8-sinf ona tili darsligidagi mashqlar, matnlar, lug`atlar


voqea-hodisalar, ammo, eng avvalo va aksar hollarda, odamlar tarbiyalaydi


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/125
Sana15.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1477410
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   125
Bog'liq
8-Sinf O\'QITUVCHI KITOBI

voqea-hodisalar, ammo, eng avvalo va aksar hollarda, odamlar tarbiyalaydi.
Bular orasida esa ota-onalar bilan o‘qituvchilar birinchi o‘rinda turadilar. (M 
akarenko)6. Insonda hamma narsa yuz ham, kiyim ham, qalb ham, fikr ham
go‘zal bo‘lishi lozim. (A. Chexov) 
Bilib oling 
Gapda uyushiq bo‘laklarni jamlovchi, umumlashtiruvchi so‘z bo‘lishi mumkin.
Ko‘pincha, belgilash, bo‘lishsizlik olmoshi va jamlovchi ot, jamlovchi son
shuningdek, so‘z birikmasi, kengaygan birikma umum-lashtiruvchi so‘z bo‘lib
keladi: Uylar, daraxtlar, k o `chalar — hammasi qorong‘ilik q a ’riga cho‘mdi. Ishga 


yangi qabul qilinganlar: Ahmad, Salim va Akbar boshliqning oldiga kirishsin.
Umumlashtiruvchi so‘z bilan uyushiq bo‘lak bir
xil sintaktik vazifani bajaradi.Umumlashtiruvchi bo‘lak uyushiq bo‘lakdan oldin  
kelsa, undan keyin ikki nuqta qo‘yiladi: Qudratning oldidan ik k i o ‘rtoq: Ilhom
va Rustam chiqib keldi.
Umumlashtiruvchi bo‘lak uyushiq bo‘lakdan keyin kelsa, undan oldin tire
qo‘yiladi: Shu hovli-joy, mana shu daraxtlar, kursi, so ‘ri — hammasi — meniki. 
174-topshiriq. Uyushgan va uyushmagan aniqlovchilarni ajrating. 
1. 0 ‘zim ko‘rmadim, — dedi Oftob oyim, — ammo ko‘rguchilarning
so‘zlariga qaraganda o‘xshashsiz ko‘rkam, tengsiz aqlli bir yigit emish...uyushgan  
2. Rayimbek dodxohning yonidagi bizga tanish olabayroq to‘nlik kishi Hasanalini 
ko‘rishi hamono: — H a-a-a, bizning Hasanali-ku! — dedi, — kel, Hasan
ko‘rishaylik, Otabek esonmi?-uyushmagan 3. 0 ‘tkir, qonsirag‘an xanjarini beliga
osib, oyboltasini ko‘targan jal- lod qushbegining hukmiga muntazir edi. 4.
Qushbegi tez-tez qog‘oz taxlarini ochib bitirdi va yo‘g‘on qalam bilan yozilgan
uzun bir maktubni o‘qumoqqa oldi. 5. Xotin o‘ltirmakchi bo‘lg‘an edi paranji
ichidan uning atlas ko‘ylaklari va nafis oq qo‘llari ko‘rinib ketdi. 6. 0 ‘zining
eski mahramiga ko‘ngli to‘lmay boshqa bir o‘yinchi, ashulachi, husndor bir
mahram topmoqchi va o‘zining bu mashhur mahrami bilan yer yuzi (Turkiston va
Buxoro)ga dong‘, shuhrat chiqarmoqchi! 
A. Qodiriy 
 Eslatma 
Ketma-ket kelgan, lekin sanash ohangi bilan aytil- maydigan, yozuvda orasiga
vergul qo‘yilmaydigan aniqlovchi va hol uyushmagan aniqlovchi va uyushmagan 
hol hisoblanadi. Uyushmagan aniqlovchi va uyushmagan hol o‘zi bog‘langan
bo‘lakning turli tomoniga oid belgini anglatadi: Qop-qora shirin (uyushmagan 
aniqlovchi) uzum g ‘arq pishgan. Kecha kechqurun (uyushmagan hol) yom g‘ir
yog di. Bugun tushdan keyin
(uyushmagan hol) boramiz. 
Savol va topshiriqlar 
1. Umumlashtiruvchi so ‘z nima ? 
2. Umumlashtiruvchi so ‘z qanday vazifa bajaradi? 
3. Umumlashtiruvchi so ‘z qaysi о ‘rinlarda keladi? 
4. Uyushiq b o ‘Iaklar uchun qanday tinish belgi lari q o ‘llanadi? 
5. Uyadoshlik munosabati bilan uyushiq bo ‘laklar orasida qanday bog‘liqlik bor? 
Uyga vazifa 
165-mashq, Matndagi gaplarda ishtirok etgan uyushiq bo‘laklar va 

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling