tartibsiz.., qanoatsiz yashash chakki yashash emas, asta-sekin o‘lish demakdir. 4.
0 ‘zingdan keyingilarga avvalgidan ko‘proq bilim va baxt qoldirishga, ya`ni
yaxshilik qilishga ..., intil, bizga meros qolgan narsalarni takomillashtirish va
ko‘paytirish, inmay mehnat qilmog‘imiz zarur bo‘lgan soha mana shudir. 5.
Harakatsizlik, ya`ni mehnat qilmaslik..., uzoq uyquga chalinish kasalligidir, xolos.
6. Hayot o‘z holicha hech narsani anglatmaydi: hayotning qimmati, ya`ni..qadri.,
unda qanday yashay bilish bilan bog‘liq.
Savol va topshiriqlar
1. Gap bo‘laklari nega ajratiladi?
2. Qaysi gap bo'laklari ajratiladi?
3. Ajratilgan bo ‘laklar yozuvda qaysi tinish belgilari bilan ajratilishi mumkin ?
4. Hol qanday ifodalansa, ajratilgan bo ‘lak sanaladi?
Uyga vazifa
168-topshiriq. Gaplarni ko‘chiring. Qaysi gap bo‘lagi ajratilayotganini aniqlang.
1. Tirik ulki, undan keyin qolsa joy — hovuz,ega ko‘l-u ko‘prik-la karvonsaroy. (S a
’diy) 2. Odam ikki marta yashamaydi, lekin bir marta — mazmunli -aniqlovchi
yashashni ham bilmaydiganlar ko‘p. (F.Ryukkert) 3. Agarda razm solib qaralsa,
aksariyat kishilar hayotining ko‘p qismi bo‘lmag‘ur ishlarga, anchaginasi
bekorchilikka,-to`ldiruvchi umrning yaxlit o‘zi esa nokerak narsalarga sarflanadi.
(Seneka) 4. 0 ‘z hayotining mohiyatini bilmaydigan kishilarning, befarqlarning –
aniqlovchi ahvoliga voy. (V.Paskal) 5. Farosatsizlik, axloqsizlik orqasida faqat huzur-
halovatga mukkasidan ketganlarning, yengil-yelpi fikrlovchilarning -aniqlovchi
hayoti sariq chaqaga ham arzimaydi. (I.Kant)
162-mashq.Berilgan izohlardan munshiy, ibtido, g ‘aniy, instinkt so‘zlarining
ma’nolarini aniqlab, lug‘at daftaringizga ko‘chiring va qo‘llash uchun eslab
qoling: 1) kotib, ish yurituvchi; 2) avv al, boshlanish; 3) boy, nafsini tiygan;
4) tug‘ma sezgi.
Do'stlaringiz bilan baham: |