LUG`ATLAR IZOHI
haqqoniy-rost, chin
Epigraf-inshoda bo`ladi
Muxtasar-qisqa
to‘tiyo-asrash,qadrlash
emgak-mehnat
timsol-ramz
samimiy-beg`araz
Savol va topshiriqlar
1. Epigraf nima? Inshoga epigraf qanday tanlanadi?
2. Barcha insholarda epigraf bo ‘lishi shartmi?
3. Epigraf inshoning qaysi qismida joylashadi, unda qanday finish belgilari
qo ‘yiladi?
15-topshiriq «Mehnat», «Vatan», «Она» mavzularidagi insholar uchun epigraf bo‘la
oladigan xalq maqollari, hadislardan 5 tadan namuna topib keling.
18-da rs
ILMIY INSHO
Matnni o ‘qing va mazmunini og‘zaki bayon qiling. Har bir xatboshidagi
asosiy fikrni aniqlab, bir jumlada ifodalashga harakat qiling.Bir masala turli
mavzudagi inshoda har xil ifodalanishi mumkin. Ilmiy inshoda berilgan mavzu
biror fan nuqtayi nazaridan ilmiy nutqda yoritiladi. Ilmiy inshoda terminlar, ilmiy
dalil va tushunchalardan keng foydalaniladi. Unda axborot aniq va lo‘nda
ifodalanishi, tushunarli bo‘lishi lozim.Ilmiy inshoda nutqning tasviriy vositalaridan,
ko‘chma m a’noli so‘zlardan, obrazli ibora, maqol va matallardan deyarli
foydalanilmaydi. Ilmiy insho tili bo‘yoqdorlik va ta’sirchanlikdan xoli bo‘ladi.Ilmiy
insho mantiqiy fikrlash, dalillarning mohiyatini
tushunish, narsalarning xususiyatlarini yaxshi bilish asosida yoziladi. Ilmiy inshoda
muallifning nuqtayi nazari, tegishli xulosa chiqarishi katta ahamiyatga • ega bo‘ladi.
Ilmiy insho yozish o‘quvchilarning kelajakda ilmiy maqola, ilmiy kitoblar
yozish malakasi hosil bo‘lishiga xizmat qiladi. Kelajakda biror fan sohasida ilmiy
tadqiqot ishlari
olib borishni maqsad qilib qo‘ygan bo‘lsangiz, ilmiy insho yozish mahoratini
tinimsiz egallab borishingiz kerak.
Barcha fanlar bo‘yicha ilmiy insho yozish mumkin.
Bilib oling
Do'stlaringiz bilan baham: |