bo‘laklarnirig ham ichki qismlarini aniqlab olishimiz zarur bo‘ladi. Natijada,
murakkab reja tuzishga to‘g‘ri keladi. Albatta, oddiy
rejada yozilgan inshoda ham
kirish, asosiy qism, xulosa bilinib turadi. Lekin
murakkab rejada u yaqqol
ko‘rinadi.Murakkab rejani tuzish oddiy rejaga nisbatan qiyinroq,
lekin bu qiyinlik insho yozishni yengillashtiradi.
Bilib oling
Oddiy reja insho mavzusini bir bosqichda qismlarga ajratish bo‘lsa, murakkab reja
ajratilgan qismlarni yana ichki qismlarga bo‘lish demakdir.
40-mashq. «Navoiy - mohir ruboiynavis»
mavzusi uchun oddiy va
murakkab reja tuzing.
41-mashq. «Xalqim — faxrim» mavzusidagi insho uchun tuzilgan ushbu oddiy rejani
tartibga keltirib, murakkab rejaga aylantiring.
1. «Xalqim, ajdoding izi — moziyning qat-qatida».
2. Tenglar ichra teng.
3. Qo‘llari qadoq ona xalqimning.
4.
Hurlik shamollari esdilar, mana.
5. «Qayga borsam, boshda do‘ppim, g‘oz yurarman gerdayib».
6. Yoshlar — xalqim qanoti va suyanchi.
7. Mangu yashaydi ozod o‘zbegim!
Do'stlaringiz bilan baham: