ko‘k-qi- zil... oq-pushti... sariq-qora gullari yulduzlardek yashnab,
uyga bir
xayoliylik berar edilar. 5. Majlisning shoirlari... o‘yinchilari... childirma va
dutorchilari ... barchasi ham hozir bo‘lib, faqat Kumushbibigina hammomdan
qaytmag‘an edi.
Qodiriy.
Bu xabarni eshitish bilan Otabekda ko‘riladirgan o‘zgarishlarni, hollarni,
harakatlarni-barchasini birma-bir ko‘nglidan kechirar edi. 2. Otabekdagi
sukut,xayol,fikr kabi holatlarni yulib-yulqib olib, ular o‘rniga chechak donalari
ekib, umid suvlari sepmakchi edi. 3. Ammo bu o‘zgarishlar uning husnin,
latofatini bir zarra ham kamitmay, balki o‘n qayta oshirg‘an edilar. 4. Zol
juda nafis ishlangan edi: oltin qandildagi ellilab sham’larning nuri bilan
munaqqash devorlarning oltin, kumush, ko‘k-qizil, oq-pushti,sariq-qora gullari
yulduzlardek yashnab, uyga bir xayoliylik berar edilar. 5. Majlisning
shoirlari,o‘yinchilari, childirma va dutorchilari - barchasi ham hozir bo‘lib,
faqat Kumushbibigina hammomdan qaytmag‘an edi.
175-topshiriq. Berilgan izohlardan qandil, munaqqash,
childirma, taxmon, sipar,
chakmon so‘zlarining ma’nolarini aniqlab, lug‘at daftaringizga ko‘chiring va qo‘llash
uchun eslab qoling:
1) naqshlangan, naqshli, naqshdor; 2) bir necha sham yoki lam pochka qo‘yiladigan
oyoqli yoki osma chiroq; chilchiroq, lustra; 3) yog‘och gardishga teri qoplab yasalgan,
chertib chalinadigan musiqa asbobi; doira,
chirmanda, daf; 4) uy yoki ayvon devorida:
sandiq o‘rnatib, ustiga ko‘rpa-to‘shak yig‘ibqo'yiladigan tokchasimon maxsus joy; 5)
qalqon, sovut; o ‘q, nayza, qilich kabi qurollar zarbidan saqlanish uchun qo‘llangan,
ko‘pincha, doira shaklidagi qadimiy aslaha; qalqon; 6) odatda, jun matodan tikiladigan
erkakcha uzun
qishki to‘n.
Do'stlaringiz bilan baham: