8-sinf ona tili darsligidagi mashqlar, matnlar, lug`atlar


Undalmalar gap boshi va oxirida kelsa, bir tomondan, gap o‘rtasida kelsa


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/125
Sana15.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1477410
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   125
Bog'liq
8-Sinf O\'QITUVCHI KITOBI

Undalmalar gap boshi va oxirida kelsa, bir tomondan, gap o‘rtasida kelsa,
ikki tomonidan vergul bilan ajratiladi. 
182-mashq. Berilgan gaplardagi undalmalarni ajratib, mustaqil gaplarga aylantiring.
Tinish belgilariga e’tibor qarating. 
1. — Aziz nabiralar, siz bilmaysiz, oh, men o‘sha cho‘qqida quchganman
zafar.Mening o`sha cho`qqiga chiqqanimni nabiralarim bilmaydi 2. Insondan
o‘zgani demasman, do‘stim. 3. Bizlarni bir yo‘qlab kelibsan, vafo qilurmisan,
bahorim?! (A .O ripov) 4. Amirzodam, har bir daqiqa g‘animat. Xos
navkarlaringizotlangan. Hammasi farmoyishingizga muntazir. 5. Hazratim, taxtingiz
pastki oshiyonda. 6. «Siz menga farzanddek yaqin bo‘lmoqchimisiz, Mirzo?» —
so‘radi Shayboniyxon muloyim tovush bilan.
(P. Qodirov) 
183-mashq. Berilgan gaplardagi undov so‘zlar bilan undalma orasida tinish belgisi 
qo‘yilgan-qo‘yilmaganligiga e’tibor qarating. 
1. Ey farzand, agar sen har qancha notiq bo‘lsang ham, o‘zingni bilganlardan
pastroq tutgil, toki so‘z bilimdonligi vaqtida bekor bo‘lib qolmagaysan. 2. Ey
farzand, o‘zingni
mol jam qilishdan g‘ofil tutma, ammo halollik bilan mol to‘plashga harakat qil.
(«Qobusnoma») 3. Yiroq-yiroq tushsa insondan inson, bu holning sharhiga ne
deysan, ey jon!4. Endi bandalarga o‘zing qil shafqat, ey oliy joziba — sirli 
Muhabbat! 5. Ka’ba qopqasida turgan, ey posbon, avval onalarning ochgin
yo‘llarin. 6. Faqat ayriliqdan asragin, yo Rab, do‘st-u yoronlardan qilmagin judo.
7. Kimdir payg‘ambardan so‘radi kelib: — ayo Rasululloh, aylagil javob.
(A.Oripov) 
184- mashq. Tenglikning o‘ng tomoniga gaplarning undalmalarini boshqa 
o‘rinlariga qo‘yib ko‘chiring. 
1) Oftobi olam, shahar qozisi mansabi uchun muborak
ko‘zingiz qaysi baxtiyorga tushdi? = Shahar qozisi mansabi uchun muborak
ko‘zingiz qaysi baxtiyorga tushdi.,oftobi olam2) - Yuring, maxdum, bizni olib
boring, - o‘rnidan qo‘zg‘aldi Navoiy. = ................3) Sarkor, bu inimni sizga
topshiramen, — dedi Sohib Doro Arslonqulni ko'rsatib, — ishlatursiz va el qatori
haq
to ‘larsiz. = ............ 
Savol va topshiriqlar 
1. Undov, undalma so ‘zlarining о ‘zagini aniqlang. 
2. Gapdan undalma ajratib chiqarilsa, qanday gap vujudga keladi va finish
belgisi qanday qo ‘yiladi? 
3. Undalmali gapda yo`l qo ‘yilishi mumkin bo ‘lgan asosiy xato nimada ro ‘y
beradi? 
Uyga vazifa 


185-mashq. Undalmali gaplarga 2 tadan misol topib yozing va undalmaniajratib alohida 
gapga aylantiring. Tinish belgisini qo‘ying. 

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling