8-sinf ona tili darsligidagi mashqlar, matnlar, lug`atlar


Shaxsi (egasi) umumlashgan gap


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/125
Sana15.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1477410
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   125
Bog'liq
8-Sinf O\'QITUVCHI KITOBI

Shaxsi (egasi) umumlashgan gapda gapning umumiy mazmuni barcha shaxslarga 
aloqador bo‘ladi: Hurmat qilsang, hurmat ko‘rasan. Boshingga qilich kelsa ham, to‘g‘ri 
gapir. (Maqol) Maqol va matallar, hikmatli so‘zlar, odat tusiga kirgan rasm-rusumlarni 
bayon etuvchi gaplarda ega, asosan, umumlashgan bo‘ladi. Bugungi ishni ertaga 
qo‘yma.
Shaxsi (egasi) noma’lum gapda kesim fe’l bilan ifodalanadi va ish-harakatni 
bajarishga imkoniyat, zaruriyat, shart, tilak, istak kabi ma’nolarni ifodalab keladi. 
Bunday gaplar kesimining eng muhim belgisi — uning tarkibida egalik 
qo‘shimchasining yo‘qligi. Bu gaplar shaxssiz emas, harakatni mantiqan kimdir 
bajaradi, lekin uni gapda ifodalab bo‘lmaydi. Yig‘ilishda ta’lim samaradorligini oshirish 
haqida gapirildi. Do‘stning aybini yuziga aytish kerak. Oyni etak bilan yopib bo‘lmaydi. 
Bu mavzuni o‘qish shart emas. Endi qattiq o‘qishga to‘g‘ri keladi.  
Atov gap va so‘z gaplar ham shaxsi noma’lum gaplardir.
88-topshiriq. Yuqoridagi ilmiy matn mazmunini jadvalda ifodalang. 
Uyga vazifa 110-mashq. Topishmoqlardan egali va egasiz gaplarga 2 tadan misol 
topib, daftaringizga ko‘chiring. 
 
  49-dars ATOV GAP 
 
111-mashq. 1. Gaplarni o‘qing. Ko‘z o‘ngingizda nimalar gavdalanganligini 
bayon qiling. 
1. — Eh yoshlik, yoshlik! Suvday o‘tib ketadi-ya! — Qarilik ham!
(«Hikmatli latifalar va nishonga urilgan so ‘zlar»)2. Harakat qilmoq! Harakat
qilmoq! Biz shuning uchun mavjudmiz. (I.Fixte)3. Sayl. Hammayoq odamlarga
to‘lib, g‘ala-g‘ovur, o‘yin-kulgi boshlanib ketdi. (Mirmuhsin)4. Tun. Hammaga
qo‘rquv solib turuvchi Ixtiyoriddin qal’asi. Baland va xo‘mraygan sovuq bu binoda
chiroq yo‘q, faqat darvozalari, qalin devorlari ustida mash’ala ko‘tarib yurgan
posbonlargina bor. (Mirmuhsin)5. Cheksiz dasht, yassi tepaliklar... Me’morning
mag‘rib tomonda, tepaliklar ustida yarqirab turgan yarim oy o‘ro- g‘iga ko‘zi
tushdi. (Mirmuhsin)6. Shavvol, ya’ni saraton avjga mingan, havoning ni 

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling