8. Pul mablagʻlari xarakati bilan bogʻliq muomalalar auditining uslubi
-chizma. Rezerv kapitalining vujudga kelish manbalari 21-son BHMS ga muvofiq rezerv kapitalining hisobi 8500
Download 200.24 Kb.
|
hisobot Tayyor
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moliyaviy natijalar auditi uslubiyotining muommalari
5-chizma. Rezerv kapitalining vujudga kelish manbalari
21-son BHMS ga muvofiq rezerv kapitalining hisobi 8500 «Rezerv kapitalini hisobga oluvchi schyotlar» schyotida olib boriladi. PANADERA XK da xususiy kapital audit tekshiruvidan o`tkazilganda quyidagilar aniqlandi: Ustav kapitali. 01.01.2022 yil holatiga ustav kapitali 4 634 478,7 ming so‘mni tashkil etdi. 2021 yilda ustav kapitali o'zgarmagan. Qo'shilgan kapital. XK ma'lumotlariga ko'ra, 01.01.2022 yil holatiga qo'shilgan kapital 19850 ming so'mni tashkil etdi, bu ustav kapitalini shakllantirishdagi kurs farqidir. Zaxira kapitali. XK va audit ma’lumotlariga ko‘ra 01.01.2021 yil holatiga 3352603,9 ming so‘mni tashkil etib, asosiy vositalarni qayta baholashdan 3317500,5 ming so‘m va bepul olingan mol-mulkdan 35103,4 ming so‘mni tashkil etgan. Taqsimlanmagan foyda. 01.01.2021 yil holatiga taqsimlanmagan foyda 12017622,5 ming so‘mni tashkil etgan. 2021-yilda 126480,9 ming so‘m dividendlar ajratilgan. 2021-yilda sof foyda 1 058 590,9 ming so‘mni tashkil etgan. 01.01.2022 yil holatiga taqsimlanmagan foyda 12 949 777,5 ming so‘mni tashkil etdi. PANADERA XK korxonasida xususiy kapital hisobi me’yoriy hujjatlarga, va BXMS talablariga monand olib borilgan, uning harakatiga oid buxgalteriya yozuvlari amaldagi qonun-qoidalarga to‘liq mos keladi. Moliyaviy natijalar auditi uslubiyotining muommalari Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda hisob jarayonining oxirgi bosqichi bo‘lgan moliyaviy hisobotni tuzish mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2002 yil 27 dekabrdagi 140-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 2003 yil 24 yanvarda 1209-tartib raqam bilan ro‘yxatga olingan «Moliyaviy hisobot shakllari va ularni to‘ldirish bo‘yicha Qoidalar» ga muvofiq amalga oshiriladi. Respublikamizda amalda bo‘lgan qonun hujjatlariga muvofiq korxonalar davlat soliq va statistika organlariga, shuningdek, tashqi axborot foydalanuvchilarga quyidagi hisobotlarni taqdima etadilar: 1. 1-shakl. “Buxgalteriya balansi”. 2. 2-shakl. “Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot”. 3. 4-shakl. “Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot”. Bugungi kunda aksariyat hollarda auditorlik tekshiruvlarining ob’ekti moliyaviy hisobot bo‘lib hisoblanadi. Moliyaviy hisobot auditida quyidagilar aniqlanadi: korxona moliyaviy hisobotlarining to‘g‘ri tuzilganligi; korxona aktivlari va passivlarining tarkibi, o‘zgarishi va ularga ta’sir etuvchi omillarning ta’siri; korxonaning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati ko‘rsatkichlari va ularning tahlili; korxona samaradorlik ko‘rsatkichlari, to‘lov qobiliyati va iqtisodiy ko‘rsatkichlarining holati. Moliyaviy hisobotning 1-son shakli buxgalteriya balansidir. Buxgalteriya balansi hisobot davrining boshi va oxiriga xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning aktivlari va ularning tashkil topish manbalarining holatini pulda aks etuvchi hisobot shaklidir. PANADERA XK korxonasida buxgalteriya balansini tuzish uchun joriy davr yakunlangach quyidagi ishlar amalga oshirilgan: Bosh kitobda ochilgan barcha sintetik schyotlar yopiladi, ya’ni ularning debet va kredit oborotlari summalari jamlanadi va oxirgi qoldiqlari topiladi. Bosh kitobda ochilgan sintetik schyotlarning bosh qoldig‘i, debet oboroti, kredit oboroti va oxirgi qoldig‘i summalari bilan jurnal-orderlardagi summalar mosligi tekshiriladi. Bosh kitobda ochilgan sintetik schyotlar bo‘yicha yig‘ma aylanma qaydnomasi tuziladi, unda uchta juft tenglikni (aktiv va passiv schyotlar bo‘yicha mos ravishdagi debet va kredit bosh qoldiqlar, debet va kredit oborotlar, shuningdek debet va kredit oxirgi qoldiqlar summalarining tengligi) mavjudligi tekshiriladi. Yuqorida keltirilgan ishlar amalga oshirilgach, bevosita buxgalteriya hisobi schyotlarining oxirgi qoldiq ma’lumotlari asosida buxgalteriya balansi va moliyaviy hisobotning boshqa shakllarining tegishli moddalariga qoidaga muvofiq o‘tqaziladi. PANADERA XK korxonasining 2021 yil uchun tuzilgan buxgalteriya balansi 22–ilovada keltirilgan. Moliyaviy hisobotning 2-son shakli moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobotdir. Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobotning asosiy maqsadi bo‘lib korxonaning hisobot davrlaridagi daromadlari, xarajatlari, foyda va zararlari to‘g‘risidagi yig‘ma ma’lumotlarni aks ettirish hisoblanadi. Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobotni tuzishga asos bo‘lib korxonaning barcha daromadlari va xarajatlari, foydani ishlatilishi hisobi uchun mo‘ljallangan vaqtinchalik schyotlarning ma’lumotlari hisoblanadi. Ushbu schyotlardagi ma`lumotlarga asosan tuzilgan PANADERA XK korxonasining 2021 yil uchun moliyaviy natijalar to`grisidagi hisoboti 23–ilovada keltirilgan. Korxonaning moliyaviy xo`jalik faoliyati audit tekshiruvidan o`tkazilganda chetlanishlar aniqlanmadi va buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobotda ma’lumotlar to`g`ri ko`rsatilgan. PANADERA XK korxonasi kichik korxonalar sirasiga kirganligi sababli moliyaviy hisobotning boshqa shakllarini, ya’ni Pul oqimlari to`g`risidagi hisobot va Xususiy kapital to`g`risidagi hisobotlarni tuzmaydi. Auditor audit jarayonida moliyaviy hisobot shakllarining to‘g‘ri tuzilganligi, ulardagi ma’lumotlarning haqqoniyligi va buxgalteriya hisobining boshqa hujjatlari (registrlari, jurnal orderlar, memorial orderlar, bosh kitob, aylanma qoldiq qaydnomasi)dagi ma’lumotlar bilan mosligini tekshiradi. Moliyaviy hisobotlarning bir-biri bilan uzviy bog‘liqligi alohida e’tiborga olinadi. Bundan tashqari auditor moliyaviy hisobot shakllarining o‘zaro bog‘liqligi, ulardagi mos ko‘rsatkichlarni ifodalovchi summalarning biri-biriga mosligini tekshiradi. Bugungi kunda moliyaviy hisobot shakllarini auditorlik tekshiruvidan o`tkazish va boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun tegishli taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish auditorlik tashkilotlari oldida turgan muhim vazifalardandir. Download 200.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling