8-mavzu: tarbiya turlari va mazmuni. Fuqarolik va mafkuraviy tarbiya va ma’naviy-axloqiy tarbiya. Mashg’ulot rejasi


-Mavzu:. MEHNAT, JISMONIY VA ESTETIK TARBIYALAR


Download 53.05 Kb.
bet8/13
Sana11.05.2023
Hajmi53.05 Kb.
#1453213
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
8-ma\'ruza

12-Mavzu:. MEHNAT, JISMONIY VA ESTETIK TARBIYALAR.


Mashg’ulot rejasi:
12.1. Mehnat tarbiyasi maqsad va vazifalari.
12.2. Jismoniy tarbiyaning maqsad va vazifalari.
12.3. Jismoniy tarbiya vositalari.
12.4. Estetik tarbiyaning maqsad va vazifalari.
12.5. Estetik tarbiya vositalari


Tayanch tushunchalar: mehnat, mehnat tarbiyasi, mehnat turlari, jismoniy tarbiya, jismoniy yetuklik, jismoniy tarbiya vositalari, estetika, estetik tarbiya, astetik madaniyat.
Mehnat tarbiyasi. Mehnat tarbiyasining maqsadi o’quvchilarda mehnatga ongli munosabatni shakllantirishdir. Mazkur maqsadga erishish yo’lida quyidagi vazifalarni ijobiy hal etish maqsadga muvofiq:
yosh avlodda mehnat qilish istagini qaror toptirish va ularni zamonaviy ishlab chiqarishning turli sohalarida faoliyat yuritishga tayyorlash;
o’quvchilarda umumjamiyat manfaati yo’lida mehnat qilish ehtiyojini hosil qilish;
ularning aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish;
o’quvchilarning mavjud bilimlarini uzluksiz ravishda takomillashtirib borishlari uchun zarur shart-sharoitni yaratish;
ularda mehnat ko’nikma va malakalarini tarkib toptirish;
o’quvchilar faoliyatida yuqori madaniyat, maqsadga intilish, tashkilotchilik, mehnat intizomi, tadbirkorlik, tejamkorlik, ishni sifatli bajarish, moddiy boyliklarga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish, hayotiy faoliyat yo’nalishini belgilash malakalarini shakllantirish;
o’quvchilarda davlat iqtisodiy siyosati mazmuniga tayangan holda ular yashab turgan hududlar ishlab chiqarish хususiyatlariga muvofiq kasblarni egallashga bo’lgan qiziqishni oshirish;
o’quvchilarni kasbga yo’llash, ularni mehnat faoliyatining barcha turlari, shuningdek, ular yashayotgan hududda ehtiyoj mavjud bo’lgan mutaхassisliklar bilan tanishtirish.
Mehnat tarbiyasini tashkil etishning pedagogik shart-sharoitlari:
1. Bolalar mehnatining o’quv-tarbiyaviy vazifalar bilan bog’liqligi.
2. Ijtimoiy ahamiyatli mehnatni o’quvchilarning qiziqishlari bilan birga qo’shib olib borilishi.
3. Mehnat faoliyatining hamma bopligi va qo’ldan kela olishi.
4. Mehnat faoliyatining majburiyligi va vijdoniyligi.
5. Mehnat faoliyatini tashkil etishda jamoaviy va individual shakllarini birga qo’shib olib borish.

Download 53.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling