8 mavzu. Tizim modelini qurish


Download 207.58 Kb.
bet2/4
Sana23.03.2023
Hajmi207.58 Kb.
#1288563
1   2   3   4
Bog'liq
8 Maruza

Tizim samaradorligi – tizimning qandaydir “resurs ta’minotiga xarajatlar – yangi resurslarning kelib tushish hajmi“ munosabat turi kabi samaradorlik mezonini (global-potensial yoki lokal-real) optimallash qobiliyatidir.
Strategik rejalashtirish – asosiy masalalarni (resurslar taqsimoti, tashqi faktorlarning, ichki koordinatsiyaning va mobilizatsiyaning oʻzgarishiga moslashish, tashkiliy strategiya va maqsadlarni anglashni) amalga oshirish uchun boshqaruvchi qarorlar qabul qilishga yordam beradigan asbob.
Koevolyutsiya – tizim yoki butun ichida qismlarning oʻzaro asoslangan oʻzgarishi. (Bu global evolyutsiya tamoyili.)
Tizimning atrof muhit sharoitlarining egiluvchan oʻzgarishiga javob koʻrinishida paydo boʻladigan sakrash tarzidagi, destabilizirlovchi oʻzgarishlari halokatlar (katastrofa) deyiladi. Bu oʻzgarishlar tasodifiy, ishonchli aniqlik bilan prognoz qilib boʻlmaydigan, ular muhit shartlarining sur’atlariga nisbatan keskin.
Informatsion dinamik jarayonlarning asosiy aksiomalari (informatsion sinergetiklar)

      • Aksioma 1. Tizimning rivojlanishi (evolyutsiyasi) uning qandaydir maqsad va informatsion resurslari, informatsion ochiqligi bilan aniqlanadi.

      • Aksioma 2. Maqsadga intilishda, tizimning ichki tasnifini, tizim ichidagi axborotni oʻzgartirishda ham ishlatiladigan, kiruvchi axborotni tizim qabul qiladi.

  • Aksioma 3. Tizim ichidagi axborotning oʻzgarishi shunday tarzda amalga oshadiki, bunda tizimning negentropiyasi (tartib me’yori) oʻsishi uchun, tizimda entropiya (tartibsizlik me’yori) kamayadi.

  • Aksioma 4. Tizim ichki tasnifidagi yoki tizim ichidagi axborotning ixtiyoriy oʻzgarishi tizimning chiqishidagi axborotga (ya’ni tizimning atrof muhitiga) ta’sir oʻtkazadi, ichki entropiya tizimning tashqi entropiyasini oʻzgartiradi.

Sinergetika – yangi sifat xossalarining va tasniflarining paydo boʻlish nazariyasi boʻlgani uchun, mazmunning (interpretatsiya va xabarni tushunish) paydo boʻlishi esa hamma vaqt tizimdagi sifat oʻzgarishlariga bogʻliq boʻlgani uchun, informatsion oʻz-oʻzini tashkil qilish haqida gapirish mumkin.
Axborot – sinergetik muhit, uning yordamida butun tizim, uning alohida ichki tizimlari quvvatlanadi va tizim qanday rivojlanishi haqidagi axborotni ajratiladi(generirlanadi). Tizimlarda axborotning paydo boʻlishi uchun muhim shart uning ochiqligidir. Yopiq tizimlarda, masalan termodinamikaning ikkinchi boshlanishiga binoan, tasniflar makroskopik darajada tarqalib ketadi. Shuning uchun issiqlik muvozanati holatidagi tizimlarda axborot tugʻilmaydi va saqlanmaydi, chunki yopiq tizimlarda hamma vaqt issiqlik muvozanati oʻrnatiladi. Oʻz-oʻzini tashkil qilish bosqichida jamoa, korporativ harakat (ya’ni, mazmun, semantika hosil boʻlish iyerarxiyasining yangi pogʻonasi) ishlab chiqiladi. Bunda tirik tizimlarda nafaqat muhit bilan aloqa, balki genetik oʻrnatilgan axborot yoki oʻz-oʻzini tashkil qilish axboroti ham foydalaniladi.

    • Tizim evolyutsiyasi tamoyili, uning rivojlanish jarayonlarini toʻxtatib boʻlmasligi;

    • Tizim harakatidagi kichik oʻzgarishlarning uning evolyutsiyasiga hal qiluvchi ta’sir qilishi mumkinligi tamoyili;

      • Tizim rivojlanish yoʻllari koʻpligining va ularning ichidan optima- optimalini tanlash imkoniyati borligining tamoyili;

      • Oʻz-oʻzini boshqaruvchi rivojlanish jarayoniga aralashmaslik va tizim evolyutsion harakatini aytib boʻlmaslik tamoyili;

      • Jarayonlarning stoxastik va noaniqligini hisobga olish tamoyili;

      • Tizim barqarorligi, rivojlanish sur’atlarining murakkab boʻlib borish tamoyili;

      • Tizim faktorlarining turgʻun va turgʻunmasligini, unda tartibni va tartibsizlikni, aniqlik va aniqmaslikni hisobga olish tamoyili;

      • alohida ichki tizim yoki element va butun tizim jarayonlari muhiti barqarorligining bir-biriga ta’siri tamoyili.



Modellashtirish tadqiqot usuli sifatida murakkab tizimlar. Model tushunchasi

Tizim tahliliga asoslangan murakkab tizimlarni oʻrganishning asosiy usuli bu modellashtirish usulidir.


Usulning mohiyati shundan iboratki, oʻrganilayotgan tizim modeli yaratiladi, uning yordamida haqiqiy tizimning ishlash jarayoni oʻrganiladi.



Download 207.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling