8-sinf jahon tarixi
Download 0.69 Mb.
|
Sharipov Elbek Kurs ishi,,
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan rahbariy adabiyotlar.
- Foydalanilgan saytlar
III Bob
3.1. G ‘oya - kishidagi biror ish-harakat qilish, muayyan maqsadga erishish haqidagi fikr bo‘lib, muayyan niyat va maslakni anglatadi, ularni ifodalaydi, dunyoqarashning muhim tamoyili sifatida insonni biror maqsadga yo‘naltiradi. Albatta g ‘oya dastlab biror-bir shaxsning ongida paydo bo‘ladi. Bu bunyodkorlik g ‘oyasi bo‘lishi ham yoki buzg‘unchilik g ‘oyasi bo‘lishi ham mumkin. Diyorimizdan chiqqan Imom Buxoriy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Nasr Forobiy, Bahouddin Naqshband, Sohibqiron Amir Temur, Alisher Navoiy kabi buyuk zotlar bunyodkorlik g‘oyalari bilan yashab ijod qilganlar. Ongi yovuzlik, bosqinchilik g‘oyalari bilan sug‘orilgan Makedoniyalik Aleksandr yoki keyinroq Chingizxon boshliq istilochilar Movarounnahr xalqlari boshiga ko'plab kulfatlar solgan. 0 ‘zlarining istibdod g‘oyalarini xalqimizga singdirishni, uni mutelikda hayot kechirishini maqsad qilib olgan chor hukumati, keyinroq esa sho‘rolar tuzumi ana shunday g‘oyalar asosiga qurilgan. Bu tuzum tomonidan turli tazyiqlarga duchor boMgan ChoMpon, Fitrat, Behbudiy, Qodiriylarning bunyodkorlik xususiyatiga ega bo’lgan vatanparvarlik, istiqlol g'oyalari barq urib turadi. Mafkura arabcha — fikiiamoq, fikr bildirmoq ma’nosini anglatadi. U falsafiy tushuncha b o ‘lib, m a’Ium maqsadga qaratilgan, inson aql- zakovatini ifoda etuvchi g‘oyalar va qarashlar asosida shakllanadigan va ularni amalga oshirish yo‘llari, usul va vositalari tizimini ifodalaydi. U siyosiy, huquqiy, axloqiy, falsafiy, diniy, badiiy, estetik va boshqa qarashlar majmuyidir. Uning asosini milliy qadriyatlar, ma’naviyat asoslari tashkil etadi va u insonlarni tabiatga, jamiyatga boMgan qarashlarida yaqqol namoyon boMadi. Mafkuraning quyidagi funksiyalari juda muhim: 1. Bilish. 2. Baholash. 3. Prognozlash.
oqilona qo'yilishi bilan belgilanadi. Milliy istiqlol g‘oyasini quyidagi 3 ta asosiy yo'nalish bo'yicha baholashga harakat qilaylik: 1. Mustaqillik. 2. Milliylik. 3. Taraqqiyot. Mafkuraviy jarayonlarning globallashuvi: 1. Globallashuvning ijobiy natijalari. 2. Globallashuvning salbiy oqibatlari. XX asr so’ngida ro’y bergan ulkan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar, ikki qutbli dunyoning barham topishi natijasida nisbiy muvozanatning buzilishi jahonning mafkuraviy manzarasini tubdan o’zgartirib yubordi. XX asrda dunyoda g’oyaviy qarama-qarshiliklar keskin va murakkab tus olgan davr bo’ldi. XX asr so’ngida ikki qutbli dunyoning barham topishi, nisbiy muvozanatning buzilishi natijasida jahondagi mafkuraviy manzaralar tubdan o’zgardi. Yurtboshimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, «XX asr oxirida dunyoda jug’rofiy-siyosiy ahamiyati va ko’lami jihatidan noyob o’zgarishlar ro’y bermoqda. Bu o’zgarishlar betakror. Ular nafaqat mamlakatlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarda vujudga kelgan qarashlar va ularning mexanizmlarini chuqur o’ylab ko’rishni, balki ko’p jihatdan qayta baholashni ham talab qiladi. «Sovuq urush» davrida xalqaro munosabatlarga asos bo’lgan ko’p qoidalar, tamoyillar va g’oyalarni tubdan qayta ko’rib chiqish talab qilinmoqda. Butun dunyo yaxlit va bir-biriga bog’liq tizim bo’lib bormoqda, unda o’zi - o’zidan qanoatlanishga va mahdudlikka o’rin yo’q. Bu hol hozirgi xalqaro munosabatlarni shakllantirganda, xalqaro tuzilmalar bilan o’zaro aloqalarda va ularning faoliyatida ishtirok etganda mutlaqo yangicha yondashuvlarni ishlab chiqishni zarur qilib qo’ymoqda»
1. Siyosiy (buyuk davlatchilik shovinizmi). 2. Diniy (diniy ekstremistik va aqidaparastlik, panislomizm). 3. Badiiy (G’arb turmush tarzini targ’ib qiluvchi, Amerikacha turmush tarzini targ’ib qiluvchi, zo’ravonlik, yovuzlik va boshqa axloqsizliklarni targ’ib qiluvchi). XX asr oxiri va XXI asr boshlariga kelib kommunistik va sotsia-listik partiya ta’siridagi sotsializm lageri parchalandi. Dunyo mamlakatlari rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarga bo’lindi. Ana shu rivojlangan ba’zi mamlakatlar o’z milliy mustaqilligini qo’lga kiritgan, rivojla-nayotgan mamlakatlarni, jahon maydonlarini mafkuraviy jihatdan bo’lib olishga urinmoqdalar. Bular quyidagi holatlarda ko’rinadi: Dunyoni bo’lib olishga urinayotgan mafkuralarning shakllari: 1. Buyuk davlatchilik mafkurasi. 2. Diniy ekstremistik mafkuralar. 3. Pansovetizm mafkurasi. 4. Panislomizm mafkurasi. 5. G’arb turmush tarzini ifodalagan mafkuralar. 6. Amerikacha turmush tarzini ifodalagan mafkuralar. 7. Turli diniy sektolarning g’oyalarni ifodalovchi mafkuralar. 1. Buyuk davlatchilik shovinizmi - (Shovinizm - fran. burjua millatchiligining o’ta reaksion formasi). Shovinizm siyosati boshqa millat va xalqlarga nafrat va dushmanlikni avj oldirishga qaratilgan. Shovinizm go’yo to’laqonli bo’lmagan boshqa millatlar va irqlar ustidan hukmronlik qilishga da’vat etilgan bir millatning alohidaligini («mumtozligini») targ’ib etadi. Shovinizm ba’zi ko’p sonli millatlarning nafaqat ko’p millatli imperiya doirasida, balki uni o’rab turgan jo’g’rofiy - siyosiy makonda ham o’zining mutlaq hukmronligini o’rnatish uchun kurashda namoyon bo’ladi. Davlat yetakchi mavqe (davlat)ga ega bo’lgan, o’z millatini «oliy» millat deb e’lon qilgan millat hukmron eksplutator sinflarining ideologiyasi va siyosati bo’lgan buyuk davlatchilik shovinizmi, shovinizm va millatchilikning bir turidir. Buyuk davlatchilik shovinizmi boshqa millatlar va mamlakatlar bilan o’zaro madaniyatli hamkorlik qilishga tayyor emaslikdan kelib chiqadi. Uning ifodachilari harbiy imperiyalardir. Bu imperiyalarning iqtisodiyoti bosib olingan hududlarni ekspluatatsiya qilar va hatto ularning hayotiy manbalari hisobiga yashar edi. Ayni chog’da bo’ysundirilgan xalqlarga ularga madaniy jihatdan va umuman milliy jihatdan norasoligi haqidagi halokatli g’oya singdirilar edi. Buyuk davlatchilik shovinizmi va agressiv millatchilik bir-birini to’ldiradi, bular o’z davlati manfaatini ilgari surib, milliy qadriyatlarni tayyorlashda, milliy madaniyatlar va ma’naviy qadriyatlarni oyoq osti qilishda, avtoritar tuzum o’rnatishda, boshqa mamlakat xalqlarini itoatgo’y qilib saqlab turishda, hozir esa sobiq Ittifoqni tiklash uchun qilayotgan harakatida, o’z ta’sir doirasini boshqa mustaqil davlatlarda saqlab qolish uchun intilishda, millatlar o’rtasida o’zaro ishonchsizlik tug’dirishda, xalqaro-huquqiy me’yorlarni inkor etishda, tashqi iqtisodiy aloqalarni to’sishda, yangi mustamlakachilikni zo’rlab qabul qildirish harakatida yaqqol namoyon bo’lmoqda. Prezident Islom Karimov «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida...» asarida shovinizmga «Shovinizm ba’zi ko’p sonli millatlarning nafaqat ko’p millatli imperiya doirasida, balki uni o’rab turgan jug’rofiy-siyosiy makonda ham o’zining mutlaq hukmronligini o’rnatish uchun kurashida namoyon bo’ladi» deb ta’rif bergan. Bunday davlatlarga ko’proq iqtisodiy jihatdan zaif, ichki beqaror davlatlar nishon bo’ladi. O’zbekistonni, avvalo Rossiya imperiyasi, keyin sovet imperiyasi yuritgan buyuk davlatchilik shovinizmi jafolarni tortgan hozirgi paytda, XXI asr boshlariga kelib bu davr turlicha talqin etilmoqda. Bu talqin-larning 2 tasi haqida «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida...» asarida fikr yuritilgan: 1) «Birinchi andozaning» mualliflari, - deyiladi asarda, - ehtimol samimiy tarzda, mintaqa Rossiya imperiyasi tarkibidagi Turkiston muxtoriyati sifatida rivojlanib, o’z metropoliyasidan zarur rag’batlarni olib turar edi. Chunki podsho Rossiyasi mahalliy an’analar va asoslarni yo’q qilmagan va buzmagan holda o’lkaning burjuacha tadrijiy rivojlanishini rag’batlantirgan edi, deb hisoblaydilar». Ushbu guruh mualliflari mintaqada o’tkazilgan bolьshevikcha tajriba, shu jumladan, milliy davlat chegaralanishi, iqtisodiyotning haddan tashqari ixtisoslashtirilishini keskin tanqid qiladilar va bularni Markaziy Osiyo mintaqasidagi hozirgi ziddiyatlarning asosiy sabablari, deb hisoblaydilar. Shu bilan birga ular kommunistik tuzumdan keyingi yangi Rossiya Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlashtiruvchi rolni o’ynash uchun juda mos keladi, degan g’oyani ilgari suradilar. 2) Boshqa fikrga ko’ra, mintaqadagi muammolarni o’lkaning mustamlaka o’tmishi keltirib chiqargan. Bu fikr tarafdorlari o’lkani o’z tarixiy va milliy negizlariga qaytarishni taklif qiladi. Bunga musulmon davlat-larga ergashgan, ular bilan yaqinroq integratsiyaga kirishgan taqdirdagina erishish mumkin, deb hisoblaydilar. Ikkala nuqtai nazarda ilmiylikka nisbatan siyosat va ehtiroslar ustunligi yaqqol ko’rinib turibdi. Bu nuqtai nazarlar ayni buyuk davlat-chilik shovinizmi va agressiv millatchilikning hurujlari tufayli kelib chiqqan. Mustaqillikka erishib, bugungi kunda rivojlanayotgan Markaziy Osiyo respublikalarini asabiylik bilan, alam bilan qarshi olmoqdalar. Bunga Rossiya matbuotida chiqayotgan tahlilliy materiallar yaqqol misol bo’la oladi. 1997-yil 26-martda «Novaya nezavisimaya gazeta» sonida bosilgan «MDH: tarixining ibtidosimi yoki intihosi» bosh maqolasida «sobiq Sovet respublikalari uchun mustaqil davlatga aylanish imkoniyatini berishdan iborat Rossiyaning xatosi», bu «xato»ni to’g’rilash haqidagi imperiyachilik da’volari bilan chiqqan edi. Maqolada go’yo Rossiyaga «Janub tahdidi» deb atalgan tahdid vujudgakeldi, Rossiya shakllanib borayotgan Markaziy Osiyo hamdo’stlik blokini parchalab yuborishi zarur, degan agressiv takliflar ilgari suriladi. Prezident Islom Karimov 2005-yil 14-yanvarda «Nezavisimaya gazeta» (Moskva) muxbirining savollariga javobi «Imperiya davrida bizni ikkinchi darajali odamlar, deb hisoblashar edi» deb nomlanib, mazkur intervyuda bunday holatlarga o’z vaqtida javob berib, Ukrainadagi «Zarg’aldoq inqilobi», «Gruziya va Ukrainada so’nggi paytlarda sodir bo’lgan voqealarni», O’zbekiston ijtimoiysiyosiy jarayonlaridagi o’zgarishlar bilan chuqur tahlil qilib berdi. Hozirgi kunda buyuk davlatchilik g’oyalari mazmunan o’sha-o’sha bo’lsada, unga endilikda o’ta zamonaviy shakl berilmoqda. Mustaqillikning dastlabki yillarida bular rus millatining mumtozligini tiklash, Rossiya tevaragida kuchli jug’rofiy - siyosiy maydon yaratish, «Yagona va ahil xalqlar oilasi»ni tiklash, yangi mustaqil davlatlarning qaysi biri bilan hamkorlik qilish, qaysilarini ajratib qo’yish va boshqa sohalarda ko’rinmoqda. Mustaqil O’zbekiston uchun bugungi kunda buyuk davlatchilik shovinizmi va agressiv millatchilik tug’dirayotgan tahdidlarning real xavfi quyidagilardan iborat: 1) xalqaro, davlatlararo va elatlararo qarama-qarshilikni keltirib chiqarish; 2) xalqaro-huquqiy va ichki davlat suverenitetimizni ro’yobga chiqarishga qarshilik ko’rsatish; 3) O’zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarini chegaralashga, ularni teng huquqli bo’lmagan sharoitga solib qo’yishga urinish; 4) mamlakatimiz aholisiga elektron, radio-axborot vositalari orqali mafkuraviy yo’l bilan tazyiq o’tkazish, jahon afkor ommasida O’zbekiston haqida noto’g’ri tasavvur tug’dirishga intilish; 5) millatlar o’rtasidagi o’zaro ishonchsizlikni keltirib chiqarish, millatlararo munosabatlarni keskinlashtirish; 6) yangi mustamlakachilik va yangi imperiyachilik yondashuvlarini zo’rlab qabul qildirish, hamma sohalardagi o’zaro manfaatli va teng huquqli hamkorlikni sekinlashtirish xavfi. 3.2. Insoniyat tarixi shundan dalolat beradiki, muayyan jamiyat taraqqiyot jarayonida bir bosqichdan ikkinchi bosqichga o’tishida turmushning barcha sohalarida, xususan, iqtisodiyot, ijtimoiyot va siyosiy sohada bo„lgani kabi, g„oyaviy-mafkuraviy sohada ham muayyan muammolarni hal qilish zarurati paydo bo„la boshladi. Chunki o’ziga xos yangi davr, sharoit, vaziyat an‟anaga aylanib qolgan g’oyalar, qarashlar, munosabatlarni o’zgartirmasdan, ma‟lum mafkuraga asoslanmasdan yangi maqsadlar sari qadam tashlay olmaydi. Bu esa yangi g„oya, qarash, munosabat, mafkurani ishlab chiqishni talab etadi. Bu sabablar natijasida mustaqillik yillarida, ayniqsa 1991 -2005 yillar davrida mamlakatimizda ekstremistik kuchlar va terrorchi to’dalar tomonidan amalga oshirilgan buzg’unchilik, vayronchilik ishlarini misol qilib keltirish mumkin. Buzg’unchilik g’oyalari jamiyat, xalq va davlatlarning tanazzuliga sabab bo’ladi, g’ayriinsoniy maqsadlarga xizmat qiladi. G’oyalar va mustabid mafkuralar tarixida bundan foydalangan sobiq kommunistik ta‟limot alohida o’rin tutadi. U tashqi jihatdan adolatli ko’rinsada, oqibatda mustabid jamiyatni shakllantirish mafkurasiga aylandi. Bunday g’oyalarga bolshevizm, diniy ekstremizm, diniy fundamentalizm, fashizm, irqchilik, buyuk davlatchilik shovinizmi kabi g’oyalarni kiritish mumkin. Ana shu balo-qazolardan himoyalanish uchun tajovuzkor g’oyalarga qarshi immunitet hosil qilish, kishilarimizni jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlarini to’liq aks ettiradigan sog’lom, insonparvar mafkura bilan qurollantirish zarur. XVII-XIX asrlarda umummilliy manfaatlar о’rniga tor va cheklangan, shaxsiy va sulolaviy manfaatlarning ustun qо’yilishi, jamiyat hayotida ma‟naviy-ahloqiy qadriyatlarning, ilm-ma‟rifatning qadrsizlanishi о’zbek davlatchiligining tanazzulga yana bir bor yuz tutishiga, mustaqillikning boy berilishiga, Turkistonda mustamlakachilik tuzumi о’rnatilib, pirovardida milliy davlatchilikning yana bir bor tugatilishiga olib keldi. Shunga qaramasdan, chuqur tarixiy ildizlarga ega Bо’lgan milliy g„oyalar tamomila yо’q bо’lib ketmadi. Aksincha, mustamlakachilik sharoitida ular milliy davlatchilikni tiklash, millatning ijtimoiy taraqqiyoti va istiqboli uchun kurash bayorog„i sifatida yana ilgari surila boshladi. Yuqorida ta‟kidlanganidek, о’tgan asrning sо’nggi о’n yilligi va yangi asr boshlarida rо’y bergan yirik ijtimoiy-siyosiy о’zgarishlar dunyodagi ikki qarama-qarshi qutblar kurashiga barham bersada, dunyoda turli xil manfaatlarni ifoda etadigan mafkuralar kurashi tо’xtagani yо’q. Bugungi kunda dunyoda mavjud bо„lgan ommaviy qirg„in qurollari yer kurramizni bir necha bor yakson qilish imkoniga ega. Ammo hozirgi kunda eng qattiq xavf insonlar qalbini va ongini egallash uchun uzluksiz davom etayotgan mafkuraviy kurash, ya‟ni axborotning turli shakllari orqali inson ongi va qalbiga tajovuz solishdir. Shuni unutmasligimiz kerakki, har qanday axborot huruji shaxsga, jamiyatga, millat va davlat manfaatlariga qarshi qaratilgan bо’ladi. Globallashuv jarayonida amerikacha turmush tarzini tiqishtirish, dunyo xalqlarini o’ziga xos tarzda g’arblashtirishga intilish kuzatilmoqda. Tabiiyki, amerikalashtirish xalqlarning o’ziga xosligi, milliy xususiyatlari, madaniy an’analariga putur yetkazmoqda. Shu o’rinda globallashuvni “yaxlit dunyoning shakllanishi, yagona yirik davlatning qaror topishi, yagona madaniyatiga ega xalqaro hamjamiyatning tarkib topishi jarayoni” sifatida talqin qilayotgan odamlar yodga tushadi. Bu jihatdan aksilglobalistlar globallashuv jarayonini madaniy imperializmning yangi ko’rinishi deb talqin qilayotgani ham bejiz emas.Ba’zi bir yirik g’arb mamlakatlari tomonidan endigina mustaqillikka erishgan davlatlarni yo’q qilish maqsadida ularga qarata olib borayotgan yovuz harakatlari, ayniqsa yoshlar ongi va qalbini buzib ularga yot g’oyalarni singdirish borasida “ommaviy madaniyat” ko’rinishidagi mafkuraviy tazyiqlarni amalga oshirishga qaratilgan. Bunday ishlar ayniqsa kino va teatr olamida yengil-yelpi ma’nan buzuq filmlar va tomoshalar, qo’shtirnoq ichidagi kiyinish madaniyati borasidagi kiyinish bo’yicha moddalar va musiqa san’atida ham yoshlar ma’naviyatiga tez va salbiy ta’sir etadigan shou ko’rsatuvlar va h.k.lar ko’rinishidagi mafkuraviy tazyiqlarni amalga oshirmoqdalar. Bunday ko’rinishdagi barcha yot g’oyalarni yoshlar ongiga singdirish orqali qilinayotgan harakatlar globallashuv jarayonining eng katta muammolaridandir, chunki bu quyidagi oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin, jumladan: - Yoshlarni shakllantiruvchi jamiyatning madaniy-ma’naviy sohalariga ta’sir o’tkazib, ulardagi muayyan o’zgarishlarga olib keladi, an’anaviy qadriyatlar, urfodatlar, an’analar tizimini izdan chiqaradi; - Yoshlarning ma’naviy-axloqiy, psixologik qiyofasiga jiddiy ta’sir o’tkazadi va, hozirgi zamon jamiyatining qiyofasini o’zgartiradi; - Yoshlarning ijtimoiy va individual ongida destruktiv o’zgarishlar ro’y beradi;
- Yoshlarning Vatanga, ota-onaga bo’lgan muhabbat, oila muqaddasligi hamda kattaga bo’lgan hurmat his-tuyg’ularning o’lishiga olib kelishi mumkin. Bunday holatlar qanday oqibatlarga olib kelishini bilib turibmiz, shukurki, ta’lim va tarbiya o’chog’i bo’lgan maktablarimizda mutlaqo boshqa bo’lgan Mark de Sadni ustoz qilib olgan kimsalarning tazyiq va xurujlariga qarshi o’zimizning ustoz allomalarimiz jumladan, ustozlarimiz Imom Buxoriy va Bahovuddin Naqshband kabi hazratlarning g’oyalari bilan javob beramiz, hamda o’lmas milliy qadriyatlar va an’analarimizni asrab-avaylaymiz.
Foydalanilgan rahbariy adabiyotlar. 1. Karimov I.A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, ,mafkura. T.1.-Toshkent: O’zbekiston, 1996.-B.364. 2. Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T.3.-Toshkent: O’zbekiston, 1996.-B.366. 3. Karimov I.A. O’zbekiston XXI-asr bo’sag’asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T.1.-Toshkent: O’zbekiston, 1997.-B.315. 4. Karimov I.A. Yangicha fikrlash va ishlash- davr talabi. T.5.-Toshkent: O’zbekiston, 1997.-B.384. 5. Karimov I.A. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo’lida. T.6.-Toshkent: O’zbekiston, 1998.-B.429. 6. Karimov I.A. Biz kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz. T.7.-Toshkent: O’zbekiston, 1999.-B.413. 7. Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot pirovard maqsadimiz. T.8.-Toshkent: O’zbekiston, 2000.-B.525. 8. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch. T.-Toshkent: Ma’naviyat, 2008.-B.174.
1. Ziyo.net 2. Pedagog. Uz 3. Arxiv.uz 4. Kutubxona.uz Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling