8-sinf ona tili darsligidagi mashqlar, matnlar, lug`atlar
-dars MATN VA LUG‘ATLAR BILAN ISHLASH
Download 1.22 Mb. Pdf ko'rish
|
8-Sinf O\'QITUVCHI KITOBI
94-dars
MATN VA LUG‘ATLAR BILAN ISHLASH 192-topshiriq Matnni diqqat bilan o‘qib chiqing. BERUNIYNING DAM OLISH KUNLARI Beruniy yiliga ikki martagina dam olar ekan. Birinchisi — Navro‘zi olam kirgan kuni, ikkinchisi — bug‘doyga o‘roq tushganda... Dillarni xushnud etib Navro‘zi olam yetib kelgan kuni erta tongdanoq o ‘rinlaridan turib, yuvinib-taranib, yaxshi liboslarini kiyib, qarindosh- urug‘larni, keyin yor-u birodarlarni ziyorat qilib, holidan xabar olar ekanlar, ular bilan birga boiib suhbatlashar, hazil-mutoyiba qilar, askiyalar aytishar ekanlar. Keyin to qosh qorayguncha qo‘sh qo‘shishar, yerga birinchi omoch solishda qatnashar, nihol ekisharkan... Hol-ahvol so‘raganlarga: «Dam olib, hayot lazzatini totib ko‘rmoqdaman», — deb javob berar ekanlar. Boshoqqa birinchi o‘roq tushgan kuni ham dehqoncha libos kiyib olib, qo‘llariga o‘roq tutib azondan to kechgacha bug‘doy o‘rar ekanlar. Olimni ko‘rgan-ketganlar bilan: «Horma, bor bo‘l», — qilishsa ham: «Dam olib, rizqimni teryapman», — deb javob berar ekanlar. Qarang-a, ulug‘ alloma mutolaa, kitob yozish, tajriba o‘tkazishdan yiliga ikki kun vaqt ajratibazondan to kechgacha qo‘sh qo‘shib, shudgor qilishni, o‘roq o‘rishni o‘zi uchun dam olish deb bilar ekan.Ha, Beruniy: «Bir daqiqa vaqtni behuda o'tkazganim, halok bo‘lganim», — der ekan. 193-topshiriq. Berilgan izohlardan matndagi ajratilgan so‘zlarning ma’nolarini aniqlab, lug‘at daftaringizga ko‘chirib yozing va eslab qoling: 1) muqaddas joylarga, mozor va qabristonlarga borib sig‘inish; hurmat yoki rasmiyat yuzasidan tabarruk kishilar huzuriga tashrif buyurib, holidan xabar olish; 2) ulov qo‘shib yer haydaladigan, m etall tishli qadimgi eng oddiy yog‘och yoki temir asbob. 193-topshiriq. : 1) muqaddas joylarga, mozor va qabristonlarga borib sig‘inish; hurmat yoki rasmiyat yuzasidan tabarruk kishilar huzuriga tashrif buyurib, holidan xabar olish; -ziyorat qilish 2) ulov qo‘shib yer haydaladigan, metall tishli qadimgi eng oddiy yog‘och yoki temir asbob.-qo`sh qo`shish Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling