8-sinf jahon tarixi


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/79
Sana13.09.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1676572
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   79
Bog'liq
9-sinf-OZBEKISTON-TARIXI

 
 
25-Jadidchilik harakatining vujudga kelishi (42) 
Savollar va javobi 
1. XIX asrning II-yarmidan kimlar Turkiston xalqi orasida ilg’or g’oyalarni tarqatishda maorif 
tizimini asosiy vosita deb bildilar? 
 ziyolilar 
2. Qachondan boshlab Turkistonda ma’rifatparvarlik harakati vujudga keldi? 
 XIX asrning II-yarmi 
3. XIX asrning II-yarmidan mustamlaka zulmi ostidagi …..lar o’z xalqlarini ma’rifatli qilish va 
ularning taraqqiyot darajasini ko’tarishga qaratilgan harakatlarni boshladilar? 
 ziyolilar 
4. XIX asrning II-yarmida Rossiya imperiyasi tarkibiga kirgan qaysi hududlarda o’z xalqini 
ma’rifatli qilish g’oyalari tarqala boshlandi? 1.Qrim 2.Kavkazorti 3.Turkiston 4.Xiva 5.Buxoro 
6.Qozoqlar yeri 7.Dog’iston 8.Boshqirdiston 9.Checheniston 10.Asetiya 11.Yoqutiston 
 1,2,3,4,5 
5. Butun turkiy xalqlar o’rtasida yoyilgan jadidchilik harakatining asoschisini aniqlang. 
 Ismoil Gaspirali 
6. Ismoil Gaspirali yashagan yillarni aniqlang. 
 1851-1914 
7. Ismoil Gaspirali qachon va qayerda I-jadid maktabiga asos soldi? 
 1884-Qrimdagi Bog’chasaroyda 
8. I.Gaspirali o’zi tuzgan dastur asosida 40 kun ichida qancha o’quvchining savodini chiqardi? 
 12 ta 
9. « «Rahbari muallimin yoki muallimlarga yo’ldosh » asarining muallifi kim ? 


 Ismoil Gaspirali 
10. 1888-yilda ….. 
 I.Gaspirali “Rahbari muallimin yoki muallimlarga yo’ldosh” asarini chop qildirdi 
11. I.Gaspiralining xat-savod chiqarish usuli qanday ataladi? 
 barcha javoblar to’g’ri 
12. I.Gaspiralining “Rahbari muallimin yoki muallimlarga yo’ldosh” asarida bayon bayon etilgan 
ta’lim tizimini ko’rsating. 1.ta’lim tizimi 2.dars o’tish 3.darsning tashkil qilinishi 4.zamonaviy 
ta’lim metodlari 5.o’quv xonalarining jihozlanishi 6.maktablarda o’tkaziladigan har xil tadbirlar 
7.dars jadvali 8.ta’tillar 9.kundalik daftar 10.imtihonlar 
 1,2,3,5,7,8,10 
13. Jadid so’zi qaysi tildan olingan va qanday ma’noni anglatadi? 
 arabcha-yangi 
14. Jadidlar musulmon xalqlarining maktab va madrasalarida yoshlarga o’qitilishi zarur deb 
topilgan fanlar xato berilgan javobni aniqlang. 
 fiqh, falakiyot 
15. Turkiston o’lkasida millat istiqbolini o’ylovchi taraqqiyparvar kuchlar xalqning qaysi 
tabaqalarida mavjud edi? 
 barcha javoblar to’g’ri 
16. Jadidchilik g’oyalarining yoyilishida qaysi gazeta katta o’rin tutgan? 
 “Tarjimon” 
17. 1893-yilda….. 
 Buxoro amirligida I-yangi usul maktabi ochildi 
18. 1910-yilda O’rta Osiyolik jadid ma’rifatparvarlarining eng kichigi kim edi? 
 Cho’lpon 13 yoshda 
19. 1910-yilda O’rta Osiyolik jadid ma’rifatparvarlarining eng kattasi kim edi? 
 Behbudiy 36 yoshda 
20. O’rta Osiyoda taraqqiyparvarlik harakatining rivojlanishi necha bosqichda bo’ldi? 
 2 
21. O’rta Osiyo jadidchilik harakati qaysi yilga kelib o’zining II-bosqichi siyosiy ko’rinishdagi 
harakatga aylandi? 
 1917 
22. O’rta Osiyodagi milliya taraqqiyparvarlik harakati hududiy xususiyatlarga ko’ra qanday 
turlarga bo’linadi? 
 Turkiston, Xiva,Buxoro jadidlari 
23. O’rta Osiyo taraqqiyparvarlik kuchlari qachon shakllangan? 
 XX asr boshlari 
24. Turkiston jadidchiligining asosiy tarkibini kimlar tashkil qilishgan? 
 ziyolilar 
25. Buxoro jadidchiligining asosiy tarkibi kimlardan iborat edi? 1.ziyolilar 2.mayda do’kondorlar 
3.o’qituvchilar 4.hunarmandlar 5.savdogarlar 6.katta mulkdorlar 7.dehqonlar 8.chorvadorlar 
9.mardikorlar 
 1,2,3,4,5 
26. O’rta Osiyodagi qaysi jadidchilik ayrim mutaasib mullalar, yangilik va islohotlarni xush 
ko’rmaydigan qadimchilar oqimi qarshiligiga uchradi? 
 Buxoro 
27. Qachondan boshlab Buxoro jadidchilik harakati tashkiliy tus olib, siyosiy tashkilot sifatida 
shakllana boshladi? 
 1910 
28. Qachondan Buxoro taraqqiyparvarlari vaziyatga tanqidiy yondashib, ichki boshqaruv tizimi 
zamon talablariga javob bermasligini, mehnatkash xalqning turmush darajasi nihoyatda past 
ekanligini chuqur anglay boshladilar? 
 XX asr boshlari 


29. Xiva xonligida jadidchilik necha oqimga bo’lingan? 
 2 
30. Xivada jadidchilikning o’ng oqimiga kim rahbarlik qilgan? 
 bosh vazir Islomxo’ja 
31. Xivada jadidchilikning so’l oqimiga kim rahbarlik qilgan? 
 qozikalon Bobooxun Salimov 
32. Xivadagi jadidlarning o’ng oqimi o’z oldiga qanday g’oyalarni maqsad qilib qo’ydi? 
 mamlakatda xon hokimiyatini saqlab qolgan holda islohotlar o’tkazilishini 
33. Xivadagi jadidlarning so’l oqimi o’z oldiga qanday g’oyalarni maqsad qilib qo’ydi? 
 yangi usul maktablarini tashkil qilish orqali xalq ommasining siyosiy faolligiga erishish 
34. 1898-yilda….. 
 Qo’qon shahrida Salohiddin domla II-jadid makltabini ochdi 
35. 1899-yilda Andijonda kim jadid maktabini ochdi? 
 Shamsiddin domla 
36. 1899-yilda Toshkentda kim jadid maktabini ochdi? 
 Mannon qori 
37. O’rta Osiyodagi I-jadid maktabi qachon va qayerda ochildi? 
 1893-Buxoro 
38. O’rta Osiyodagi II-jadid maktabi qachon va qayerda ochildi? 
 1898-Qo’qon 
39. Andijon va Toshkentda qachon jadid maktabiga asos solindi? 
 1899 
40. O’rta Osiyoda jadid maktablariga asos solgan shaxslar xato berilgan javobni aniqlang. 
 I.Gaspirali 
41. Qaysi hududda milliy ziyolilarning harakati Turkiston o’lkasiga nisbatan og’ir ijtimoiy 
sharoitda yuzaga keldi? 
 Buxoro 
42. Insonlarning bilimi va tafakkurini oshirishga qaratilgan ta’lim-tarbiya bu…. 
 maorif

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling