8 mavzu. Tizim modelini qurish


Soʻzli – illyustratsiyalar yordamida ogʻzaki yoki yozma tavsif, Matematik


Download 207.58 Kb.
bet4/4
Sana23.03.2023
Hajmi207.58 Kb.
#1288563
1   2   3   4
Bog'liq
8 Maruza

Soʻzli – illyustratsiyalar yordamida ogʻzaki yoki yozma tavsif,

  • Matematik – formulalar, tengsizliklar, tizimlar,

  • Strukturali – diagrammalar, grafikalar, jadvallar,

  • Logik – modellar, har xil sharoitlarni tahlil qilish asosida qarorlar qabul qilinadi,

  • Maxsuseslatmalar, kimyo. va matematik formulalar,

  • Kompyuterli – dasturiy ta'minot yordamida kompyuterda amalga oshiriladi.

    Informatsion model turlari:

    1. Jadvalli informatsion modellar:

    O’xshash xususiyatlarga ega bir qator obyektlarni tavsiflash uchun qoʻllaniladi. Bir turdagi obyektlar roʻyxati yoki xossalari bitta ustunda (yoki satrda) joylashadi, bu xossalarning qiymatlari esa keyingi ustunlarga (yoki satrlarga) joylashtiriladi. Informatsion modellarni kompyuterda elektron jadvallar yoki MBBT yordamida qurish va tadqiq qilish maqsadga muvofiq. Ular ham turlicha boʻladi:

    • 1.1 «obyekt- xossa» tipidagi jadval;

    • 1.2 «obyekt- obyekt» tipidagi jadval;

    • 1.3 Ikkilik matrisalar.

    Birinchi tur axborot model satr va ustunlardan iborat oddiy jadvaldir (ustunlar – obyektlar, satrlar esa – ularning xossalari). Masalan, ob-havo oʻzgarishi jarayoning informatsion modeli (ustunlar – obyektlar, satr – ular xossalari):



    Sana

    Yogʻin

    Harorat

    Bosim

    Namlik

    03.01.22

    Qor

    -3,5

    746

    67

    04.01.22

    Yogʻin yoʻq

    0

    750

    62

    05.01.22

    Tuman

    1,0

    740

    100

    06.01.22

    Yomgʻir

    3,4

    745

    96

    07.01.22

    Yogʻin yoʻq

    5,2

    760

    87

    Ikkinchi tur axborot modeli turli obyektlar oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqliklarni aks ettiradi. Masalan,

    #

    Familiya

    Ism

    Matem

    Inform

    Tarix

    Kimyo

    Fizika

    1

    Botirov

    Nodir

    4

    5

    3

    4

    5

    2

    Toirov

    Odil

    5

    5

    4

    4

    4

    Bunda satrlar (oʻquvchilar) – birinchi obyekt, ustunlar (fanlar) – ikkinchi obyekt.
    Ikkilik matritsalar - sonlardan iborat oddiy toʻrtburchakli jadval boʻlib, obyektlar aro aloqalarning sifat koʻrsatkichlarini aks ettiradi:

    Talaba

    Geoogiya

    Tizimlar

    Dasturlash

    Abdiyev

    0

    1

    1

    Botirov

    1

    0

    1

    Vohidov

    0

    1

    0

    Nabiyev

    1

    1

    0

    Kompyuterda informatsion modellar


    Ma’lumki, matematik model – modellashtirilayotgan jarayonning matematika tilida ifodalanishi edi. Sonli metodlar – har qanday masala yechimini arifmetik operatsiyalar ketma-ketligiga keltirish hisoblanadi.
    Kompyuterli matematik model – bu modellashtirilayotgan tizim holatini uning matematik modeli orqali hisoblashni amalga oshiruvchi dastur boʻlib, hisoblash natijalarini vizuallashtirish imkoniyatidir (kompyuter grafikasini qoʻllash).
    Hisoblash eksperimenti – kompyuterli matematik modelni modellashtiriluvchi obyekt xossalarini tadqiq qilishga qoʻllash boʻlib, hisoblash ekcperimenti real fizik tajribaning oʻrnini bosishi mumkin.

    Nazorat savollari:


      1. Oʻz-oʻzini tashkil qilish va oʻz-oʻzini tashkil qiluvchi tizim nima?

      2. Har qanday tizim oʻz-oʻzini tashkil qiluvchi boʻla oladimi?

      3. Qanday tizimlar oʻz-oʻzini tashkil qilishga keltiriladi.

      4. Axborot sinergetikasining qanday asosiy aksiomalari bor?

      5. I. Prigojinning asosiy sinergetik tamoyili nima?

      6. Model va modellashtirish haqida

    Download 207.58 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling