8-sinf ona tili darsligidagi mashqlar, matnlar, lug`atlar
Download 1.22 Mb. Pdf ko'rish
|
8-Sinf O\'QITUVCHI KITOBI
- Bu sahifa navigatsiya:
- . Geografiya darsligidan
- Ulamo- islom dini olimlari fisq-u fujur-g‘iybat, gunoh ishlar, axloqsiz amallar; tavoze—o`zini xokisor,odobli tutish
Bilib oling
Gapda uyushiq bo‘lak sanash ohangi va teng bog‘lovchilar vositasida bog‘lanadi. Gapning uyushiq bo‘lagi guruh-guruh bo‘lsa, bir-biridan nuqtali vergul bilan ajratiladi: Yutib chiqish uchun ot chopqir, zotdor bo‘lishi va yaxshi toblanib sovutilishi; chavandoz usta, epchil bo‘lishi kerak. Savol va topshiriqlar 1. Uyushiq bo ‘laklar qanday xususiyatga ega? 2. Uyushiq b o ‘laklarda grammatik shakl qanday qo ‘shiladi? 3. So ‘z birikmasi va so ‘z qo ‘shilmasi tushunchalari uyushiq bo ‘lakli gaplar bilan qanday aloqador? Uyga vazifa 166-topshiriq. Geografiya darsligidan uyushiq bo‘laklar ishtirok etgan 4 ta gap yozing. Ularning qaysi turkum so‘zlari bilan ifodalanganligini, qanday vositalar bilan bogManganini aniqlang. 167-topshiriq. Berilgan izohlardan ulamo, fisq-u fujur, tavoze so‘zlarining ma’nolarini aniqlab, lug‘at daftaringizga ko‘chiring va qo‘Ilash uchun eslab qoling: 1) o‘zini xokisor, odob bilan tutish; 2) g‘iybat, gunoh ishlar, axloqsiz amallar; 3) islom dini olimlari. Ulamo- islom dini olimlari fisq-u fujur-g‘iybat, gunoh ishlar, axloqsiz amallar; tavoze—o`zini xokisor,odobli tutish 81—82-darslar MUMTOZ MATN VA LUG‘ATLAR BILAN ISHLASH 168-topshiriq. Matnni diqqat bilan o‘qib chiqing. DONISHMAND USTOZ Abu Ali ibn Sinoning qo‘lida ta’lim olish, unga shogird bo‘lish katta sharaf edi. Kunlardan bir kun ikki ota o‘z o‘g‘illarini Ibn Sinoga shogirdlikka bermoqchi bo‘lishdi. — Ey ulug‘ tabib, huzuringizga bolalarimizni olib keldik. Tarbiyangizga olib, shogirdlikka qabul qilsangiz. Zora sizga o‘xshab tabib bo‘lib yetishsalar, — deyishdi. Ibn Sino rozi bo`lishini aytdi. l Sinoning bir odati bor edi. Kim unga shogird bo`lmoqchi bo‘lsa, oldin sinovdan o‘tkazar, so‘ng tabiblik ilmini o‘rgatar edi. Bolalarim, — dedi kelgan yigitlarga qarab, tog‘-u toshlar kezing, cho‘l-u biyobonlar oralang-da, har biringiz ming donadan o‘t-giyoh terib kelinglar.Ibn Sino shunday dedi-da, har birining qo‘liga xalta berdi. Oradan bir necha kun o‘tdi. Bolalarning birinchisi kelib, yig‘gan giyohlarni Ibn Sinoning oldiga to ‘kdi. Hammasi shifobaxsh giyohlar edi. Buni ko‘rgan Ibn Sino quvonib so‘radi: — Barakalla, o‘g‘lim, eng dorivor giyohlarni teribsan. Endi bir savolimga javob bersang. Qani ayt-chi, oyoq qabarishiga nima davo bo‘ladi? — Mening tabiblikdan xabarim yo‘q, — dedi bola, — sizga o‘zim endi shogird tushdim-ku. Ibn Sino: «Shu o‘n kun orasida nabotot ichida yurib tabiblikdan alifni o ‘rganmabsanmi, sendan tabib emas, olibsotar chiqadi» — dedi ko‘nglida. So‘ng ovozini chiqarib: — Senga javob, o‘g‘lim, ketaver! Borib olibsotarga shogird bo‘l! — dedi. Oradan bir kun o‘tgach, ikkinchi bola yetib kelib, to‘plagan o‘tlarni hakimning oyog‘i ostiga to‘kdi. Ibn Sino juda xursand bo‘lib: — Barakalla, bo‘tam, qani menga ayt-chi, oyoq qabarganiga nima davo bo‘ladi? — deb so‘radi. — Yovvoyi rayhon yoxud yalpizni suvda ivitib, ozgina tosh tuzdan qo‘shib yuvish kerak, — javob qildi bola. — Cho‘l-biyobonda qolding-ku, suv topolmading deylik, chanqoqni nima bilan qondirish mumkin? — yana savolga tutdi Ibn Sino bolani. — Yantoqning suvi chanqoqni qondiradi, ham darmon bo‘ladi, — dadil javob berdi bola. — Rahmat, o‘g‘lim, sen endi menga shogirdgina emas, farzand ham bonding! 169-toi«ihiriq. Matndagi ajratilgan so‘zlarning ma’nolarini berilganizohlardan aniqlab, lug‘at daftaringizga ko‘chirib yozing va qo‘llash uchuneslab qoling: 1 ) faxrlanishga arziydigan narsa, biror ijobiy xislat, xizm atyoki iqtidor tufayli xalq orasida taratilgan dong; 2) qani edi, koshki edi;3) kasalliklarga davo b o ‘ladigan va m alham olinadigan yoki taom ni xushxo‘r qiladigan modda; 4) o ‘simliklar dunyosi, o ‘simliklar; 5) ishlash, ishqalanish yoki kuyish natijasida b o ‘rtm a hosil b o ‘lishi; 6) tirik organizmdagi quvv at, mador, kuch; 7) ko‘pincha, o'tmishdagi o ‘tkir tabib; donishmand, faylasuf. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling