8-sinf ona tili darsligidagi mashqlar, matnlar, lug`atlar


Muqarrar- vujudga kelishi aniq, shubhasiz, turgan gap


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/125
Sana15.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1477410
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   125
Bog'liq
8-Sinf O\'QITUVCHI KITOBI

 Muqarrar- vujudga kelishi aniq, shubhasiz, turgan gap;
Chiston- narsa yoki hodisaning m uhim belgilarini tavsiflab, nimaligini topishni 
o‘quvchiga havola etadigan she’riy shakl
Mantiq- gap, fikr, harakat kabilaming aqlga monandligi, asosliligi;
Fasl- vaqt, muddat, davr; yilning to ‘rtdan bir qismi; bo‘lak, qism. 
38-mashq. «Yangi asr avlodlari», «Abdulla Oripov she’rlari shaydosiman» 
mavzulariga insho rejasi tuzing. 
14-dars 
SODDA VA MURAKKAB REJALAR 
39-mashq. Matnni o‘qing va mazmunini og‘zaki bayon qiling.Butun bo‘lak
(qism)lardan tashkil topadi. Shuningdek, ushbu bo‘laklar yana qismlarga bo‘linishi
mumkin. Biz inshoda ham yoritilayotgan mavzuni oddiy «bo‘laklashimiz» — bir
necha qismlarga ajratishimiz, ba’zan esa ularni batafsilroq yoritish uchun bu


bo‘laklarnirig ham ichki qismlarini aniqlab olishimiz zarur bo‘ladi. Natijada,
murakkab reja tuzishga to‘g‘ri keladi. Albatta, oddiy rejada yozilgan inshoda ham
kirish, asosiy qism, xulosa bilinib turadi. Lekin murakkab rejada u yaqqol
ko‘rinadi.Murakkab rejani tuzish oddiy rejaga nisbatan qiyinroq,
lekin bu qiyinlik insho yozishni yengillashtiradi. 
Bilib oling 
Oddiy reja insho mavzusini bir bosqichda qismlarga ajratish bo‘lsa, murakkab reja
ajratilgan qismlarni yana ichki qismlarga bo‘lish demakdir. 
40-mashq. «Navoiy - mohir ruboiynavis» mavzusi uchun oddiy va
murakkab reja tuzing. 
41-mashq. «Xalqim — faxrim» mavzusidagi insho uchun tuzilgan ushbu oddiy rejani 
tartibga keltirib, murakkab rejaga aylantiring. 
1. «Xalqim, ajdoding izi — moziyning qat-qatida». 
2. Tenglar ichra teng. 
3. Qo‘llari qadoq ona xalqimning. 
4. Hurlik shamollari esdilar, mana. 
5. «Qayga borsam, boshda do‘ppim, g‘oz yurarman gerdayib». 
6. Yoshlar — xalqim qanoti va suyanchi. 
7. Mangu yashaydi ozod o‘zbegim! 

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling