Tabiiy fosfatlarni sulfat kislota bilan ishlov berilganda, ftorapatit: - Tabiiy fosfatlarni sulfat kislota bilan ishlov berilganda, ftorapatit:
- fosfat kislota olishda:
- Ca5(PO4)3F + 5H2SO4 + 5nH2O = 3H3PO4 + 5CaSO4*nH2O + HF
- superfosfat olishda:
- 2Ca5(PO4)3F + 7H2SO4 + 3H2O =3Ca(H2PO4)2*H2O + 7CaSO4 + 2HF
- reaksiya tenglamalari bo‘yicha parchalanadi.
Shu bilan bir vaqtda fosfatli xom ashyo tarkibidagi boshqa minerallar: kalsit, dolomit, temir- va alyumosilikatlar ham parchalanadi. Masalan: - Shu bilan bir vaqtda fosfatli xom ashyo tarkibidagi boshqa minerallar: kalsit, dolomit, temir- va alyumosilikatlar ham parchalanadi. Masalan:
- CaMg(CO3)2 + 2H2SO4 + (n-2)H2O = CaSO4*nH2O + MgSO4 + 2CO2
- K2O*Na2O*Al2O3*2SiO2 + 5H2SO4 = Na2SO4 + K2SO4 + Al2(SO4)3 + 2SiO2 + 5H2O
- Kremniy dioksid HF bilan ta’sirlashib, SiF4 hosil qiladi:
- SiO2 + 4HF = SiF4 + 2H2O
- SiF4 ning bir qismi gazli fazaga o‘tadi, qolgan qismi esa eritmada qoladigan geksaftorsilikat kislotaga aylanadi:
- SiF4 + 2HF = H2SiF6
Tarkibida kislotada eruvchan ko‘p miqdordagi magniy, alyuminiy, temir birikmalari bo‘lgan tabiiy fosfatlar sulfat kislotali ishlov berish uchun yaroqsizdir. Ayniqsa temir tutgan qo‘shimchali minerallar yaroqsiz hisoblanadi. - Tarkibida kislotada eruvchan ko‘p miqdordagi magniy, alyuminiy, temir birikmalari bo‘lgan tabiiy fosfatlar sulfat kislotali ishlov berish uchun yaroqsizdir. Ayniqsa temir tutgan qo‘shimchali minerallar yaroqsiz hisoblanadi.
- Hosil bo‘ladigan temir fosfatlari barqaror to‘yingan eritmalarga aylanib, ulardan asosan FePO4*2H2O shaklida kristallanish sekin kechadi. Buning oqibatida fosfat kislota olishda kalsiy sulfat cho‘kmasi bilan birgalikda erimaydigan temir fosfati shaklida P2O5 ning bir qismi yo‘qotilishi hisobiga uning unumi kamayadi; superfosfat olishda esa mahsulotdagi suvda eriydigan P2O5 ning miqdori kamayadi, chunki uning ma’lum ulushi o‘simliklarga qiyin o‘zlashadigan, sitratli eritmada qisman eriydigan FePO4*2H2O shakliga o‘tadi. Eritmadan qiyin eriydigan shaklga o‘tish P2O5 ning retrogradatsiyasi deyiladi. Shu boisdan sulfat kislotali parchalashda tarkibida ko‘p miqdorda temir tutgan fosforitlar ishlatilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |