattalashadi. Sharlar harakati qatorining umumiy vaqti T quyidagicha jamlanadi, ya’ni aylanma traektoriya bo‘ylab V nuqtadan A nuqtagacha o‘tish yo‘liga sarflangan vaqti T1 va sharlar parabolik traektoriya bo‘yicha harakatiga ketgan vaqti T2: T = T1 + T2 , sek (1) Markaziy burchak A1OV1 sharlarning harakati traektoriyasi va sharli yuklanish konturini aniqlash chizmasiga (2-rasm) asosan, sharning parabolik traektoriya bo‘ylab to‘g‘ri keladigan o‘tishiga teng bo‘ladi: Θ1 = α1 + 900 + β1 . (2) = 3α – 90 formulasiga asosan, tushish burchagi β1 teng bo‘ladi 3α1 – 900 ga. Shunday qilib, Θ1 = α1 + 900 + 3α1 – 900 = 4α1 . (3) Burchak Θ2 sharning aylanma traektoriya bo‘ylab to‘g‘ri keladigan o‘tishiga teng bo‘ladi: Θ2 = 3600 – 4α1 . (4) Eng qulay aylanish soni n ayl/sek da bir aylanishi davomiyligi 1/n sek ga teng bo‘ladi. Sharlar aylanma traektoriya bo‘ylab, barabanning aylanish tezligiga muvofiq (sharlarning sirg‘anishini e’tiborga olib) tezlikda harakatlanadi. Shunday qilib, T1 = 1 / n · 3600 – 4α1 / 360 = 90 – α1 / 90 n , sek (5) = 54040΄ (eng qulay burchak uzilishi) kattaligini e’tiborga olsak, quyidagini olamiz: T1 = 900 – 54040΄ / 90 n = 0,392 / n , sek (6) Sharning gorizontal yo‘nalishi bo‘yicha harakati vaqti XV (Tegirmon barabanidagi material harakati nuqtasining ko‘ndalang kesishishi chizmasi, 1–rasm) quyidagiga teng bo‘ladi: T2 = XV / υ · cos α1 , sek (7) XV=4R sin α · cos2 α formuladagi XV qiymatni almashtirsak, quyidagiga ega bo‘lamiz: T2 = 4R sin α1 · cos2 α1 / υ · cos α1 , sek. Ma’lum bo‘lgan υ=2πRn ifodadagi υ qiymatni almashtirsak, quyidagini olamiz: T2 = 4R sin α1 · cos2 α1 / 2πRn · cos α1 = 0,319 sin 2α1 / n . (8) = 54040΄ bo‘lganda tamomila quyidagiga ega bo‘lamiz: T2 = 0,3 / n , sek. (9) Shunday qilib, sharlarning istalgan qatlamining to‘liq sikl harakati = 54040΄ (eng qulay burchak uzilishi) uchun quyidagini tashkil etadi: = T1 + T2 = 0,392 / n + 0,3 / n = 0,692 / n , sek. (10) va (8) formulalarga asosan umumiy ko‘rinishda α boshqa kattalikga ega bo‘lganda, quyidagiga ega bo‘lamiz. = 90 – α + 28,6 sin 2α / 90 n , sek. (11) formulaga muvofiq jami sikl vaqtida sharlar soni aylanma traektoriya bo‘yicha harakatlanib, quyidagini tashkil etadi: 100 · 0,392 / 0,692 = 56,6% , parabolik traektoriya bo‘yicha esa 100 · 0,3 / 0,692 = 43,4% . Barabanning bir aylanishida sharlar qatlami 54040΄ burchak uzilishida bajaradigan sikllar soni S, quyidagiga teng bo‘ladi: = 1 / n : 0,692 / n = 1 / 0,692 = 1,44 . (12)
Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling